2023 yilning mart oyida qanday dam olamiz va ishlaymiz

preview

2023 yilning mart oyida bizni an’anaviy ravishda ikkita davlat bayrami – 8 Mart (Xotin-qizlar kuni) va 21 mart (Navroʻz) kutmoqda . Bundan tashqari, Oʻzbekiston aholisi dam olishlari hamda ichki turizm va ziyorat doirasida sayohat qilishgakoʻproq vaqt sarflashlari uchun mart oyi taqvimi qoʻshimcha dam olish kunlari va koʻchirilgan dam olish kunlarini oʻz ichiga oladi. 

Kadrovik.uz eslatadi:

2023 yil mart oyida quyidagi sanalar ishlanmaydigan kunlar boʻladi :

1)  yakshanba kunlari – 5, 12, 19, 26 mart;

2)  shanba kunlari – 4 va 18 mart (5 kunlik ish haftasi uchun);

3) bayram kunlari – 8 va 21 mart;

4) 5 kunlik ish haftasida shanba, 11 mart kunidan koʻchirilgan dam olish kuni va 6 kunlik ish haftasida qoʻshimcha dam olish kuni – 20 mart (dushanba);

5) 5 kunlik ish haftasida shanba, 25 mart  kunidan koʻchirilgan dam olish kuni va 6 kunlik ish haftasida qoʻshimcha dam olish kuni – 22 mart (chorshanba).

Shuningdek, bizda bitta qisqartirilgan ish kuni (kamida 1 soatga) boʻladi , bayram arafasi – 7 mart (seshanba).

 

Shunday qilib, mart oyida bizda:

5 kunlik ish haftasi rejimida ishlaydiganlarda – 21 ish kuni, ish vaqti normasi – 167 soat;

6 kunlik ish haftasi rejimida ishlaydiganlarda – 23 ish kuni, ish vaqti normasi:

40 soatlik ish haftasi uchun 152 soat;

36 soatlik ish haftasi uchun 137 soat.

 

Bayramlarni yaхshi oʻtkazing, hamkasblar! Dam olib, kuch va yaхshi kayfiyat toʻplaymiz, chunki oldinda bizni – aprel va yangi Mehnat kodeksi kutmoqda.

Agar siz yangi MK bilan batafsil tanishishga  ulgurmagan boʻlsangiz, sizni kadrovik.academy vebinarlarida kutamiz! Xususan, «Yangi MK: nazariyadan amaliyotga (Rec)» kursi barchasini toʻliq tushunishga yordam beradi. Oʻz dasturingizni va oʻrganish tezligini tanlang!

Valeriya LYaNDRES,

 «Norma» eksperti


Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text188541_2023_yilning_mart_oyida_qanday_dam_olamiz_va_ishlaymiz