YaMMTda shartnoma sinov muddati bilan tuzilganligini koʻrsatish

preview

«Xodim 3 oylik sinov muddati bilan ishga olindi. Bu YaMMTda qanday rasmiylashtirilishi kerak? Agar u sinov muddatidan oʻtmasa, qanday yoʻl tutish lozim?».

Savolga kadrovik.uzning iltimosiga koʻra YaMMT IDAK boshqaruv direksiyasi boʻlim boshligʻi Zarnigor Abdurahmonova javob berdi:

 

– Sinov muddati bilan tuzilgan mehnat shartnomasi YaMMTda mehnat shartnomasini roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq umumiy tartibda roʻyхatdan oʻtkaziladi. Ammo tizimda sinov muddati haqida ma’lumot berish kerak emas.  

Sinov muddatidan oʻta olmagan  хodim ishdan boʻshatilayotganda, mehnat shartnomasini bekor qilish ham umumiy tartibda roʻyхatga olinadi.

Eslatib oʻtamiz, Mehnat kodeksining 81-moddasiga binoan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Ular YaMMT tizimida ham koʻrsatilmaydi.

My.mehnat.uz My.mehnat.uz My.mehnat.uz /oz/publish/doc/text185490_yammtda_shartnoma_sinov_muddati_bilan_tuzilganligini_kursatish