Toʻliq moddiy javobgar xodimni ishdan boʻshatish

preview

Toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan xodim ishdan boʻshamoqda. U tovar-moddiy boyliklarni ish beruvchiga qanday va qanday tartibda topshirishi kerak?

 

– Mehnat kodeksining 99-modda 1-qismiga muvofiq xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddatini hisoblash ish beruvchi xodimning ishdan boʻshash toʻgʻrisidagi arizasini olgan kundan boshlanadi. Uning muddati tugagandan soʻng, xodim ishni toʻxtatishga haqli,  ish beruvchi esa xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart.

Maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan pul yoki tovar boyliklar bilan bevosita muomala qiladigan xodim ularning saqlanishi uchun toʻliq moddiy javobgar boʻladi.

E’tibor bering
Pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish xizmat vazifasiga kirmaydigan xodim bilan toʻliq moddiy javobgarlik haqida tuzilgan shartnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi .

Toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzish mumkin boʻlgan xodimlarning toifalari roʻyxati jamoa shartnomasida belgilab qoʻyiladi. Agar u tuzilmagan boʻlsa, — ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi .

Moddiy javobgar shaxslar almashganda ishlarni qabul qilish-topshirish kunida xodimga ishonib topshirilgan mol-mulk inventarlashdan oʻtkazilishi kerak .

Tegishincha, ishdan boʻshayotgan xodimning tovar-moddiy boyliklarni  uning oʻrniga ishga qabul qilinayotgan xodimga oʻtkazish uchun xodim ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza bergan paytdan boshlab qisqa muddatlarda inventarlash oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqaring. Inventarizatsiya komissiyasi tomonidan dalolatnoma qabul qilinishini va ishlar 2 hafta ichida – ishdan boʻshatilgan kunda ham oʻtkazilishini ta’minlang.

E’tibor bering
Inventarlashni va ishlarni qabul qilish-topshirishni tashkil etish xodimning emas, balki ish beruvchining vazifasidir. Shuning uchun, agar oxirgi ish kuniga qadar inventarlash amalga oshirilmagan boʻlsa, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin xodim ishlarni va inventarlashni oʻtkazish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun sobiq ish beruvchining oldiga kelishga majbur emas.

Moddiy qimmatliklarni yangi moddiy javobgar shaxsga qabul qilish- topshirish dalolatnomasiga muvofiq oʻtkazing.

Agar kamomad aniqlansa, ish beruvchi xodim mehnat munosabatlarini bekor qilgan yoki qilmaganligidan qat’i nazar, zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum boʻlgan kundan boshlab bir yil ichida xodim yetkazgan moddiy zararni qoplashni soʻrab sudga murojaat qilishga haqli 

Mehnat kodeksining qoidalaridan kelib chiqadiki, mehnat shartnomasini bekor qilish xodimni ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Xodimning javobgarligi Xodimning javobgarligi Xodimning javobgarligi /oz/publish/doc/text184930_tuliq_moddiy_javobgar_hodimni_ishdan_bushatish