Yangiliklar

Material sanasi 22.10.2026
Prezident lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Bu haqda 2026 yil 21 oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi. Alifboda toʻrtta harf. Lotin alifbosi qanday oʻzgaradi va avvalgi harflar bilan yozilgan amaldagi hujjatlarni qayta ishlash kerakmi – kadrovik.uz maqolasida koʻrib chiqildi. ... 

Material sanasi 07.10.2026
YaMMTda boshqa tashkilotda roʻyxatda turgan xodimni ishga joylashtirishni rasmiylashtirish imkoniyati mavjud boʻldi. Ilgari avvalgi ish beruvchida yopilmagan shartnoma rasmiylashtirishga xalaqit berardi. Endi Face ID orqali xodimning roziligini olish kifoya. Tizim xodim haqiqatda ishlamaydigan joylar haqidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda Mehnat inspeksiyasiga yuboradi. Rasmiylashtirishdan qanday oʻtish va ishdan boʻshatishni oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazmagan ish beruvchilarga yangi tartib qanday tahdid solishi haqida kadrovik.uz maqolasida oʻqing. ... 

Material sanasi 05.10.2026
Ish beruvchilar OTMlarga dual shaklda kadrlar tayyorlashga buyurtma berishlari mumkin. Ammo bunday buyurtmaning shartlari mavjud boʻlib, kompaniya ariza topshirishdan oldin ular bilan yaxshiroq tanishishi kerak. Bunda yangi qoidalar boʻyicha talabalarning amaliyoti 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladi, buyurtmalar boʻyicha dual ta’limga qabul esa 2027/2028 oʻquv yilidan boshlanadi. Kadrovik.uz maqolada ish beruvchi qanday majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishini, bu qanday muddatlarda ishlashini va qanday yordamga umid qilish mumkinligini tushuntirdi. ... 

Material sanasi 24.09.2026
Oʻzbekistonda ish joyidagi tazyiq, zoʻravonlik va kamsitishlarga qarshi kurashishning yagona mexanizmi ishga tushirilmoqda: shikoyatlar portali, xodimlarni oʻqitish va qoidabuzarliklar uchun jazolashning aniq qoidalari. Ba’zi tashkilotlar uchun bu choralarni ishga joriy etish – majburiy, boshqalari uchun esa – asosan ixtiyoriydir. Kadrovik.uz maqolasida nima joriy etilayotgani, qaysi muddatdan boshlab va hozirdan nima qilish kerakligini tahlil qilamiz. ... 

Material sanasi 22.09.2026
2027 yildan boshlab ishlaydigan ayollarga bolani parvarishlash nafaqasining bir qismini toʻlashni davlat oʻz zimmasiga oladi. Gap ma’lum bir davr va onalarning aniq toifasi haqida ketmoqda hamda bu yerda shoshilinch xulosa chiqarmaslik uchun kadrlar boʻyicha mutaxassis tushunishi muhim boʻlgan nozik jihatlar mavjud. Prezidentning 11 sentyabrdagi farmoni ishda nimalarni oʻzgartirishi va kadrlar boʻyicha mutaxassis nimalarni hisobga olishi kerakligini maqoladan bilib oling. ... 

Material sanasi 07.09.2026
Tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan VI ochiq muloqot yakunlari boʻyicha Prezident mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishda byurokratiyani qisqartirishga qaratilgan hujjat loyihasini ishlab chiqishga topshiriq berdi. Xususan, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishni toʻliq elektron formatga oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, agregatorlar, raqamli platformalar va servislar orqali bandlikni ta’minlash tartibi belgilanadi, hamda mehnat qonunchiligidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun tuzatishlar kiritiladi. Nimalar oʻzgaradi va qaysi muddatlarda – bu haqida maqolada oʻqing. ... 

Material sanasi 18.08.2026
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, shuningdek homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlashning ba’zi qoidalariga aniqlik kiritildi. Oʻzgartirishlar sugʻurta stajini, sugʻurta hodisasi sanasini va nafaqalarni hisoblashning alohida qoidalarini aniqlashtiradi va 2026 yil 13 avgustdan boshlab yuzaga kelgan sugʻurta hodisalariga nisbatan qoʻllaniladi. Nimalar oʻzgargani haqida batafsil maqolada oʻqing. ... 

Material sanasi 13.08.2026
Mustaqillik kunida Oʻzbekiston aholisi ketma-ket toʻrt kun dam oladi. Besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa – 30 avgustdan 1 sentyabrgacha dam olishadi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. ... 

Material sanasi 31.07.2026
1 avgustdan bir qator oʻzgartirishlar kuchga kiradi, ularning bir qismi kadrlar boʻlimi ishiga hamda tashkilotning tekshiruvchilar va davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlariga bevosita daxldordir. Asosiysi: inspektorning har qanday tashrifi endi QR-kod orqali roʻyxatdan oʻtkazilishi shart – usiz hududga kiritishni rad etish mumkin. Shuningdek endi mehnat nizolari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sudyalar boʻladi, xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi huquqbuzarliklar haqidagi xabarlar uchun davlat pul mukofotini toʻlaydi, arxiv ishi esa elektron formatga oʻtadi. Materialda har bir oʻzgarishni batafsil koʻrib chiqamiz. ... 

Material sanasi 20.07.2026
Mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarga anomal jazirama davrida ochiq havoda ishlash jadvallarini qayta koʻrib chiqishni tavsiya qildi. Shuningdek mehnat inspeksiyasi kunduzgi vaqtda xodimlarning mehnatini muhofaza qilishga qaratilgan ehtimoliy chora-tadbirlar roʻyxatini e’lon qildi. Rasman bular – tavsiya, xolos. Ammo har bir kadrlar boʻyicha mutaxassis bilishi zarur boʻlgan bir jihat bor. Idora tavsiyalarini nima sababdan e’tiborsiz qoldirib boʻlmasligini kadrovik.uz nashrida tahlil qilamiz. ... 

Material sanasi 07.07.2026
YaMMTda ta’tilni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yana bir bor yangi funksiyalar joriy etildi. Bu safar tizimga ish beruvchining ichki hujjatlari bilan belgilangan uzaytirilgan ta’tilni alohida roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek har yilgi ta’tilning pulli kompensatsiya bilan almashtiriladigan kunlarini koʻrsatish imkoniyati qoʻshildi. Kadrlar boʻyicha mutaxassislar uchun bu tizimda nafaqat majburiy, balki ichki hujjatlarda oʻrnatilgan ta’til berish shartlarini ham aniqroq aks ettirish mumkinligini anglatadi. Batafsil — materialda. ... 

Material sanasi 07.07.2026
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalar miqdori bevosita YaMMTda aks ettirilgan ish stajiga bogʻliq. Xodimlaringizning barcha avvalgi ish joylari tizimda roʻyxatdan oʻtkazilganini tekshiring. Ushbu tekshiruvga xodimlarning oʻzlarini ham jalb qilish maqsadga muvofiqdir. Nima uchun bu muhim va solishtiruvni qanday tashkil qilish mumkinligi haqida – kadrovik.uz materialida. ... 

Material sanasi 30.06.2026
Mehnat inspeksiyasi, oliy ta’lim muassasalari oʻqituvchilari va talabalariga shahar koʻchalarini kuzatib borishni topshirish rejalashtirilganidan soʻng, Samarqand hokimiga potensial huquqbuzarlik toʻgʻrisida rasmiy ogohlantirish yubordi. Nima uchun bunday tashabbus huquqbuzarlikka olib kelishi mumkinligi va ish beruvchilar bu vaziyatdan qanday xulosa chiqarishlari kerakligini tahlil qilamiz. Samarqandda hokim universitetlar oʻrtasida, ularning yoʻnalishi va hajmini hisobga olgan holda, shahar koʻchalarini, masofasiga qarab, taqsimlash tashabbusini ilgari surdi. Oliy ta’lim muassasalari xodimlari va talabalari tozalik, daraxt va tuplar, sugʻorish tizimlari, yoʻlaklar holati va boshqa obodonlashtirish masalalarini kuzatib borishi, hamda aniqlangan muammolar haqida mas’ul xizmatlarga xabar berib borishlari moʻljallashtirilgan edi. DMI tashabbusning amalga oshirilishini kutmadi va, u ommaga e’lon qilinib, jamoatchilikda rezonans keltirib chiqarganidan soʻng, darhol rasmiy ogohlantirish yubordi. ... 

Material sanasi 29.06.2026
YaMMTda ma’lumotlarni soliq bazasi bilan solishtirish funksiyasi ishga tushirildi. Tizim tafovutlarni avtomatik tarzda aniqlab, aks ettirib boradi. Masalan, agar soliq organiga YaMMTda roʻyxatdan oʻtmagan xodimlar toʻgʻrisida ma’lumot taqdim etsangiz, bu my.mehnat portalida aks ettiriladi. Qoʻshimcha ravishda YaMMTga dekret toʻlovlarining onlayn-monitoringi kiritildi. Yangi funksiyalarni quyida – kadrovik.uz materialida batafsil tahlil qildik. ... 

Material sanasi 12.06.2026
Mehnat kodeksida ilk marotaba ish tashlashni oʻtkazish tartibi mustahkamlab qoʻyildi. Bu 2026 yil 11 iyundagi OʻRQ-1150-son Qonundan kelib chiqmoqda. Shuningdek, xodimlarga toʻliqsiz ish vaqtini belgilashga oid talablarni mustahkamlovchi moddalarga oʻzgartishlar kiritiladi. Ish beruvchilar, kadrlar boʻyicha mutaxassislar va xodimlarning oʻzlari uchun ishda nimalar oʻzgarishini ushbu maqolada tahlil qildik. ... 

Material sanasi 12.06.2026
Prezidentning 01.06.2026 yildagi PQ-210-son qarori e’lon qilinganidan soʻng OAVda ishsiz yoshlarni ishga qabul qilishda ish beruvchilar MHEKMning 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi belgilashi shartligi haqida xabarlar paydo boʻldi. Bu ta’rif savollarni yuzaga keltirdi: ushbu talab barcha ish beruvchilarga tatbiq etiladimi yoki faqat ayrim dasturlar ishtirokchilarigami. Materialda buni koʻrib chiqamiz. ... 

Material sanasi 21.05.2026
20 may kuni Prezident Qurbon hayitini nishonlash sanasini rasman tasdiqlovchi qarorni imzoladi. Bayramga qoʻshimcha dam olish kunlari 2025 yil dekabr oyida 24.12.2025 yildagi PF-257-son Farmon bilan belgilangan edi. Kadrovik.uz maqolasida – xodimlarga necha kun dam olish kuni berilishi va bayram ta’tilni hisoblashga qanday ta’sir koʻrsatishini batafsil koʻrib chiqdik. ... 

Material sanasi 08.05.2026
2026 yilning may oyida butun yil uchun rekord darajadagi dam olish kunlari boʻladi. Umumiy hisobda xodimlar ish haftasining turiga qarab – 10 kundan 14 kungacha dam oladi. Hisob-kitobga bayramlar munosabati bilan ishlanmaydigan kunlar, odatiy va qoʻshimcha dam olish kunlari kiradi. 10 nafar kadrlar boʻyicha mutaxassisdan 9 si shunday savol beradi: buncha dam olish kuni ta’tillar va ish vaqti hisob-kitobiga qanday ta’sir qoʻrsatadi? Bu savolga materialda javob beramiz. Shuningdek materialda, ish haftasining turiga qarab, ish vaqti balansi va may oyidagi barcha dam olish kunlarining jadvali keltirilgan. ... 

Material sanasi 08.05.2026
Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtiradigan qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi. Jumladan, ishga kirayotganda talabgor taqdim etadigan majburiy hujjatlar roʻyxati qisqartiriladi. Qonun loyihasida shuningdek ish haqi kechiktirilganligi uchun pulli kompensatsiyani toʻlash tartibiga aniqlik kiritildi. Bundan tashqari, qonun ayrim jarayonlarni raqamlashtirishga, ish joyidagi tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan. Qonun loyihasidagi tuzatishlardan kelib chiqqan holda, kadrlar boʻyicha mutaxassislarni qanday yangiliklar kutayotgani haqida batafsil materialda bilib oling. ... 

Material sanasi 23.04.2026
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi bilan Haydovchilarning ish vaqti va dam olish vaqti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Tashuvchilar jumlasiga kiradigan tashkilotlar roʻyxati kengaytirildi. Haydovchilar dam olishga doir qanday qoʻshimcha kafolatlarga ega ekanligi va ularni qachon ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish mumkin emasligi aniqlashtirildi. Ish beruvchilar va kadrlar boʻyicha mutaxassislarga hujjatlar va jadvallarni yangilash osonroq boʻlishi uchun materialda har bir oʻzgarish "avval – hozir" shaklida tahlil qilindi. ...