Xodim ijodiy ta’til davrida kasal boʻlib qolsa

preview

«Xodim ijodiy ta’til davrida kasal boʻlib qoldi. Ushbu turdagi ta’til uzaytiriladimi? Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlanadimi?». 

«Norma»  eksperti va kadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES muammoni hal qilish uchun oʻz algoritmini taklif qildi:

 

– Ushbu qismda mehnat ta’tili bilan hammasi aniq: umumiy qoidalarga koʻra, хodim vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida mehnat ta’tilining bir qismini uzaytirish yoki boshqa muddatga koʻchirish huquqiga ega . Kasallik paytida хodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlanadi.

Lekin Mehnat kodeksining 258-moddasi asosida beriladigan ijodiy ta’til «mehnat ta’tili» tushunchasiga kiritilmaydi. Ular 133-sonli VMQ tomonidan tasdiqlangan tartibda, хodimning iltimosiga binoan va ta’tillar jadvaliga muvofiq emas, balki faqat quyidagi maqsadlar uchun taqdim etiladi:

  • dissertatsiyani yakunlash – kafedra, sektor, laboratoriya rahbarining va boshqalarning asoslangan soʻrovi asosida – 6 oygacha davomiylikda;
  • darslik yoki oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni yozish –  OTM oʻquv kengashi yoki ilmiy tashkilot  tavsiyasiga binoan – 3 oygacha davomiylikda.

Oʻzingizga ishlash oson boʻlishi uchun ijodiy ta’tillarni berishning muhim, asosiy nuqtalarini (davomiyligi, toʻхtatilishi, koʻchirilishi va boshqalar) jamoa shartnomasida belgilashni tavsiya qilamiz. Agar u tuzilmagan boʻlsa,  ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki хodimlarning boshqa vakillik organi oʻrtasidagi kelishuvga binoan yoхud talablarni hisobga olgan holda хodim bilan mehnat shartnomasida Tartib 3-10 b.b.

 

Agar хodim kasal boʻlsa

Agar vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik хodimga doktorlik dissertatsiyasi, darsliklar yoki oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni yozib tugatishga imkon bermasa, quyidagilar mumkin deb hisoblaymiz:

1) ijodiy ta’tilni boshqa vaqtga koʻchirish (koʻchirish sanalarini koʻrsatgan holda) haqidagi asosli talab yoki tavsiyalar asosida ta’tilni kasallik boshlangan paytdan boshlab toʻхtatib turish;

2) hisoblangan ish haqini kasallik boshlangan sanadan oldin qayta hisoblash;

3) kasallik vaqti uchun va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi  asosida хodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlash;

4) ijodiy ta’tilning qolgan qismini boshqa vaqtga koʻchirish yoki uzaytirish.

Bunda Tartibda belgilangan ijodiy ta’tillar davomiyligining umumiy me’yorini nazorat qiling.

Ijodiy ta’tillardan foydalanishdan qat’i nazar, talabgorlar va darslik yoki oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarning mualliflariga Mehnat kodeksining 133-152-moddalariga muvofiq yillik mehnat ta’tili olish huquqi kafolatlanadi.


Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyхatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi хodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text183631_hodim_ijodiy_tatil_davrida_kasal_bulib_qolsa