Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Ish beruvchi ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashi shart boʻlgan holatlar (jadval)
Ishdan boʻshatish nafaqasi – xodimning ishdan mahrum boʻlishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshiriladigan pulli toʻlov, yoʻqotilgan ish haqini oʻziga xos kompensatsiya qilishdir
.
Qanday hollarda ish beruvchi uni toʻlashi shartligi va nima uchun nafaqa miqdori turli toifa xodimlari uchun farqlanishi mumkinligi haqida «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA soʻzlab berdi:
«Ishdan boʻshatish nafaqasi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni berilishi kerak boʻlgan barcha summalar bilan birga toʻlanadi
. Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan boʻlsa, tegishli summalar ushbu xodim tomonidan hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi talab taqdim etilganidan keyin uch kundan kechiktirmay toʻlanishi kerak.
Bu me’yor nimani anglatadi? Aytaylik, xodim ishdan boʻshatilgan kuni yoʻq edi va shuning uchun ish haqini, nafaqani ololmadi. Moddada ushbu talab qanday shaklda taqdim etilishi kerakligi koʻrsatilmagan. Demak, uni ogʻzaki bildirish ham mumkin. Masalan, u ertasi kuni kelib, ogʻzaki yoki telefon orqali qoʻngʻiroq qilib, elektron pochta orqali yozib, hisob-kitobni amalga oshirish haqidagi talabni bildirdi. Tegishli summalar va ishdan boʻshatish nafaqasi xodim tomonidan hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi talab taqdim etilganidan keyin ish beruvchi tomonidan uch kundan kechiktirmay toʻliq toʻlab berilishi kerak.
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasidan koʻchirma) bilan masala biroz boshqacha tartibda hal qilinadi. Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda ishga kelmagan boʻlsa, ish beruvchi keyingi ish kunidan kechiktirmay xodimga mehnat daftarchasini olish uchun kelishi yoxud mehnat daftarchasi pochta orqali yuborilishiga rozilik berishi zarurligi haqida bildirishnoma yuborishi shart. Ish beruvchi bildirishnoma yuborilgan kundan e’tiboran mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
Xodim tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan xodim mehnat daftarchasini berish toʻgʻrisida murojaat qilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay berilishi kerak
.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan quyidagi hollarda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi:
- xodim yangi mehnat shartlarida mehnat qilishni rad etishi
; - xodim sogʻligʻi holati boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazilishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish boʻlmaganligida
; - ish beruvchi bilan birga boshqa joyga koʻchib oʻtishni rad etganida
; - tashkilot mulkdorining almashganligi, uning qayta tashkil etilganligi, tashkilotning idoraviy taalluqliligi (boʻysunuvi) oʻzgarganligi munosabati bilan xodimning ishni davom ettirishni rad etishi holatida;
- ish beruvchi tashabbusi bilan – ayrim holatlardan tashqari
; - taraflarning xohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan alohida holatlarga koʻra
.
Ish beruvchining tashabbusi bilan va taraflarning xohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra ishdan boʻshatishda aynan qaysi holatlarda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanishida chalkashmaslik uchun jadvaldan foydalaning:
|
Mehnat shartnomasini bekor qilish asosi |
Ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash KERAK |
Ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash KERAK EMAS |
|
28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 161-m. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish |
1-b. Tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi; yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi |
4-b. Xodimning oʻz mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi |
|
2-b. Texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʻzgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining oʻzgarganligi
|
5-b. Xodimning oʻz mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi |
|
|
1) 3-b. Xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi
|
|
|
|
6-b. Mehnat kodeksida va boshqa qonunlarda belgilangan oʻzga sabablar (asoslar).
Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan quyidagi hollarda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi:
Bundan tashqari tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida boʻlinmasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdor oʻzgarishi munosabati bilan bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi
|
|
|
|
Mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra bekor qilish |
1-b. Xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda |
3-b. Xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan boʻlsa, shuningdek xodim sudning qaroriga binoan ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yoʻllangan taqdirda
|
|
2-b. Shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda |
7-b. Xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori bekor qilinganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasining qarori bekor qilinganligi (qonunga xilof deb e’tirof etilganligi)
10-b. Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar |
|
|
4-b. ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi, agar yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni boʻlmasa va u ishni davom ettirishga toʻsqinlik qilsa. Ammo ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalar xodimning aybi bilan buzilgan boʻlsa, mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanmaydi. Masalan, u muayyan lavozimlarni egallash yoki ma’lum faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilinganligi toʻgʻrisidagi sud qarorini yashirgan, soxta hujjatlarni taqdim qilgan boʻlsa va h.k. |
|
|
|
5-b. Mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi:
|
|
|
|
|
6-b. Tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi |
|
|
|
9-b. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zosining vakolatlari muddati tugaganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganligi |
|
Agar mehnat shartnomasi boshqa asoslarga binoan bekor qilinsa, MKning 173-moddasi ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanishini nazarda tutmaydi. Aynan:
- taraflarning kelishuviga koʻra
; - xodimning tashabbusi bilan
; - muddatli mehnat shartnomasining muddati tugashi munosabati bilan
; - mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra
; - yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov boʻyicha oʻtmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan
.
Ishdan boʻshatish nafaqasi qanday miqdorda toʻlanadi
Ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bogʻliq boʻladi va u
:
- uch yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan;
- uch yildan besh yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan;
- besh yildan oʻn yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining yuz foizidan;
- oʻn yildan oʻn besh yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining bir yuz ellik foizidan;
- oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining ikki yuz foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibi MKning 257-moddasida belgilab qoʻyilgan.
Xodimlarning alohida toifalari uchun ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashning boshqacha tartibi belgilangan:
1) mavsumiy ishchilar. Ular yuqoridagi asoslarga koʻra ishdan boʻshatilganda
oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizi miqdorida ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi
;
2) mikrofirma xodimlari. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlovlarini toʻlash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi. Agar ular belgilanmagan boʻlsa, MKning 173-moddasida nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etiladi
;
3) yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi
;
4) uy ishchilari. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi. Agar ular mehnat shartnomasida belgilanmagan boʻlsa, MKning 173-moddasida nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etiladi
.