Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan xodimni ishdan boʻshatishni qanday kelishish kerak

preview

Ish beruvchi xodimni progul uchun oʻz tashabbusiga koʻra ishdan boʻshatmoqchi. Agar mehnat majburiyatlarini buzish dalili aniq boʻlsa, ishdan boʻshatishni xodimlarning vakillik organi bilan kelishish kerakmi? Ushbu tartib-taomil qanday oʻtkaziladi?

Savollarga «Norma» eksperti, yurist  Lenara XIKMATOVA javob berdi:

E’tibor bering
Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK asosida tayyorlangan.

 

– Agar bu jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi (XVO) bilan kelishilishi zarur .

Bunday holda, agar mehnat shartnomalarini quyidagilar munosabati bilan bekor qilayotgan boʻlsangiz, bunday organning roziligini oling:

  • texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʻzgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining oʻzgarganligi ;
  • xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi ;
  • mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi ;
  • mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi ;
  • oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mazkur ishga oʻzi uchun asosiy ish joyi boʻlgan xodim qabul qilinishi, shuningdek oʻrindoshlik asosida ishlashga cheklovlar joriy etilganligi munosabati bilan .

Shunday qilib, agar ish beruvchi xodim tomonidan mehnat majburiyatlarini buzganligi (progul) toʻliq tasdiqlangan deb hisoblasa va hech qanday shubha tugʻdirmasa, agar bu jamoa shartnomasi  yoki kelishuvda  nazarda tutilgan boʻlsa, baribir xodimlarning vakillik organi roziligini olish kerak.

 

XVOning  roziligi quyidagi hollarda talab qilinmaydi:

Agar mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinsa:

  • tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi munosabati bilan;
  • tashkilot rahbari, alohida boʻlinma rahbari bilan yangi MKning 161-modda 2-qismida nazarda tutilgan har qanday asoslar boʻyicha;
  • tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida boʻlinmasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yangi MKning 489-modda 1-qism 1-bandiga muvofiq tashkilot mulkdori oʻzgarganligi munosabati bilan.
E’tibor bering
Jamoa shartnomasi xodimning vaziyatini jamoa kelishuviga nisbatan yomonlashtira olmaydi. Shuning uchun, agar tarmoq yoki hududiy jamoa kelishuvida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, bu jamoa shartnomasida kelishilgan-kelishilmaganligidan qat’i nazar, bunday rozilikni olish kerak .

 

Kelishish tartib-taomilini qanday oʻtkazish kerak

Xodimga e’lon qilingan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish muddati tugashidan oldin, ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni ishdan boʻshatishga rozilik olish toʻgʻrisida xodimlarning vakillik organiga yozma taqdimnoma yoʻllang.

Taqdimnomani ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini bekor qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan imzolangan tashkilot blankida rasmiylashtiring. Unda ishdan boʻshatilayotgan xodimning F.I.O. va uni ishdan boʻshatishni rejalashtirishga asos boʻlgan Mehnat kodeksi moddasini koʻrsating. Taqdimnomaga  mehnat shartnomasini bekor qilish uchun sabab boʻlgan barcha hujjatlar va materiallarni ilova qiling, roʻyxatdan oʻtkazing va imzo ostida xodimlarning vakillik organiga topshiring.

Misol
XVO qaror qabul qilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Xodim bilan mehnat shartnomasi yangi Mehnat kodeksining 161-modda 2-qism 5-bandiga koʻra mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun (uzrli sababsiz progul) bekor qilinadi.

XVOga progul va ish joyida xodimning uzrli sabablar yoʻqligi dalilini tasdiqlovchi barcha materiallar va hujjatlar topshirilishi lozim.  Masalan:

  • xodimning ish joyida  yoʻqligi toʻgʻrisida bayonnomalar;
  • videokuzatish kameralaridan olingan ma’lumotlar;
  • xodimlarning kelishi/ketishini roʻyxatga olish kitobi (jurnali);
  • bevosita rahbarning hisoboti, arizasi;
  • xodimning yozma tushuntirishi yoki xodimning tushuntirish berishdan bosh tortgani toʻgʻrisida dalolatnoma;
  • agar xodim ishda koʻrinmasa – ishga kelish zarurligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma va oʻzining yoʻqligi toʻgʻrisida yozma tushuntirish berish va hk.

Bundan tashqari, vakillik organi progul haqiqatan ham mehnat shartnomasi MKning 161-m. 2-q. 5-b. boʻyicha bekor qilinishi mumkin boʻlgan bir martalik qoʻpol buzilishlar roʻyxatiga kiritilganligiga ishonch hosil qilishi uchun tashkilotning ichki mehnat qoidalarini XVOga oʻtkazing.

Ba’zi hollarda, xodim bilan ish beruvchi (masalan, mikrofirmalarda)  oʻrtasida mehnat majburiyatlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxati nazarda tutilishi mumkin .

XVO, shuningdek xodim yoʻq boʻlgan davr haqiqatan ham progul ekanini tekshirishi kerak. Negaki IMTQda ish joyida uzrli  sabablarsiz aynan qancha vaqt boʻlmaganligi progul deb topilishi belgilab qoʻyilgan  – toʻla ish kuni, uch soatdan ortiq va shu kabi .

XVO sizning masalangiz koʻrib chiqiladigan kunni belgilaydi. MKda xodimni bunday yigʻilishga taklif qilish kerakligi koʻrsatilmagan boʻlsa-da, XVO uni tinglashi  va adolatli qaror qabul qilishi uchun buni amalga oshirgan ma’qul.

Ma’lumot uchun. Agar xodimlarning vakillik organi kasaba uyushmasi boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimni uni ishdan boʻshatishga rozilik berish masalasi koʻrib chiqiladigan yigʻilish toʻgʻrisida yozma yoki pochta orqali xabardor qilishi shart. Bu Kasaba uyushmasi organlarida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomani koʻrib chiqish tartibi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ijroiya qoʻmitasining 19.03.2021 yildagi 2-37 «s»-sonli qarori bilan nazarda tutilgan. Agar ishdan boʻshatilayotgan xodim kasal boʻlib qolsa yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra yigʻilishda qatnasha olmasa, u boshqa vaqtga koʻchiriladi, lekin qat’iy ravishda ish beruvchining taqdimnomasini koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan 10 kunlik muddat ichida. Agar ushbu muddat tugashidan oldin kasaba uyushmasi qoʻmitasi yigʻilishida xodimning ishtirokini ta’minlash imkonsiz boʻlsa yoki u uzrli sabablarsiz yoʻq boʻlsa yoxud yigʻilishda ishtirok etishdan bosh tortsa, u xodimning ishtirokisiz oʻtkaziladi.

 

Xodimga XVO yigʻilishiga taklifnoma toʻgʻrisida xabarnomani «XVOning chiqish hujjatlari» kitobida rasmiylashtiring va uni xodimga imzo ostida topshiring. Agar u ishga kelmayotgan boʻlsa,  unga T-2 shaklidagi shaxsiy varaqada koʻrsatilgan manzil boʻyicha pochta xabarnomasini yuborish mumkin.

Xabarnoma mehnat shartnomasini bekor qilishga sabab boʻlgan asosiy hujjatlarga ilova qilinadi.

Agar xodim XVO yigʻilishiga taklifnoma toʻgʻrisida xabarnomani olishni rad etsa, bu haqda dalolatnoma tuzing. Ushbu hujjat xodim yigʻilish joyi, kuni va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida va tegishli tarzda xabardor qilinganligini tasdiqlaydi.

XVO yigʻilishida uning a’zolari va xodimdan tashqari, XVOga toʻgʻri qaror qabul qilishda yordam beradigan boshqa xodimlar ham ishtirok etishi mumkin: yurist, kadrlar boʻyicha xodim, buxgalter va boshqalar.

XVO yigʻilishida bayonnoma yuritiladi. Yigʻilish natijasiga koʻra XVO qaror qabul qiladi va bu haqda ish beruvchiga taqdimnoma olingan kundan boshlab 10 kun ichida yozma ravishda xabar beradi. Agar koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin ish beruvchi bu qarorni olmasa, u xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini XVO roziligisiz bekor qilishga haqli .

XVO qarori qabul qilingan kundan boshlab 1 oy ichida qonuniy kuchga ega. Tegishincha, ish beruvchi ijobiy qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli .

E’tibor bering
Agar XVO mehnat shartnomasini bekor qilishga «qarshi» qaror qabul qilsa, xodimni ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatib boʻlmaydi.

 

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish - mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslar va mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni mehnat shartnomasini bekor qilish, oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslar. Mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni. Bu erda mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari /oz/publish/doc/text187592_kasaba_uyushmasi_qumitasi_bilan_ishdan_bushatishni_qanday_kelishish_kerak