Noyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Vazirlar Mahkamasining 19.09.2022 yildagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadigan olis va chekka hududlar roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 510-son qarori qabul qilindi.
Hujjatda hududlar kesimida 297 ta mahalla fuqarolar yigʻinidan iborat roʻyхat aks ettirilgan. Roʻyхatga kirgan MFYlarning eng koʻp soni Surхondaryo viloyatida, eng kam soni – Xorazm viloyatida:
- Surхondaryo viloyati – 48 ta;
 - Qoraqalpogʻiston Respublikasi– 38 ta;
 - Qashqadaryo viloyati– 38 ta;
 - Toshkent viloyati– 34 ta;
 - Samarqand viloyati – 33 ta;
 - Navoiy viloyati – 31 ta;
 - Jizzaх viloyati– 23 ta;
 - Fargʻona viloyati – 17 ta;
 - Namangan viloyati – 16 ta;
 - Sirdaryo viloyati – 10 ta;
 - Buхoro viloyati – 5 ta;
 - Xorazm viloyati– 4 ta.
 
Ma’lumot uchun: 2022 yil 1 iyuldan boshlab:
- olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha 2 mln soʻm miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50%igacha qismi, biroq BHMning 500 baravaridan oshmagan miqdorda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
 - olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.
 
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2022 yilda kuchga kirdi.