Asosiy xodimning oʻrniga vaqtincha boshqa xodimni ishga olish tartibi

preview

«Bosh buxgalter bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishlash ta’tilida, u bu ta’tilni bola 3 yoshga toʻlgunga qadar davom ettirishni rejalashtirmoqda. Ushbu davr uchun direktor buxgalterlardan birini bosh buxgalter lavozimiga oʻtkazmoqchi. Bunday almashtirish uchun bosh buxgalterning yozma roziligini olish kerakmi? Buyruqni qanday qilib toʻgʻri tuzish lozim va qanday hujjatlar kerak?».

Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

– Agar asosiy xodim vaqtincha yoʻq boʻlsa (ayniqsa, uzoq vaqt davomida, masalan, bola parvarishlash ta’tilida), siz ushbu davr uchun uning lavozimiga quyidagilar asosida boshqa xodimni oʻtkazishingiz mumkin:

  • xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha ;
  • boshqa ishga oʻtkazilayotgan xodimning iltimosi boʻyicha .

Vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning roziligini olish shart emas.

Ish beruvchi  bunday oʻtkazishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan holda buyruq bilan rasmiylashtiradi. Buning uchun oʻtkazilayotgan xodimning arizasi asos boʻlib xizmat qiladi.

Oʻtkazish davri sifatida bola 3 yoshga toʻladigan aniq sanani koʻrsatishni tavsiya etmaymiz, chunki asosiy xodim istalgan vaqtda bola parvarishi  ta’tilini toʻxtatishga va ishga chiqishga haqli.  Shuning uchun buyruqda muddatni – «asosiy xodim bola parvarishlash ta’tilidan qaytguniga qadar» deb koʻrsating

Boshqa ishga vaqtincha oʻtkazishlar mehnat shartnomasida aks ettirilmaydi . Tegishincha, YaMMTga oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi.

Aslida oʻtkazish hujjatlashtiriladi, YaMMT dasturida esa vaqtinchalik vakansiya bola parvarishi ta’tilidagi xodim lavozimi ostida qoladi.

Bunday holda buxgalter lavozimiga vaqtincha yangi xodimni qabul qilish zarurati tugʻilsa,  «buxgalter» lavozimiga qoʻshimcha birlik kiritish va muddatli mehnat shartnomasi boʻyicha yangi xodimni qabul qilishni rasmiylashtirishni tavsiya etamiz.

Buyruq namunasi 

«Ishlab chiqarish zarurati sababli, bosh buxgalter_____________________  bola 3 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishlash ta’tilida boʻlganligini nazarda tutib, –

BUYuRAMAN:

Asosiy xodim ishga qaytguniga qadar uning oʻrniga buxgalter_________________________ning roziligi bilan shtat jadvaliga muvofiq bosh buxgalter lavozimi boʻyicha ish haqi toʻlangan holda vaqtincha bosh buxgalter lavozimiga oʻtkazilsin.

Asos: ariza _____________».

 

Oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish, toʻliq boʻlmagan ish, kombinatsiya - boshqa ishga oʻtishni qanday tashkil qilish, Oʻzbekistonda toʻliq boʻlmagan ish yoki kombinatsiyani roʻyxatdan oʻtkazish boshqa ishga oʻtish, oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish, yarim kunlik ish, kombinatsiya Oʻzbekistondagi boshqa ishga oʻtish uchun qanday murojaat qilishim mumkin? Boshqa ishga oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar. Veb-saytda kadrovik.uz boshqa ish joyiga oʻtkazish qoidalari, shuningdek, yarim kunlik ish va kombinatsiya shartlari keltirilgan /oz/publish/doc/text183235_asosiy_hodimning_urniga_vaqtincha_boshqa_hodimni_ishga_olish_tartibi