Agar boshliq kasal boʻlsa, uning ishini bajargan oʻrinbosarga qoʻshimcha haq toʻlanadimi

preview

«Boʻlim boshligʻi  kasal boʻlib qoldi. Boshliqning vazifalari uning oʻrinbosariga yuklangani toʻgʻrisida buyruq va mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirilishi kerakmi? Bunday ish uchun oʻrinbosarga qoʻshimcha haq toʻlash shartmi?». 

Savolga «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA javob berdi:

E’tibor bering
Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK asosida tayyorlangan.

 

–  Agar tashkilot shtat jadvalida boʻlim boshligʻining oʻrinbosari lavozimi nazarda tutilgan boʻlsa, unga vaqtincha yoʻq boʻlgan boshliqning vakolatlarini (ta’tilga yoki "kasallik ta’tiliga" ketgan, xizmat safari yoki malaka oshirishga yuborilgan va hokazo) soddalashtirilgan tartibda berish mumkin:

  • oʻrinbosar xodimning roziligini olmasdan;
  • uni asosiy ishidan ozod qilmasdan;
  • qoʻshimcha haq toʻlamasdan.

Bu haqda MKning 116-moddasida soʻz boradi.

Ammo bu yerda quyidagi talablarni hisobga olish kerak:

1. Shtatda oʻrinbosar lavozimi boʻlishi kerak.

Amalda ba’zida shunday boʻladiki, boʻlimdan kimdir ogʻzaki ravishda boshliq oʻrinbosari sifatida e’lon qilinadi, ammo shtatda bunday lavozim yoʻq.

2. Shtatdagi oʻrinbosarning lavozim majburiyatlariga vaqtincha yoʻq boʻlgan boshliqning vazifalarini bajarish kiritilishi kerak.

Bu bir qarashda oʻz-oʻzidan tushunarli dalil boʻlib koʻrinadi, axir boshliq boʻlmagan paytda uning oʻrniga ishlab turish – oʻrinbosar mehnat vazifalarining tarkibiy qismlaridan biridir. Ammo tartib-taomil qonuniy boʻlishi uchun vaqtincha yoʻq boʻlgan boshliqning vazifalarini bajarish mehnat qonunchiligida, mehnat shartnomasida yoki xodimning lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilganligiga ishonch hosil qiling. Bunday holda shtatdagi oʻrinbosar boʻlim boshligʻi ishga chiqquniga qadar bunday majburiyatlarni bajarishni rad etishga haqli emas .

Agar oʻrinbosar oʻziga yuklangan majburiyatlarni bajarmasa yoki ularni notoʻgʻri bajarsa, unga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.

Shunday qilib, boshliqning majburiyatlarini bajarish vazifasi uning shtatdagi oʻrinbosari mehnat vazifasiga kirsa, bu ishni endi qoʻshimcha deb hisoblab boʻlmaydi. Tegishincha, u uchun qoʻshimcha toʻlov amalga oshirilmaydi . 

Ammo bunda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib tashkilot xodimni ragʻbatlantirish uchun ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni belgilashi mumkin (mukofotlar va b.).

Bu holda vazifalarni yuklash doimiy emas, balki vaqtinchalik boʻlgani uchun mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirish shart emas. Ish beruvchiga buyruq chiqarish va xodimni u bilan imzo ostida tanishtirish kifoya.

Agar yoʻq boʻlgan boshliqning majburiyatlarini bajarish oʻrinbosarning mehnat vazifasiga kirmasa

U holda bu – qoʻshimcha ish va  uning uchun   boshliqning oʻrnini bosuvchi xodimning roziligini olish talab qilinadi.

Rozilik ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Xodim buyruq matni bilan tanishishi va agar rozi boʻlsa, uni imzolashi kerak . Shuningdek, xodim buyruqda shartlashilgan  qoʻshimcha ishga e’tirozi yoʻqligi yoki roziligini oʻz qoʻli bilan yozishi maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, xodimning bevosita majburiyatlariga kirmaydigan ushbu qoʻshimcha vazifalar uchun quyidagilarga haq toʻlashga toʻgʻri keladi :

  • byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun – bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida; 
  • byudjet tashkilotlari xodimlari uchun – bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda.

 

 

Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text187411_agar_boshliq_kasal_bulsauning_ishini_bajargan_urinbosarga_qushimcha_haq_tulanadimi