Oʻzbekiston tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda guvohnoma rasmiylashtirish kerakmi

preview

«Tashkilot ikki xodimni  toʻqimachilik mahsulotlari xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etish uchun chet elga xizmat safariga yubormoqda. Safarni qanday rasmiylashtirish kerak? Xizmat safari guvohnomasini rasmiylashtirish kerakmi?».

Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

 

– Xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi  tashqarisiga xizmat safariga yuborish masalalari maxsus nizom bilan tartibga solinadi. 

Xodimni belgilangan manzil boʻyicha xizmat safariga yuborish uchun tashkilot rahbari tomonidan buyruq chiqariladi va xizmat safari reja-topshirigʻi tasdiqlanadi.  

Xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi buyruqda xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarning familiyalari, ismi-sharifining bosh harflari, xizmat safariga yuboriladigan joy va xizmat safarining muddati koʻrsatiladi  . 

Oʻzbekiston tashqarisiga amalga oshiriladigan xizmat safari boʻyicha   guvohnoma rasmiylashtirish shart emas, chunki u 2730-sonli Nizomda nazarda tutilmagan. 

Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib oʻtish kuni xizmat safariga yuborilgan shaxsning pasportida Oʻzbekiston Respublikasi chegara-nazorat punktlari qoʻygan belgisi boʻyicha aniqlanadi. 

 Xizmat safari xarajatlariga berilgan mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi boʻnak hisoboti tashkilot buxgalteriyasiga xizmat safaridan qaytib kelingandan keyin uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Ularga – chegarani kesib oʻtganlik haqida belgi qoʻyilgan pasport nusxasi ilova qilinadi (xizmat safari guvohnomasi oʻrniga). 

 

Oʻzbekistonda xizmat safarlari – xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish, Oʻzbekistonda xizmat safari turlari, xizmat safarini tashkil yetish boʻyicha batafsil ma’lumotlar xizmat safari, xizmat safari, xizmat safari haqida ma’lumot, oʻzbekistonda xizmat safari, oʻzbekistonda xizmat safari Oʻzbekistonda xizmat safarlari. Bu yerda siz Oʻzbekiston boʻylab xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Ish safarini qanday tashkil qilish kerak. Ish safari paytida ish uchun toʻlov haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text184942_uzbekiston_tashqarisiga_hizmat_safariga_yuborilganda_guvohnoma_rasmiylashtirish_kerakmi