Xodim Oʻzbekiston fuqaroligini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bergan boʻlsa

preview

«Mutaxassisni ishga qabul qilmoqchimiz, u ikki davlat – Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega. U Oʻzbekiston fuqaroligini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berdi. Mehnat shartnomasida ushbu vaziyatni qanday nazarda tutish kerak? U bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzish mumkinmi?».

Savolga «Norma» eksperti, yurist Nurali Nurmuhamedov javob berdi:

 

– Eng avvalo shuni ta’kidlash kerakki, Oʻzbekiston qonunchiligida ikki davlat fuqaroligi nazarda tutilmagan, ya’ni Oʻzbekiston fuqarosi bir vaqtning oʻzida boshqa davlat fuqarosi boʻla olmaydi .

Agar xodim Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa va boshqa davlat fuqaroligini olsa, u sizda ishlay olishi uchun uning Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olishingiz kerak. Bu haqda batafsil quyidagi maqolada oʻqing:

Shundan kelib chiqib, siz ushbu xodim bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirish vaqtida mehnat shartnomasini bekor qilishingiz kerak boʻladi.

Ushbu shartni amaldagi mehnat shartnomasiga kiritish yoki muddatli mehnat shartnomasini tuzish shart emas, chunki mehnat shartnomasiga kiritiladigan oʻzgarishlardan qat’i nazar, uni bekor qilishga toʻgʻri keladi.

 

 

Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va ish yuritish boʻyicha umumiy savollar - kadrlar boʻlimi xodimlari uchun dolzarb masalalar kadrlar boʻlimi xodimlari uchun umumiy savollar, kadrlar boʻlimi xodimlari uchun savollar, kadrlar boʻyicha ofitserlar uchun ma’lumotlar, kadrlar boʻlimi xodimlari uchun yo’l-yo’riq, kadrlar boʻyicha mutaxassislarga maslahatlar, oʻzbekistonda kadrlar boʻlimi xodimlari uchun umumiy savollar Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va ish yuritish boʻyicha umumiy savollar. Siz kadrovik.uz saytida Oʻzbekistonda kadrlar ishini yuritish boʻyicha umumiy savollarga javob topasiz. kadrovik.uz saytida HR mutaxassislari uchun foydali maslahatlar /oz/publish/doc/text189706_hodim_uzbekiston_fuqaroligini_bekor_qilish_tugrisida_ariza_bergan_bulsa