Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Zavodda ish hajmining qisqarishi tufayli xodimlar soni qisqartirilmoqda. Xodimlar esa ularni qisqartirmasdan, «dekret joylariga» – asosiy xodimning bola parvarishi boʻyicha ta’tili davriga oʻtkazishni soʻrashmoqda. Xodim uni oʻtkazish iltimosi bilan ariza yozadi, shu asosda mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv va buyruq tayyorlanmoqda.
Asosiy xodimlar ishga chiqqandan keyin ushbu xodimlarni Mehnat kodeksining 105-moddasi boʻyicha ishdan boʻshatish mumkinmi? Boshqa lavozimga oʻtkazishda Mehnat kodeksining qaysi moddasi koʻrsatilishi kerak?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Ijtimoiy ta’tilda boʻlgan xodimalarning (homiladorlik va tugʻish, 2 va 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni parvarishlash boʻyicha) ish joyi va ushbu davr uchun egallab turgan lavozimi saqlanadi.
Ularning oʻrniga boshqalarni muddatli mehnat shartnomasi asosida qabul qilish mumkin. Mehnat shartnomasi asosiy xodim ishda yoʻq boʻlgan vaqt uchun tuziladi va u qaytib kelgan kundan boshlab bekor qilinadi
.
YaMMT dasturi ham bunday imkoniyatni nazarda tutadi. Unda ijtimoiy ta’til roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng asosiy xodimning satr chizigʻi ostida vaqtinchalik boʻsh ish oʻrni paydo boʻladi, unga yangi xodim qabul qilinishi mumkin.
Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda ish beruvchi xodimlarga vaqtincha ish bilan ta’minlanishini juda aniq tushuntirishi kerak:
- bunday oʻtkazish faqat asosiy xodim yoʻqligi paytida rasmiylashtirilishi mumkin. Bu holatda muddatsiz mehnat shartnomasi xodim bilan kelishilgan holda muddatliga oʻzgartiriladi
bu qonunchilikka zid boʻlmaydi; - keyinchalik xodim bilan mehnat shartnomasi asosiy xodim qaytganidan soʻng – endi qisqartirilayotgan xodimlar uchun barcha imtiyoz va afzalliklar bilan
ish beruvchining tashabbusi asosida emas
balki hech qanday imtiyoz va afzalliklar nazarda tutilmagan mehnat shartnomasining muddati tugashi bilan
bekor qilinadi. Faqatgina barcha foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya toʻlanadi
.
Agar xodim bunga rozi boʻlsa, u direktor nomiga ariza beradi. Ish beruvchi esa u bilan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv imzolaydi va oʻtkazishning barcha tafsilotlarini koʻrsatuvchi buyruq chiqaradi
.
YaMMT dasturida ham xodimni imzolangan hujjatlar asosida «oʻtkazish» kerak.
Ammo xodim uchun eng ma’qul yoʻli – bu…
1) Ish beruvchining tashabbusi boʻyicha xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish (xodimlarni qisqartirish boʻyicha) – nazarda tutilgan barcha kompensatsiyalarni toʻlash bilan;
2) uni vaqtincha ishda boʻlmagan xodimning oʻrniga muddatli mehnat shartnomasi asosida yana ishga oling.
Valeriya LYaNDRES
«Norma» eksperti