Xodimga qoʻshimcha haq toʻlamasdan majburiyatlarni yuklash mumkinmi

preview

«Xususiy firma buxgalteriyasida bosh buxgalter, yetakchi buxgalter, hisob-kitob buxgalteri va kassir ishlaydi. Yetakchi buxgalter ta’tilga chiqmoqda. Rahbariyat uning majburiyatlarini hisob-kitob buxgalteriga yuklashni rejalashtirmoqda. Ammo  qoʻshimcha ishlar hajmi kamligini va ular asosiy ish vaqtida bajarilishini hisobga olgan holda, rahbariyat bu ishlar uchun haq toʻlamoqchi emas».

2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi  MK qoidalarini hisobga olgan holda rahbariyatning harakatlari qonuniymi? Savolga «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– Yoʻq, noqonuniy.

Ish beruvchi xodimdan mehnat shartnomasi yoki lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilmagan va ish kuni doirasida asosiy ishi bilan bogʻliq boʻlmagan qoʻshimcha majburiyatlarni bajarishni talab qilishga haqli emas.

Agar yetakchi buxgalterning majburiyatlari hisob-kitob buxgalterining majburiyatlari roʻyxatiga kiritilmagan boʻlsa, qoʻshimcha vazifalarni xodimiga faqat uning roziligi bilan yuklash mumkin. Bu «vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan ishdan ozod etilmagan holda bajarish» sifatida rasmiylashtiriladi. Bunday holda xodim ayni oʻsha kasb (lavozim) boʻyicha qoʻshimcha ishni ishdan ozod etilmagan holda bajaradi .

Xodimning zimmasiga vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini bajarishni yuklatish vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning oʻrniga ishlash muddatiga yoʻl qoʻyiladi .

Bunday vaqtinchalik qoʻshimcha ish:

  • mehnat shartnomasiga oʻzgartishlar kiritilishini talab qimaydi;
  • ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

Xodimning roziligi buyruq  uchun asos hisoblanadi. Xodimni buyruq matni bilan tanishtiring. Agar rozi boʻlsa, unga imzo qoʻyib, oʻz qoʻli bilan quyidagi yozuvni kiritsin: «vaqtincha yoʻq boʻlgan xodim (F.I.O.) ishga chiqquniga qadar uning majburiyatlarini bajarishga roziman».

 

Toʻlov

Vaqtincha yoʻq boʻlgan hamkasbning oʻrniga bajariladigan qoʻshimcha ish toʻlanishi kerak. Bu yangi MKning 252-modda 5-qismida aniq koʻrsatilgan. Ish haqiga qoʻshimcha toʻlov – bu xodim tomonidan uning toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyatlariga kirmaydigan qoʻshimcha vazifalar bajarilishini kompensatsiya qilish uchun hisoblanadigan pul toʻlovidir.

Yangi MKning 259-moddasida bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganda, ish hajmi koʻpayganda bunday qoʻshimcha toʻlov miqdori aniq koʻrsatilgan. Shunday qilib, qoʻshimcha toʻlov quyidagilar uchun toʻlanadi:

  • byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun – bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida; 
  • byudjet tashkilotlari xodimlari uchun – bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda.

Bunda vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini bajarganlik uchun qoʻshimcha toʻlov miqdori belgilanmagan. Umid qilamizki,  moddadagi bu boʻshliq bartaraf qilinadi. Ungacha esa yangi MKning 259-moddasida nazarda tutilgan qoʻshimcha toʻlovning yuqorida keltirilgan tartibiga rioya qilishingizni tavsiya qilamiz.

Vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini bajarishni yuklash toʻgʻrisidagi buyruqda qoʻshimcha toʻlov miqdorini koʻrsating.

Eslatib oʻtamiz

Agar vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlari uning shtatdagi oʻrinbosariga asosiy ishdan ozod qilinmasdan yuklangan boʻlsa, qoʻshimcha toʻlov toʻlanmaydi. Quyidagi maqolada bu haqda batafsil oʻqishingiz mumkin:

 

 

Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text187970_hodimga_haq_tulamasdan_qushimcha_vazifalarni_yuklash1