Pensiyaga chiquvchi yetishmayotgan ish stajini «sotib olishi» mumkinmi

preview

«Xodim nafaqaga chiqishi uchun ozgina staj yetishmayapti. Qandaydir summani kiritish, masalan, ijtimoiy soliq shaklida va shu tariqa talab qilinadigan stajni olish mumkinmi?».

Savolga kadrovik.uz iltimosiga koʻra «Norma» eksperti Zafarjon Xoʻjayev javob berdi:

 

– Stajni «sotib olish» mumkin emas. Uni  faqat mehnat yoki tadbirkorlik faoliyati davomida, ijtimoiy soliq toʻlash orqali qoʻlga kiritish mumkin.

Ish stajiga quyidagilar kiradi:

  • xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, ish haqi shaklida daromad hisoblanishi sharti bilan;
  • yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan – yuridik shaxs tashkil etmagan holda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida, ijtimoiy soliq toʻlanishi sharti bilan;
  • «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi qonunning 37-moddasida nazarda tutilgan boshqa davrlar.

Bunda 2021 yil 1 iyundan keyin Soliq kodeksida belgilangan tartibda pensiyani hisoblashda ishlamaydigan turmush oʻrtoqlari  (xotini yoki eri) uchun ijtimoiy soliq toʻlangan davr ish staji hisobida inobatga olinadi .

Ushbu holatda soliq ixtiyoriy asosda doimiy yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining shaxsiy gʻaznachilik hisobvaragʻiga toʻlanadi. Uning miqdorini har kim imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil tarzda belgilaydi.

Toʻlov hujjatida albatta quyidagilar koʻrsatilishi zarur:

1) ishsiz xotinining (yoki erining) toʻliq F.I.Sh va JShShIR;

2) toʻlov amalga oshirilayotgan davr.

Agar davr koʻrsatilmasa, toʻlov u amalga oshirilgan oyga kiritiladi.

Alla ROMAShKO tayyorladi


Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot: xodim tugʻruq ta’tiliga chiqqanda, nafaqaga chiqqanida yoki nogiron boʻlganida ish beruvchi ijtimoiy yordamni qanday tashkil qilishi mumkin xodimlarning ijtimoiy ta’minoti, oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, xodimlarni ish beruvchidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot. Oʻzbekistonda mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti haqida batafsil ma’lumot. Xodim tugʻruq ta’tilida nafaqaga chiqqan yoki nogiron boʻlganida ijtimoiy himoyani roʻyxatdan oʻtkazish shartlari. Siz xodimlarning ijtimoiy ta’minoti haqida koʻproq ma’lumot olishingiz mumkin boʻladi /oz/publish/doc/text189389_pensiyaga_chiquvchi_etishmaetgan_ish_stajini_sotib_olishi_mumkinmi