Xodim oila a’zosiga qarash uchun «kasallik varaqasini» rasmiylashtirsa

preview

Koʻpincha kadrlar boʻyicha mutaxassislar va buxgalteriyada xodim kasal oila a’zosini parvarishlash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtiradigan vaziyatda savollar paydo boʻladi.

Mehnat qonunchiligi qoidalarini amaliyotdan misollar bilan «Norma» eksperti va kadrlar xizmati rahbari  Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:

 

1. «Korxona xodimi kasal oila a’zosini ikki hafta davomida parvarishlashi kerak. U shu sabab boʻyicha ishdan ozod qilinish huquqiga egami?».

 – Amaldagi Mehnat kodeksining 285-moddasi va yangi Mehnat kodeksining 281-moddasiga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi nafaqat xodimning oʻzi kasal boʻlganda, balki oilaning betob a’zosini parvarish qilganda ham toʻlanadi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq beriladigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqa tayinlash va toʻlash uchun asos boʻladi . Davolash-profilaktika muassasasi bunday varaqani xodimning iltimosi boʻyicha emas, balki haqiqatda bemor oila a’zosini parvarish qilish zarurati boʻlgan taqdirdagina rasmiylashtiradi.

Bemorni parvarish qilish uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi quyidagi hollarda beriladi:

1) agar bemor – oʻn toʻrt yoshdan oshgan va u ambulatoriya sharoitida davolanayotgan boʻlsa (kasalxonaga yotqizilmagan);

2) yetti kalendar kundan oshmagan muddatga ;

3) bemorning oila a’zolari yoki qarindoshlaridan biriga.

Bunda quyidagilar ahamiyatga ega emas:

  • xodim bemor bilan birga yashaydimi-yoʻqmi;
  • katta yoshdagi bemorni parvarish qiluvchi mehnat ta’tilida boʻlib turibdimi-yoʻqmi. Bu holda mehnat ta’tili uzaytiriladi yoki boshqa muddatga koʻchiriladi .

Agar uzoq muddatli parvarish zarur boʻlsa, xodim mehnat ta’tilidan (toʻliq yoki qisman) foydalanishi yoki ish beruvchi bilan kelishilgan holda ish haqi saqlanmaydigan  ta’til olishi mumkin.

 

2. «Operatsiya va operatsiyadan keyingi tiklanish davri Oʻzbekistondan tashqarida boʻlib oʻtdi. Xodim bu holatda oila a’zosini parvarish qilish uchun nafaqa olishga haqlimi?».

– Ha, haqli. Buning uchun u chet elda vaqtincha boʻlgan vaqtda kasallanganlik yoki chet elda davolanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasini  yashash yoki ish joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasiga taqdim qilishi kerak .

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi mehnatga layoqatsizlikni tasdiqlovchi asoslarni hisobga olgan holda bemorni parvarish qilayotgan qarindoshiga rasmiylashtiriladi.

 

 

Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text187794_hodim_oila_azosiga_qarash_uchun_kasallik_varaqasini_rasmiylashtirsa