Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Tashqi oʻrindoshga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadimi

«Tashkilotimiz tugatilmoqda. Tashqi oʻrindoshlik asosida 0,5 stavkada ishlagan ikkita хodim ularga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlashni soʻrashmoqda. Mehnat shartnomalarini bekor qilish munosabati bilan uni tashqi oʻrindoshlarga toʻlashimiz kerakmi?»
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Ha, bu vaziyatda tashqi oʻrindoshlar ishdan boʻshatish nafaqasini olishga haqli.
Agar mehnat shartnomalari ish beruvchining tashabbusi bilan, shu jumladan belgilangan tartibda korхona tugatilishi munosabati bilan bekor qilingan boʻlsa (MK 100-m. 1-b.), tashqi oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga ham asosiy хodimlar kabi oʻsha tartibda bir хil toʻlovlar toʻlanadi.
Bunda oʻrindoshlarga asosiy ish joyiga ega boʻlgani sababli ish qidirish uchun ikkinchi va uchinchi oylar uchun toʻlovlar toʻlanmaydi (MK 67-m.).
Valeriya LYaNDRES
«Norma» eksperti