Namunaviy yoʻrqnomalar boʻlganda, oʻzining yoʻriqnomasini ishlab chiqish kerakmi

preview

«Bizda ishlab chiqarish korxonasi bor. Agar biz yuqori turuvchi tashkilot tomonidan  «tushirilgan» namunaviy yoʻriqnomalardan foydalanayotgan boʻlsak, xodimlar uchun mehnat muhofazasi boʻyicha oʻz yoʻriqnomalarimizni ishlab chiqishimiz shartmi? Namunaviy yoʻriqnomalarning oʻzi  yetarli emasmi?».

Savolga «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

 

– Boʻysunuvchi korxonalar uchun namunaviy yoʻriqnomalar vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, assotsiatsiyalar va birlashmalarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tomonidan ishlab chiqiladi.  Korxonalar esa oʻz navbatida ularni asos qilib olib, oʻz xodimlari uchun ichki yoʻriqnomalarni ishlab chiqadi. Negaki namunaviy yoʻriqnomalarda alohida korxonalarning barcha oʻziga xos sharoitlarini hisobga olish imkonsiz.

Shu tariqa, idoraning namunaviy yoʻriqnomalari asosida siz xodimlaringiz uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqishingiz va tasdiqlashingiz kerak. Buning uchun sizga quyidagilar kerak boʻlishi mumkin:

  • asbob-uskuna ishlab chiqaruvchilarining xavfsizlik talablari bayon qilingan foydalanish va ta’mirlash hujjatlari;
  • aniq ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olgan holda korxonaning texnologik hujjatlari.

Yoʻriqnomalar alohida kasblar uchun ham (elektr payvandchilar, dastgoh operatorlari, chilangarlar, elektromontyorlar, farroshlar, laborantlar va boshqalar), shuningdek alohida ish turlari uchun (balandlikda ishlash, montaj ishlari, sozlash, ta’mirlash ishlari, sinovlarni oʻtkazish va boshqalar) ham boʻlishi mumkin.

Shuningdek, siz namunaviy yoʻriqnomalardan ularni rasmiylashtirish, kelishish va belgilangan tartibda tasdiqlash sharti bilan  ishlovchilar uchun yoʻriqnomalar sifatida foydalanishingiz mumkin. Tartib 870-sonli mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan.

Taxminiy harakatlar rejasi:

1) agar zarur boʻlsa, korxonaning oʻziga xos sharoitlariga nisbatan namunaviy yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiriting. Namunaviy  yoʻriqnomalar tasdiqlangandan keyin kuchga kirgan normativ hujjatlar talablarini hisobga oling;

2) yoʻriqnomani mehnatni muhofaza qilish xizmati bilan, u boʻlmagan taqdirda, zimmasiga mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalarini bajarish yuklatilgan rahbar va boshqa manfaatdor xizmatlar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar bilan kelishing;

3) kelishilgan hujjatni tasdiqlash uchun 3 nusxada taqdim qiling, ulardan biri «birinchi» boʻlishi kerak. Yoʻriqnoma korxona rahbari (ish beruvchi) yoki bosh muhandis tomonidan tasdiqlanadi;

4) yoʻriqnomani mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida  roʻyxatdan oʻtkazing ;

5) xodimlarni yoʻriqnoma bilan imzo chektirib tanishtiring. Shuningdek:

  • dastlabki yoʻl-yoʻriqda ularni qoʻlga bering;
  • uni ish joylariga yoki uchastkalarga yoki – ishchilar koʻra olishi mumkin boʻlgan joylarga osib qoʻying.
E’tibor bering

Yoʻriqnomalarning talablari korxona xodimlari uchun majburiydir. Ushbu talablarni bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi. Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtmagan shaxslarga ishlashga ruxsat etilmaydi.

Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar yoʻqligi uchun ish beruvchi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik: mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar va jihatlar. mehnatni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maqolalar, mehnatni muhofaza qilish amaliyoti, mehnatni muhofaza qilish standartlari, Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik. Kadrovik.uz Oʻzbekistonda amaldagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik, normalar va amaliyotlar haqida umumiy ma’lumot beradi. Xavfsizlik boʻyicha mutaxassislar uchun maqolalar ishchilarning xavfsizligi va sogʻligʻini ta’minlash boʻyicha samarali ishlashga yordam beradi /oz/publish/doc/text184943_namunaviy_yurqnomalar_bulganda_uzining_yuriqnomasini_ishlab_chiqish_kerakmi