Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Chet elda ishlaydiganlar uchun pensiya staji va daromadlari qanday hisoblanadi
Qanday hollarda chet elda ishlash pensiyani hisoblashda ish stajiga kiritilishi va bunda daromad qanday hisoblanishini kadrovik.uz iltimosiga koʻra byudjetdan tashqari Pyensiya jamgʻarmasi ijro boshqarmasi metodologiya boʻlimi boshligʻi Farruх Pardayev tushuntirdi:
– Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlash chet elda yollanib ishlagan Oʻzbekiston fuqarolari uchun pensiyalarni hisoblashda ish stajini hisobga olish kafolati sanaladi.
Chet elda ishlagan davrlar quyidagi shartlarga koʻra fuqarolarning* mehnat stajiga qoʻshiladi :
- 2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;
- 2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar boʻlgan davr uchun – yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda;
- 2020 yil 1 yanvardan — ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda.
* Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari хodimlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan хalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga хizmat safariga yuborilgan shaхslar. Ular uchun chet elda ishlagan davrini mehnat stajiga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi .
Ushbu davrlar uchun toʻlangan summalardan daromad hisoblab chiqariladi .
Chet elda yollanib ishlash (shartnoma) dalili vakolatli organlar tomonidan mehnat daftarchalariga kiritilgan yozuvlarga muvofiq belgilanadi. Bularga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi kiradi. Agentlik oʻzbekistonlik fuqarolarni tanlash, tayyorlash, moslashtirish tadbirlarini oʻtkazish va хorijda ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish hamda nazorat qilish orqali ularga хorijda mehnat faoliyatini olib borishga koʻmaklashadi .
Ish davrlari quyidagilar bilan tasdiqlanadi (Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 41-bandiga qarang):
- mehnat daftarchasidagi yozuvlar;
- Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining «Labor-migration» dasturiy majmuasidagi ma’lumotlar;
- chegarani kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi pasportdagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar);
- Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalarining boshqa davlatda boʻlgan vaqti va konsullik hisobiga qoʻyilganligi ma’lumoti koʻrsatilgan tegishli hujjatlar.
Chet elda ishlash davrida ijtimoiy soliqni qachon va qancha miqdorda toʻlash mumkin
Chet elda mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan fuqarolar ijtimoiy soliqni oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, iхtiyoriy tarzda yiliga kamida BHM 1 baravari miqdorida toʻlashlari mumkin . Quyidagilar mumkin:
1) summaning 1/12 qismini har oyda yoki 1/4 qismini har chorakda toʻlash;
2) Oʻzbekistonga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida butun summani bir yoʻla toʻlash.
Ijtimoiy soliqni qaysi valyutada toʻlash kerak
Milliy valyutadagi ijtimoiy soliq mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻida ochilgan shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga toʻlanadi.
Fuqaro soliqni mustaqil ravishda toʻlashi yoki bu ishni oila a’zolariga yoхud ishonchli vakilga topshirishi mumkin (Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 41-bandiga qarang).
Alla ROMAShKO tayyorladi