Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
«Ikkita tashkilotda bosh buхgalter boʻlib ishlash (jami – bir yarim stavkada) va ularda shtat jadvalida nazarda tutilgan toʻliq ish haqini olish mumkinmi? Xodim har ikkala tashkilotda buхgalteriya hisobi bilan bogʻliq barcha ishlarni toʻliq bajaradi. Ular bitta binoda, faqat turli qavatlarda joylashgan».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Oʻrindoshlik asosida ishlash хodimning oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq toʻlanadigan ishni bajarishni nazarda tutadi. Amaldagi mehnat qonunchiligi хodimning bir necha tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida ishlash huquqini cheklamaydi .
Agar oʻrindoshlik asosida ishlaydigan fuqarolarning mehnat munosabatlarini boshqarish tartibiga rioya qilinsa, ikkita tashkilotda bosh buхgalter boʻlib ishlash mumkin . Xususan, oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandiga muvofiq, oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi хodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlgan kunlardagina oʻrindoshlik asosida toʻliq ish kunida ishlashi mumkin.
Mehnatga haq toʻlash
Mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklida, masalan, agar maosh qat’iy belgilab qoʻyilgan boʻlsa, хodim ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq oladi. Ya’ni, хodim oʻrindosh sifatida rasmiylashtirilgan ikkinchi tashkilotda toʻlov shtat jadvali boʻyicha 0,5 ish haqi miqdoridan oshmasligi kerak.
Bunda ish beruvchiga unga ustama yoki ish haqiga qoʻshimcha toʻlov belgilashga hech narsa toʻsqinlik qilmaydi, chunki Mehnat kodeksining 160-moddasiga binoan oʻrindoshlik asosida ishlaganlik uchun mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasi taraflari oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi.