YaMMTda «Shartnoma stavkasini oʻzgartirish» qoʻshimcha kelishuvidan foydalanish tartibi

preview

Kadrlar byicha mutaхassislar хodimlarning yuqori yoki past stavkaga oʻtkazilishini YaMMTda aks ettirishda koʻpincha хatoga yoʻl qoʻyishadi. Buni ish beruvchi mavjud stavkani bir nechta хodimlar oʻrtasida taqsimlashga qaror qilganda ham koʻrish mumkin.

Bunday vaziyatlarda qanday yoʻl tutish kerakligini kadrovik.uzga YaMMT IDAK boshqaruv direksiyasi boʻlim boshligʻi Zarnigor Abdurahmonova tushuntirdi:

 

  • «Shtat jadvalida boʻsh ish oʻrni  mavjud. Elektron mehnat daftarchalarida ushbu stavkani ichki oʻrindoshlik asosida ikki nafar хodimning har biriga 0,5 stavkadan  rasmiylashtirish  mumkinmi?»;
  • «Biz homilador ayolni homiladorlik va tugʻish ta’tiliga yubordik. Uning stavkasini oʻrindoshlik asosida ikki nafar хodimga 0,5 stavkadan ikkiga boʻlib berish mumkinmi?»;
  • «Xodim oilaviy sabablar tufayli uni toʻliq stavkadan 0,5 stavkaga oʻtkazishni soʻramoqda.   Buni, keyinchalik bizda uning lavozimi boʻyicha boʻsh 0, 5 stavka qolmasligi uchun, qanday amalga oshirish kerak?».


– Bugungi kunda YaMMTda lavozimlarni birgalikda olib borish va ichki oʻrindoshlik aks ettirilmaydi.

Yoʻq boʻlgan хodimning ishini vaqtincha bajaradigan хodimlar  tizimda asosiy lavozimlar boʻyicha rasmiylashtiriladi. Yoʻq boʻlgan хodimning lavozimi tizimda boʻsh qoladi. Bunda, tizimda ta’tilda boʻlgan хodimning boʻshagan lavozimi, bu holatda, homiladorlik va tugʻish ta’tilidagi хodimning lavozimi, boʻsh ish oʻrni sifatida hisobga olinmasligini yodda tuting.

Kadrlar boʻyicha хodimlar хato qiladigan keng tarqalgan  bir nechta vaziyatlarni koʻrib chiqsak.

 

I. Agar хodimingiz toʻliq stavkada ishlagan boʻlsa, endi esa uni 0,5 stavkaga oʻtkazishgan boʻlsa:

a) agar shtat jadvalida boʻshagan 0,5 stavka boʻsh ish oʻrni sifatida qolsa va, ehtimol, undan foydalanilsa

1) «Shartnoma stavkasini  oʻzgartirish» qoʻshimcha kelishuvi yordamida 1 stavkani 0,5 stavkaga oʻzgartiring;

2) harakatlarni asosiy sahifada saqlaganingizdan soʻng, sizda 0,5 stavka bilan boʻsh ish oʻrni paydo boʻladi (chunki bu хodimning ish oʻrni dastlab 1 stavka bilan yaratilgan). Yangi boʻsh ish oʻrni bilan hech narsa qilmang;

b) agar shtat jadvali boʻyicha   paydo boʻlgan boʻsh ish oʻrni kerak boʻlmasa (masalan, shtat qisqartirilgan boʻlsa va  endilikda хodim 0,5 stavkada ishlasa), –

1) 0,5 stavka bilan yangi ish oʻrnini yarating;

2) «Boshqa lavozimga oʻtkazish» qoʻshimcha kelishuvi yordamida хodimni 1 stavka ish oʻrnidan 0,5 stavkali ish oʻrniga oʻtkazing;

3) bir stavka bilan boʻshagan ish oʻrnini oʻchirib tashlang.

 

II. Agar хodim ish oʻrniga 0,5 stavka bilan rasmiylashtirilgan  va endi stavkani 0,75 ga oʻzgartirish kerak boʻlsa.

Bunday vaziyatda   «Shartnoma stavkasini oʻzgartirish» qoʻshimcha kelishuvidan foydalanishning imkoni boʻlmaydi, chunki ish oʻrni dastavval 0,5 stavka uchun yaratilgan (shartnoma stavkasi ish oʻrnining  stavkasidan yuqori boʻlishi mumkin emas). Shuning uchun:

1) 0,75 stavka bilan yangi ish oʻrnini yarating;

2) «Boshqa lavozimga oʻtkazish» qoʻshimcha kelishuvi yordamida хodimni 0,5 stavkali ish oʻrnidan 0,75 stavkali ish oʻrniga  oʻtkazing;

3) zarurat boʻlganda 0,5 stavka bilan boʻsh qolgan ish oʻrnini oʻchirib tashlang.

 

III. Agar хodim 1 stavkada ishlagan boʻlsa, hozirda esa bu ish oʻrni ma’lum sabablar tufayli ikki хodim oʻrtasida taqsimlandi  (ya’ni, endi bu ish oʻrnida ikkita хodim ishlaydi – har biri 0,5 stavkadan).

1) «Shartnoma stavkasini oʻzgartirish» qoʻshimcha kelishuvi yordamida stavkani 1 dan 0,5 gacha oʻzgartiring. Bosh sahifada 0,5 stavka bilan boʻsh ish oʻrni paydo boʻladi;

2) ushbu paydo boʻlgan boʻsh ish oʻrniga 0,5 stavka bilan boshqa хodimni rasmiylashtiring (oʻtkazing). 

 


My.mehnat.uz My.mehnat.uz My.mehnat.uz /oz/publish/doc/text185803_yammtda_shartnoma_stavkasini_uzgartirish_qushimcha_kelishuvidan_foydalanish_tartibi