Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yangi nizom nimani oʻzgartiradi
2022 yil 2 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisida nizom qabul qilindi. Tegishincha, xizmat safarlari haqidagi avvalgi 29.08.2003 yildagi 1268-sonli yoʻriqnoma oʻz kuchini yoʻqotdi. Yangi hujjatning asosiy tezislarini koʻrib chiqamiz:
Nizomni kim qoʻllashi shart
Yangi nizom davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, belgilangan tartibda tashkil qilingan byudjet tizimidan mablagʻ ajratiladigan boshqa fondlarda qoʻllanilishi shart.
Boshqa barcha tashkilotlar va xoʻjalik sub’yektlari uchun hujjat tavsiyaviy xususiyatga ega.
Xizmat safariga yuborilgan xodimning xarajatlarini qoplash mexanizmi
Mobil ilovada xizmat safarida boʻlgan xodimning transport, mehmonxona, ovqatlanish va boshka xarajatlari xarid chekining QR-kodini skanerlash orqali qayd etiladi. Ushbu ma’lumotlar xizmat safari xarajatlarini avtomatik ravishda xisoblash uchun UzASBO dasturiy majmuasiga uzatiladi.
Dasturiy ta’minotda xodimni xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Xodimlar xizmat safariga yuborilganligi tasdiqlangandan soʻng mehmonxona xarajatlari boʻyicha mehmonxonalarga toʻlanadigan toʻlovlar pul oʻtkazish yoʻli bilan avtomatik ravishda oʻtkazib beriladi.
Bularning barchasi xodimlarining safar xarajatlari davlat byudjetidan toʻlanadigan tashkilotlarga tegishli.
Muddatlar va sanalar
Xizmat safarining davomiyligi yoʻldagi vaqtni hisobga olmaganda 30 kalendar kundan koʻp boʻlmasligi kerak, montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislar bundan mustasno. Bu toifadagi shaxslar uchun xizmat safari 12 oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Xizmat safariga chiqish kuni boʻlib xodim xizmat safariga ketgan yoki uchib ketgan kun (24 soat) hisoblanadi. 00:00 dan kechroq vaqt — bu keyingi sutka hisoblanadi. Kelish kuni doimiy ish joyiga kelish yoki uchib kelish kuni hisoblanadi.
Xizmat safariga ketish va xizmat safaridan qaytish kunlarida ishga chiqish masalasi tashkilot rahbari bilan kelishilgan holda hal qilinadi.
Dam olish va bayram kunlaridagi ish
Xizmat safarida boʻlgan xodimga u yuborilgan korxonadagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqti taalluqli boʻladi.
Agar xodim dam olish yoki bayram kunlarida xizmat safariga yuborilgan joyda ishlagan boʻlsa, ushbu kunlarda ishlagani uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya toʻlanadi.
Agar xodim tashkilot rahbarining tegishli hujjatiga binoan xizmat majburiyatini bajarish uchun dam olish kunida xizmat safariga yuborilsa, unga xizmat safaridan qaytgach belgilangan tartibda boshqa dam olish kuni beriladi.
Tuman koeffitsiyentlari
Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq toʻlashga tuman koeffitsiyentlari belgilangan hududlarga xizmat safariga yuborilgan xodimlarga xizmat safarlari haqiqatda amalga oshirilgan kunlar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ustamalar toʻlanadi.
Ish haqi toʻlash kafolatlari
Xodim xizmat safarida boʻlgan muddatda ish joyi (lavozimi) va mehnatga haq toʻlash shartlari saqlanib qoladi.
Xizmat safariga bir vaqtning oʻzida asosiy ish joyi va oʻrindoshlik boʻyicha yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar tashkilotda xodimning xizmat safari davrida tarif stavkalari yoki ish haqi oshgan boʻlsa, uning maoshi mehnatga haq toʻlashning yangi shartlarida haqiqatda ishlagan kunlari uchun qayta hisoblanadi.
Transport xarajatlari
Xizmat safariga yuborilgan shaxsga xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaytish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl xarajatlari quyidagi miqdorlarda qoplanadi:
a) tasdiqlovchi hujjatlar asosida umumiy foydalaniladigan transportning barcha turlarida yurish (taksidan tashqari) qiymati.
Bunda:
Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, respublika darajasidagi tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman (shahar) hokimlariga barcha tariflar boʻyicha chipta qiymati toʻliq byudjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
boshqa toifadagi xodimlar uchun «biznes» (havo yoʻllar transporti) va «VIP» (temir yoʻl transporti) tarifidan arzon boʻlgan barcha tariflar boʻyicha chipta qiymati toʻliq byudjet mablagʻlari hisobidan, «biznes» (havo yoʻllar transporti) va «VIP» (temir yoʻl transporti) tarifi boʻyicha esa faqat – 70 % miqdorida. Qolgan 30% ni xodim oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi;
b) transportda yoʻlovchilarni majburiy davlat sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar;
v) tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, yoʻlda yurish hujjatlarini oldindan sotish, samolyot va poyezdlarda joylarni bronlash xizmatlari boʻyicha toʻlovlar;
j) tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, tashkilot rahbarining ruxsati bilan havo, temir yoʻl, suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida bagajni olib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar;
g) umumiy foydalaniladigan transport bilan (taksidan tashqari) vokzal va aeroportgacha yetib olish xarajatlari, agar ular aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan boʻlsa. Bunda kechki vaqtda yoki umumiy foydalaniladigan transport yoʻq boʻlgan taqdirda, tashkilot rahbariga xodimlar taksida yurganligi uchun haq toʻlash huquqi beriladi;
f) yoʻlda koʻrpa-toʻshak buyumlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar (tasdiqlovchi hujjatlarsiz haq toʻlashga qabul qilinadi);
k) xizmat safari bekor qilinishi munosabati bilan sotib olingan (yoki bron qilingan) yoʻl chiptalarini qaytarish munosabati bilan olib qoʻyilgan mablagʻlar va xizmat koʻrsatuvchilar tomonidan qoplanmaydigan boshqa xarajatlar;
z) yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmaganda:
- byudjet tashkilotlari xodimlari uchun xizmat safari yoʻlkirasiga haq toʻlash har bir kilometriga bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizi miqdorida;
- boshqa tashkilotlar xodimlari uchun jamoa kelishuvi yoki mehnat shartnomasida koʻzda tutilgan, biroq har bir kilometriga bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizidan kam boʻlmagan miqdorda.
Transport xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda, Internet jahon axborot tarmogʻidagi elektron xaritalardan foydalangan holda masofalarni aniqlashga ruxsat beriladi.
Kundalik xarajatlar
Kundalik xarajatlarni qoplash jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida nazarda tutilgan summalarda, lekin quyidagi summalardan kam boʻlmagan miqdorda (BHMga nisbatan koeffitsiyentlarda), jami 0,35gacha:
- xodimning xizmat safari davomida ovqatlanish xarajatlarini (alkogol va tamaki mahsulotlari bundan mustasno) tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar) boʻlganda – 0,25 gacha;
- boshqa xarajatlar uchun – 0,1.
Mehmonxona xarajatlari
Bir sutka uchun mehmonxona xarajatlarini qoplash xizmat safariga yuborilgan shaxsning maqomiga qarab oʻzgaradi:
- BHMning 3 baravari – Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi, Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasi, respublika darajasidagi tashkilotlarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari uchun;
BHMning 2 baravari - Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi, Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasi xodimlari, respublika darajasidagi tashkilotlar rahbarlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Vazirlar Kengashi raislari oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari uchun;
- BHMning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan – xizmat safariga yuborilgan boshqa xodimlar uchun.
Yashash xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan hollarda har bir sutka uchun BHMning 20% miqdorida qoplanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodim oʻzining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega boʻlsa, u holda kundalik xarajatlar toʻlanmaydi. Xodimni xizmat safariga yuborilgan joydan oʻzining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi masalasi xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda hal etiladi.
Agar xodim xizmat safarida kasal boʻlib qolsa
Xizmat safari davrida xizmat safariga yuborilgan xodim vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotgan hollarda, unga umumiy asoslarda turar joy boʻyicha xarajatlar qoplanadi (xizmat safariga yuborilgan xodim statsionar davolanishda boʻlgan hollar bundan mustasno). Shuningdek, unga sogʻligʻi holatiga koʻra zimmasiga yuklatilgan xizmat topshirigʻini bajarish imkoniyatiga ega boʻlmagan barcha davr mobaynida yoki oʻzining doimiy yashash joyiga qaytgunicha (ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga) kundalik xarajatlar uchun haq toʻlanadi.
Batafsil ma’lumotlarni nrm.uz qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasidan hujjatning rus tilidagi mualliflik tarjimasidan topishingiz mumkin.
2022 yil 2 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisida nizom qabul qilindi. Tegishincha, xizmat safarlari haqidagi avvalgi 29.08.2003 yildagi 1268-sonli yoʻriqnoma oʻz kuchini yoʻqotdi. Yangi hujjatning asosiy tezislarini koʻrib chiqamiz:
Nizomni kim qoʻllashi shart
Yangi nizom davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, belgilangan tartibda tashkil qilingan byudjet tizimidan mablagʻ ajratiladigan boshqa fondlarda qoʻllanilishi shart.
Boshqa barcha tashkilotlar va xoʻjalik sub’yektlari uchun hujjat tavsiyaviy xususiyatga ega.
Xizmat safariga yuborilgan xodimning xarajatlarini qoplash mexanizmi
Mobil ilovada xizmat safarida boʻlgan xodimning transport, mehmonxona, ovqatlanish va boshka xarajatlari xarid chekining QR-kodini skanerlash orqali qayd etiladi. Ushbu ma’lumotlar xizmat safari xarajatlarini avtomatik ravishda xisoblash uchun UzASBO dasturiy majmuasiga uzatiladi.
Dasturiy ta’minotda xodimni xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Xodimlar xizmat safariga yuborilganligi tasdiqlangandan soʻng mehmonxona xarajatlari boʻyicha mehmonxonalarga toʻlanadigan toʻlovlar pul oʻtkazish yoʻli bilan avtomatik ravishda oʻtkazib beriladi.
Bularning barchasi xodimlarining safar xarajatlari davlat byudjetidan toʻlanadigan tashkilotlarga tegishli.
Muddatlar va sanalar
Xizmat safarining davomiyligi yoʻldagi vaqtni hisobga olmaganda 30 kalendar kundan koʻp boʻlmasligi kerak, montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislar bundan mustasno. Bu toifadagi shaxslar uchun xizmat safari 12 oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Xizmat safariga chiqish kuni boʻlib xodim xizmat safariga ketgan yoki uchib ketgan kun (24 soat) hisoblanadi. 00:00 dan kechroq vaqt — bu keyingi sutka hisoblanadi. Kelish kuni doimiy ish joyiga kelish yoki uchib kelish kuni hisoblanadi.
Xizmat safariga ketish va xizmat safaridan qaytish kunlarida ishga chiqish masalasi tashkilot rahbari bilan kelishilgan holda hal qilinadi.
Dam olish va bayram kunlaridagi ish
Xizmat safarida boʻlgan xodimga u yuborilgan korxonadagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqti taalluqli boʻladi.
Agar xodim dam olish yoki bayram kunlarida xizmat safariga yuborilgan joyda ishlagan boʻlsa, ushbu kunlarda ishlagani uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya toʻlanadi.
Agar xodim tashkilot rahbarining tegishli hujjatiga binoan xizmat majburiyatini bajarish uchun dam olish kunida xizmat safariga yuborilsa, unga xizmat safaridan qaytgach belgilangan tartibda boshqa dam olish kuni beriladi.
Tuman koeffitsiyentlari
Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq toʻlashga tuman koeffitsiyentlari belgilangan hududlarga xizmat safariga yuborilgan xodimlarga xizmat safarlari haqiqatda amalga oshirilgan kunlar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ustamalar toʻlanadi.
Ish haqi toʻlash kafolatlari
Xodim xizmat safarida boʻlgan muddatda ish joyi (lavozimi) va mehnatga haq toʻlash shartlari saqlanib qoladi.
Xizmat safariga bir vaqtning oʻzida asosiy ish joyi va oʻrindoshlik boʻyicha yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar tashkilotda xodimning xizmat safari davrida tarif stavkalari yoki ish haqi oshgan boʻlsa, uning maoshi mehnatga haq toʻlashning yangi shartlarida haqiqatda ishlagan kunlari uchun qayta hisoblanadi.
Transport xarajatlari
Xizmat safariga yuborilgan shaxsga xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaytish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl xarajatlari quyidagi miqdorlarda qoplanadi:
a) tasdiqlovchi hujjatlar asosida umumiy foydalaniladigan transportning barcha turlarida yurish (taksidan tashqari) qiymati.
Bunda:
Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, respublika darajasidagi tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman (shahar) hokimlariga barcha tariflar boʻyicha chipta qiymati toʻliq byudjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
boshqa toifadagi xodimlar uchun «biznes» (havo yoʻllar transporti) va «VIP» (temir yoʻl transporti) tarifidan arzon boʻlgan barcha tariflar boʻyicha chipta qiymati toʻliq byudjet mablagʻlari hisobidan, «biznes» (havo yoʻllar transporti) va «VIP» (temir yoʻl transporti) tarifi boʻyicha esa faqat – 70 % miqdorida. Qolgan 30% ni xodim oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi;
b) transportda yoʻlovchilarni majburiy davlat sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar;
v) tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, yoʻlda yurish hujjatlarini oldindan sotish, samolyot va poyezdlarda joylarni bronlash xizmatlari boʻyicha toʻlovlar;
j) tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, tashkilot rahbarining ruxsati bilan havo, temir yoʻl, suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida bagajni olib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar;
g) umumiy foydalaniladigan transport bilan (taksidan tashqari) vokzal va aeroportgacha yetib olish xarajatlari, agar ular aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan boʻlsa. Bunda kechki vaqtda yoki umumiy foydalaniladigan transport yoʻq boʻlgan taqdirda, tashkilot rahbariga xodimlar taksida yurganligi uchun haq toʻlash huquqi beriladi;
f) yoʻlda koʻrpa-toʻshak buyumlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar (tasdiqlovchi hujjatlarsiz haq toʻlashga qabul qilinadi);
k) xizmat safari bekor qilinishi munosabati bilan sotib olingan (yoki bron qilingan) yoʻl chiptalarini qaytarish munosabati bilan olib qoʻyilgan mablagʻlar va xizmat koʻrsatuvchilar tomonidan qoplanmaydigan boshqa xarajatlar;
z) yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmaganda:
• byudjet tashkilotlari xodimlari uchun xizmat safari yoʻlkirasiga haq toʻlash har bir kilometriga bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizi miqdorida;
• boshqa tashkilotlar xodimlari uchun jamoa kelishuvi yoki mehnat shartnomasida koʻzda tutilgan, biroq har bir kilometriga bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizidan kam boʻlmagan miqdorda.
Transport xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda, Internet jahon axborot tarmogʻidagi elektron xaritalardan foydalangan holda masofalarni aniqlashga ruxsat beriladi.
Kundalik xarajatlar
Kundalik xarajatlarni qoplash jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida nazarda tutilgan summalarda, lekin quyidagi summalardan kam boʻlmagan miqdorda (BHMga nisbatan koeffitsiyentlarda), jami 0,35gacha:
• xodimning xizmat safari davomida ovqatlanish xarajatlarini (alkogol va tamaki mahsulotlari bundan mustasno) tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar) boʻlganda – 0,25 gacha;
• boshqa xarajatlar uchun – 0,1.
Mehmonxona xarajatlari
Bir sutka uchun mehmonxona xarajatlarini qoplash xizmat safariga yuborilgan shaxsning maqomiga qarab oʻzgaradi:
• BHMning 3 baravari – Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi, Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasi, respublika darajasidagi tashkilotlarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari uchun;
BHMning 2 baravari - Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi, Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasi xodimlari, respublika darajasidagi tashkilotlar rahbarlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Vazirlar Kengashi raislari oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari uchun;
• BHMning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan – xizmat safariga yuborilgan boshqa xodimlar uchun.
Yashash xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan hollarda har bir sutka uchun BHMning 20% miqdorida qoplanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodim oʻzining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega boʻlsa, u holda kundalik xarajatlar toʻlanmaydi. Xodimni xizmat safariga yuborilgan joydan oʻzining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi masalasi xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda hal etiladi.
Agar xodim xizmat safarida kasal boʻlib qolsa
Xizmat safari davrida xizmat safariga yuborilgan xodim vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotgan hollarda, unga umumiy asoslarda turar joy boʻyicha xarajatlar qoplanadi (xizmat safariga yuborilgan xodim statsionar davolanishda boʻlgan hollar bundan mustasno). Shuningdek, unga sogʻligʻi holatiga koʻra zimmasiga yuklatilgan xizmat topshirigʻini bajarish imkoniyatiga ega boʻlmagan barcha davr mobaynida yoki oʻzining doimiy yashash joyiga qaytgunicha (ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga) kundalik xarajatlar uchun haq toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yangi nizom xizmat safarlarini rasmiylashtirishning maxsus tartibi va muayyan vaziyatda xodimlarning tegishli xarajatlarini toʻlash uchun boshqa shartlarni nazarda tutadi. Batafsil ma’lumotlarni nrm.uz qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasidan hujjatning rus tilidagi mualliflik tarjimasidan topishingiz mumkin.
Logotip