Xodim familiya, ismi yoki otasining ismini oʻzgartirgan boʻlsa

preview

«Xodima turmushga chiqdi va erining familiyasini oldi: 1) u bu haqda tashkilotni yozma ravishda xabardor qilishi kerakmi? 2) familiya oʻzgarishi munosabati bilan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuziladimi? 3)  oʻzgartirishlarni qogʻoz mehnat daftarchasi va my.mehnat.uz tizimiga kiritish kerakmi?».

Savollarga «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

1. Familiya, ism yoki otasining ismi oʻzgartirilganda, xodim bu haqda oʻzi ishlayotgan korxonani xabardor qilishi kerak. Buning uchun u kadrlarga oid hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish uchun yozma ravishda ariza beradi. Shuningdek, u oʻzgartirilgan familiyasi, ismi va otasining ismi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini taqdim etishi kerak boʻladi. Shundan soʻng ish beruvchi buyruq chiqaradi. 

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yangi ismi-sharifi bilan xodimning shaxsiy ish hujjatiga ilova qiling va kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida buxgalteriya boʻlimiga xabar bering. 

 

2. Qonunchilikda xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgartirilganda tomonlarni mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzishga majbur qiladigan norma yoʻq. Shuning uchun bu masalada ikki xil fikr mavjud. 

Ba’zi huquqshunoslarning fikriga koʻra, mehnat shartnomasining tegishli joyida xodimning familiyasi yoki ismini oʻzgartirish toʻgʻrisida – qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirmasdan yozuv yozish kifoya. Negaki mehnat shartnomasiga oʻzgartirish kiritish uchun tomonlar jiddiy narsalar haqida kelishib olishlari kerak. Bu vaziyatda esa xodimning mehnat sharoitlari emas, balki shaxsiy ma’lumotlari oʻzgaradi. Hech kim hech narsa haqida kelishmaydi, ish beruvchi shunchaki jarayon tugagandan soʻng ogohlantiriladi.  

Boshqalar esa qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali mehnat shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilishadi. Shuning uchun oʻz xohishingizga koʻra yoʻl tuting. 

 

3. Oʻzgartirishlar qogʻoz mehnat daftarchasi (mavjud boʻlgan taqdirda) va my.mehnat.uz saytiga  kiritilishi kerak. 

Xodim, yuqorida aytib oʻtganimizdek, hujjatning asl nusxasini taqdim etishi kerak, uning asosida ish beruvchi uning ma’lumotlarini oʻzgartirishi shart. 

Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2.11-bandi mehnat daftarchasidagi xodimning familiyasi, ismi va otasining ismini oʻzgartirishni tartibga soladi. Mehnat daftarchasining birinchi betiga tegishli hujjatlar (pasport, ID-karta, tugʻilganlik, nikoh va nikohni bekor qilinishi haqidagi guvohnoma, familiyasi, ismi va otasining  ismini oʻzgartirish) va boshqalar asosida oʻzgartirishlar kiritiladi. 

Ilgarigi familiyasi yoki ismi toʻgʻrisidagi yozuv ustidan bir chiziq chizilib, yangi ma’lumotlar yozib qoʻyiladi. Yozuvlar muqovaning ichkari betiga yozilib korxona rahbarining yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxs imzosi hamda korxona yoki xodimlar boʻlimi muhri bilan tasdiqlanadi.  

E’tibor bering

Mehnat daftarchasida avvalgi familiya ustidan bir chiziq chizib, oʻzgartirilgan familiyani ustiga yozing. 

1975 yildagi mehnat daftarchalari namunasida ushbu ma’lumotlarni toʻldirish uchun maxsus ikkita boʻsh ustunlar nazarda tutilgan. Ularda eskisini ustidan chiziq chizib oʻchirib, tagiga yangi familiya kiritilishi kerak.

Familiyani pasport yoki ID-kartaga muvofiq aniq kiriting.

my.mehnat.uz saytiga oʻzgartirishlar kiritish uchun xodimning shaxsiy sahifasiga oʻting va «Ma’lumotlarni yangilash» tugmachasidan foydalaning. Pasport yoki ID-kartaning yangi seriyasi va raqamini kiriting. 

Natijani «SV/Ob’yektivka» boʻlimida tekshiring. 

Mehnat daftarchasidan koʻchirma koʻchirib olishda familiyani oʻzgartirish yozuvi qoʻshimcha ma’lumot sifatida mehnat daftarchasida aks ettiriladi. 

 


Mehnat daftarchasida avvalgi familiya ustidan bir chiziq chizib, oʻzgartirilgan familiyani ustiga yozing.  

1975 yildagi mehnat daftarchalari namunasida ushbu ma’lumotlarni toʻldirish uchun maxsus ikkita boʻsh ustunlar nazarda tutilgan. Ularda eskisini ustidan chiziq chizib oʻchirib, tagiga yangi familiya kiritilishi kerak.

Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari – kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat hujjatlarini mehnat bilan olib borish oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari, kadrlar hujjatlari, mehnat hujjatlari Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari. Kadrovik.uz saytidan Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari haqida maqolalar topiladi. Bu yerda kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish haqida foydali ma’lumotlar berilgan. Bu yerda Oʻzbekistonda mehnat hujjatlarini tuzish toʻgʻrisida ma’lumot berildi. Hamma mehnat shartnomalarini tuzish toʻgʻrisida /oz/publish/doc/text184194_hodim_familiya_ismi_eki_otasining_ismini_uzgartirgan_bulsa