Pensiya tayinlash tartibida nimalar oʻzgardi

preview

Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida yangi nizom tasdiqlandi (14.10.2022 y. «592-son VMQga ilova). Yangi hujjat bilan pensiyalarni toʻlash amaliyotiga kiritladigan oʻzgarishlar haqida norma.uz portali izoh berdi:

 

Jumladan, «band shaxslar» toifasiga quyidagilar kiritildi:

  • mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari;
  • zimmasiga soliq agenti majburiyati yuklatilmagan ish beruvchidan daromad oluvchi jismoniy shaxslar;
  • 2021 yil 1 iyundan turmush oʻrtoqlari tomonidan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq toʻlangan jismoniy shaxslar;
  • oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.

Yangi tartibga koʻra:

  • ish beruvchi pensiya tayinlash uchun taqdimnomani shakllantiradi va Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT) orqali pensioner yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboradi;
  •  shuningdek, jismoniy shaxs pensiya tayinlash uchun Pensiya jamgʻarmasining boʻlimiga bevosita tashrif buyurgan holda yoki elektron pochta orqali murojaat qilish huquqiga ega;
  • agar YaMMTda xodimning ish staji, oylik va  boshqalar haqida ma’lumot boʻlsa,  arizaga tegishli hujjatlarni ilova qilish talab etilmaydi;
  •  hujjatlarda kamchilik boʻlgan taqdirda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi 5 kun ichida ish beruvchiga (yozma) yoki arizachiga (yozma yoki mobil telefoniga sms-xabar yuborish orqali) qaysi hujjatlarni qoʻshimcha taqdim qilish kerakligi  haqida xabar beradi.

Pensiya jamgʻarmasi quyidagilardan olingan hujjatlar va ma’lumotlarni qayta tekshirmaydi:

  • jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidan;
  • Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning elektron reyestridan;
  • YaMMT hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan.

 
Boquvchisini yoʻqotganlik  pensiyasini tayinlashda shaxsning vafot etganligi, pensiya tayinlanayotgan shaxsning qarindoshlik darajasi va uning yoshi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Pensiya jamgʻarmasi tomonidan Adliya vazirligining «Elektron arxiv» axborot tizimi orqali mustaqil tarzda olinadi.  Ariza berayotganlardan ushbu ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilish taqiqlanadi.

18-23 yoshdagi oila a’zosining Oʻzbekiston hududidagi ta’lim muassasasida ta’lim olayotganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot Pensiya jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining elektron tizimi orqali olinadi.

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.10.2022 yilda kuchga kirdi.

           

 norma.uz materiallari asosida

Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot: xodim tugʻruq ta’tiliga chiqqanda, nafaqaga chiqqanida yoki nogiron boʻlganida ish beruvchi ijtimoiy yordamni qanday tashkil qilishi mumkin xodimlarning ijtimoiy ta’minoti, oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, xodimlarni ish beruvchidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot. Oʻzbekistonda mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti haqida batafsil ma’lumot. Xodim tugʻruq ta’tilida nafaqaga chiqqan yoki nogiron boʻlganida ijtimoiy himoyani roʻyxatdan oʻtkazish shartlari. Siz xodimlarning ijtimoiy ta’minoti haqida koʻproq ma’lumot olishingiz mumkin boʻladi /oz/publish/doc/text185068_pensiya_tayinlash_tartibida_nimalar_uzgardi