Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Mustaqillikning XXXI yilligi nishonlanadigan kunlarda oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi . Biz turli davomiylikdagi ish haftasi uchun ishlanmaydigan kunlar boʻyicha taqsimot tayyorladik:
1 sentyabr (payshanba) – bayram kuni.
2 sentyabr* (juma) – ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar, barcha хodimlar uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kun.
3 syentyabr**(shanba):
- 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kun;
- 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun kalendar dam olish kuni.
4 sentyabr (yakshanba) – ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar, barcha хodimlar uchun kalendar dam olish kuni.
Ta’tilni hisob-kitob qilishda sentyabrning qaysi kunlari kiritiladi
- «Besh kun» ishlovchilar uchun – 1, 2 va 4 sentyabr kiritilmaydi (3 sentyabr ta’tillar hisob-kitobiga kiritiladi
chunki qoʻshimcha ishlanmaydigan kun deb e’lon qilinmagan.
- «Olti kun»liklar uchun – 1, 2, 3, 4 sentyabr kiritilmaydi, chunki 3 sentyabr qoʻshimcha ishlanmaydigan kun deb e’lon qilingan.
Sentyabr oyi uchun ish vaqti kalendari:
Sentyabr |
||||||
dushanba |
seshanba |
chorshanba |
payshanba |
juma |
shanba |
yakshanba |
|
|
|
1 |
2* |
3** |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
14 |
15 |
16 |
17 |
18 |
19 |
20 |
21 |
22 |
23 |
24 |
25 |
26 |
27 |
28 |
29 |
30 |
|
|
Xulosa qilamiz:
1. «Besh kun» ishlaydiganlar sentyabr oyida 20 ish kuni va 159 soat ishlashadi.
2. «Olti kunlik»lar 23 ish kuni – 40 soatlik ish haftasida 154 soat yoki 36 soatlik ish haftasida 137 soat ishlashadi.
3. 31 avgust – Mustaqillik kuni arafasida qisqartirilgan ish kuni
.
4. 30 sentyabr – ustoz va murabbiylar kuni arafasida qisqartirilgan ish kuni
.
Ushbu ma’lumot хodimlarning ta’tillarini toʻgʻri hisoblash, rejalashtirish va rasmiylashtirishda yordam beradi.
Masalan, siz хodimga bayram kunlarini hisobga olgan holda 4 sentyabrgacha uzluksiz dam olishi uchun 31 avgustda tugaydigan ta’til taqdim qilishingiz mumkin. Xodimni 5 sentyabrdan ta’tilga yuborsangiz ham boʻladi, shunda u ta’til boshlanishidan avval ketma-ket toʻrt kun – 1 sentyabrdan 4 sentyabrgacha qoʻshimcha dam olish imkoniga ega boʻladi.
Valeriya LYaNDRES
«Norma» eksperti