Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Ish beruvchilar ish joyidagi vazifalarni bajarish vaqtida jabrlanganlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni «YaMMT» idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishi shart
. Buni qanday amalga oshirish kerakligini kadrovik.uz iltimosiga koʻra «YaMMT» IDAK boshqaruv boʻlimi boshligʻi Zarnigor Abdurahmonova bosqichma-bosqich tushuntirdi:

– Jabrlangan xodimlarga N-1 shakli boʻyicha dalolatnomalar rasmiylashtirilgandan soʻng baxtsiz hodisalarni my.mehnat.uz saytida roʻyxatdan oʻtkazing, chunki tizimga ma’lumotlarni kiritish chogʻida ular haqidagi ma’lumotlar kerak boʻladi. Bu dalolatnoma tuzilgandan keyin uch ish kuni ichida amalga oshirilishi kerak.
1) my.mehnat.uz saytidagi ish beruvchining kabinetiga kiring;
2) «Tashkilot kabineti»ga kiring (yuqori menyu);
3) «Baxtsiz hodisalar hisobi»ni (oʻng menyu) bosing, ochilgan jadvalni toʻldiring.
Jadvalni toʻldirish boʻyicha ishni shartli ravishda uch bosqichga boʻlish mumkin:
I. Baxtsiz hodisalarni roʻyxatdan oʻtkazish;
II. Dalolatnomalarni N-1 shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish;
III. Toʻlovlar haqida ma’lumot kiritish.
I. Baxtsiz hodisalarni roʻyxatdan oʻtkazish
Ochilgan sahifada («Baxtsiz hodisalar hisobi» tugmachasini bosgandan soʻng), yashil «Qoʻshish» tugmasini bosing va ochilgan shaklda quyidagilarni koʻrsating:
1) baxtsiz hodisa turini (ochiladigan koʻrsatmadan mosini tanlang);
2) baxtsiz hodisa sodir boʻlgan sanani;
3) jabrlanganlar sonini;
4) baxtsiz hodisaning oqibatlarini (ochiladigan koʻrsatmadan mosini tanlang).
«Yuborish» tugmasini bosing.
II. Dalolatnomalarni N-1 shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
Shundan soʻng tizim sizni «Baxtsiz hodisalar hisobi»ni bosganingizdan soʻng ochilgan sahifaga qaytaradi. Roʻyxatdan oʻtkaziladigan baxtsiz hodisa haqidagi ma’lumot allaqachon jadvalda paydo boʻladi.
Endi «N-1 shakl dalolatnoma» ustuniga e’tibor bering va shakllanayotgan yozuvning qarshisidagi «Qoʻshish» tugmasini bosing. Ochilgan shaklni toʻldiring. Buning uchun N-1 shaklidagi dalolatnomadan quyidagi ma’lumotlarni oʻtkazing:
1) dalolatnoma raqami;
2) jabrlanuvchining JShShIRi («Boʻlim», «Ism», «Familiya», «Otasining ismi», «Tugʻilgan sana» ustunlari siz JShShIRni koʻrsatganingizdan soʻng avtomatik ravishda toʻldiriladi);
3) baxtsiz hodisaning oqibatlari (ochiladigan koʻrsatmalardan mosini tanlang);
4) jabrlanuvchining oʻrtacha ish haqi;
5) mehnat muhofazasi boʻyicha. Buning uchun ushbu boʻlimning toʻrtta satrida ularning har birida ochiladigan koʻrsatmalardan birini tanlashingiz kerak boʻladi.
«Saqlash» va «Yuborish» tugmasini bosing.
III. Toʻlovlar haqida ma’lumotni roʻyxatdan oʻtkazish
Qoʻshimcha xarajatlar va kasallik varaqasini qoplash uchun toʻlangan summalar ma’lum boʻlgandan keyin baxtsiz hodisani roʻyxatdan oʻtkazishni yakunlash mumkin. Buning uchun:
1) my.mehnat.uz saytidagi «Baxtsiz hodisalar hisobi» funksionaliga kiring;
2) «Harakatlar» ustunida roʻyxatdan oʻtkazilayotgan baxtsiz hodisa qarshisidagi jadvalda «Koʻrish»ni (koʻk fonda «koʻz» belgisi) bosing. Natijada, oldingizda baxtsiz hodisadan jabrlanganlarning ismlari birma bir sanab oʻtilgan jadval ochiladi;
3) «Qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun toʻlov summasi» va «Kasallik varaqasi boʻyicha hisoblangan toʻlov miqdori» ustunlarida kerakli summani koʻrsating.
Oleg GAYeVOY tomonidan tayyorlandi