Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Qaysi dam olish kunlari ta’til kunlari hisob-kitobiga kiritilgani va PF-270-son farmon chiqquniga qadar rasmiylashtirilgan hamda 2022 yil dekabrdan 2023 yil yanvarga oʻtadigan ta’tillarga qanday tuzatish kiritishni «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:
– Amaldagi Mehnat kodeksining 131-moddasi va PF-35-son hamda PF-270-songa muvofiq bunday ta’tillarning davomiyligi hisob-kitobiga quyidagilar kiritilmaydi:
- barcha ish haftasi rejimlari uchun - 1 yanvar (bayram kuni), 2 yanvar (qoʻshimcha ishlanmaydigan kun);
- 6 kunlik ish haftasi rejimida ishlaydiganlar uchun - 2022 yilning 31 dekabri va 2023 yilning 3 yanvari.
2023 yil 3 yanvar 5 kunlik ish haftasi uchun ta’til kunlari hisob-kitobiga kiritilgan, chunki u 7 yanvar, shanba kunidan oʻtkazilgan, barcha ish rejimlari uchun ta’tillar 6 kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar boʻyicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi .
PF-270-son chiqqunga qadar хodimlarga ta’tillar taqdim qilayotganda ularning davomiyligiga quyidagi kunlar kiritilmasligini allaqachon bilar edik:
- 31 dekabr – faqat 6 kunlik ish haftasi uchun, PF-35-son boʻyicha qoʻshimcha ishlanmaydigan kun;
- 1 yanvar – amaldagi MKning 131-moddasi boʻyicha bayram kuni.
Tegishincha, endi bu kunlarni ish rejimidan kelib chiqib ta’til davomiyligi hisob-kitobiga kiritmaganmiz.
Endi – 23.12. 2022 y. PF-270-son chiqqandan keyin – хodimlarning ta’tildan chiqish sanalarini oʻzgartirish bilan vaqtni hisobga olish tabeliga tuzatish kiritish toʻgʻrisida buyruq chiqaring:
- 5 kunlik ish haftasida – 2023 yil 2 yanvarda dam olish hisobiga 1 ish kuniga kechroq;
- 6 kunlik ish haftasida - 2023 yil 2 va 3 yanvar kunlari dam olish hisobiga 2 ish kuniga kechroq.