Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Oʻrindoshlik asosidagi ish pensiyaga qanday ta’sir qiladi
Pensiyani hisoblashda ish staji va oʻrindoshlik asosidagi daromad hisobga olinish-olinmasligini kadrovik.uz iltimosiga koʻra byudjetdan tashqari Pyensiya jamgʻarmasi ijroiya boshqarmasi metodologiya boʻlimi boshligʻi Farruх Pardayev tushuntirdi:
– Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga quyidagilar kiritiladi :
- 2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta badallari hisoblangan ish haqi koʻrinishidagi barcha daromadlar;
- 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar.
Ushbu ish haqi asosiy ish joyi boʻyicha ham, oʻrindoshlik asosidagi ish joyi boʻyicha ham olinishi mumkin.
Oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha ish haqi va pensiya miqdori
Oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha olingan ish haqi pensiya miqdori oshishiga ta’sir qilishi mumkin, lekin har doim ham emas.
Pensiyani hisoblash uchun PHBMning 12 baravaridan koʻp boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi qabul qilinadi . Agar asosiy ish joyi boʻyicha ish haqidan hisoblangan oʻrtacha oylik daromad PHBMning 12 baravaridan kam boʻlsa, oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar pensiya miqdoriga ijobiy ta’sir qiladi.
Agar asosiy ish joyidagi ish haqidan hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqi PHBMning 12 baravaridan oshsa, oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar pensiya miqdoriga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi.
Ammo, agar oʻrtacha oylik ish haqi miqdori cheklovi oshsa, kelgusida bu ma’lumotlar qoʻl kelishi mumkin.
Oʻrindoshlik asosidagi ish va ish staji
Oʻrindoshlik asosidagi ish ish stajining oshishiga olib kelmaydi. Agar ish davrlari bir-biriga toʻgʻri kelsa, pensiyani hisoblab chiqarish uchun pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan arizachining хohishi boʻyicha ish stajiga faqat bitta davr kiritiladi .
Ammo agar siz asosiy ish joyi boʻyicha ish stajini tasdiqlay olmasangiz, lekin uni oʻrindoshlik asosidagi ish joyi boʻyicha tasdiqlashingiz mumkin boʻlsa, bu ma’lumotlar hisobga olinayotgan ish stajini oshirishga yordam beradi.