Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Xodimning mehnat shartnomasi muddati tugamoqda. Qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirish orqali uning amal qilish muddatini uzaytira olamizmi yoki yangi shartnoma tuzishimiz kerakmi? Shartnoma muddatini necha marta uzaytirish mumkin?»
Muddatli mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish bilan bogʻliq dolzarb savollarga «Norma» eksperti, yurist Lenara Xikmatova javob berishdi:
Mehnat shartnomasi quyidagi muddatlarga tuzilishi mumkin:
– nomuayyan muddatga;
– uch yildan koʻp boʻlmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi)
.
Mehnat kodeksi quyidagi shartlarda mehnat shartnomasi muddatini uzaytirishga ruxsat beradi:
- xodim va ish beruvchi bu borada oʻzaro kelishuvga erishdilar.
Xodim ish beruvchidan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirishni talab qilishga haqli emas. Homilador xodimalar bundan mustasno. Ayolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagan taqdirda, ish beruvchi ayolning yozma arizasiga binoan va homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda, mehnat shartnomasining amal qilish muddatini homiladorlik tugaguniga qadar uzaytirishi shart. Unga homiladorlik va tugʻish ta’tili berilgan taqdirda esa bunday ta’tilning oxiriga qadar. Bunda xodima ish beruvchining soʻroviga binoan, lekin uch oyda koʻpi bilan bir marta homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishi shart. Agar bunda ayol homiladorlik tugaganidan keyin haqiqatda ishlashni davom ettirsa, ish beruvchi homiladorlikning tugaganligi faktini bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan kundan e’tiboran bir hafta ichida mehnat shartnomasini uning muddati tugaganligi sababli bekor qilishga haqli
.
Shuningdek, oʻz navbatida ish beruvchi xodimning mehnat shartnomasining amal qilish muddatini bir taraflama uzaytirish huquqiga ega emas. Masalan, agar xodim unga ishonib topshirilgan tovar-moddiy qimmatliklarni, qarzi yoʻqlik varaqasi va hokazolarni topshirmagan boʻlsa;
- agar qonunchilikda boshqasi nazarda tutilmagan boʻlsa, muddatli mehnat shartnomasining muddati jami besh yildan oshmaydi.
Agar muddatli mehnat shartnomasining umumiy muddati u uzaytirilishidan oldin va keyin besh yildan oshgan boʻlsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb topiladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
- muddatli mehnat shartnomasini tuzishga sabab boʻlgan holatlar yoʻqolmadi.
Masalan, ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun bir yilga mehnat shartnomasi tuzilgan. Ushbu muddat tugagandan keyin ish toʻliq yakunlanmadi va yanada samarali natija olinmaguncha ularni davom ettirishga qaror qilindi.
Shunday qilib, MK uzaytirishlar sonini cheklamaydi, ammo u uzaytirilganda mehnat shartnomasining umumiy muddatini cheklaydi.
Mehnat shartnomasini uzaytirish qanday rasmiylashtiriladi – qoʻshimcha kelishuv bilanmi yoki yangi mehnat shartnomasini tuzish orqalimi
Mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish mehnat shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtiriladi
.
Mehnat shartnomasiga oʻzgartirishlar ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq berish uchun asos – mehnat shartnomasiga kiritilgan oʻzgartishlardir.
Mehnat shartnomasiga oʻzgartirishlar yozma ravishda tuzilgan va mehnat shartnomasining ajralmas qismi boʻlgan qoʻshimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi. Qoʻshimcha kelishuv kamida ikki nusxada tuziladi. Ularning har biri xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. Qoʻshimcha kelishuvning barcha nusxalari mansabdor shaxsning imzosi bilan (agar mavjud boʻlsa) tasdiqlanadi. Qoʻshimcha kelishuvning bir nusxasi xodimga topshiriladi, qolganlari – ish beruvchida mehnat shartnomasi bilan birga saqlanadi. Xodim ish beruvchining nusxasida qoʻshimcha kelishuv nusxasini olganligini qoʻshimcha imzo bilan tasdiqlaydi.
Shunday qilib, mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish uchun – yangi mehnat shartnomasini tuzish emas, balki amal qilish muddatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida unga qoʻshimcha kelishuv tuzish kerak.
Buxgalter Prodagi «Muddatli mehnat shartnomasini qachon tuzish kerak va qancha muddatga» tavsiyasida siz muddatli mehnat shartnomasini tuzish va uzaytirish bilan bogʻliq boshqa oʻziga xos jihatlar haqida koʻproq bilib olishingiz mumkin, xususan:
- muddatli mehnat shartnomasini tuzishga qachon yoʻl qoʻyiladi, qachon esa buyuriladi;
- mehnat shartnomasi muddatini qanday toʻgʻri koʻrsatish kerak;
- mehnat shartnomasining jami muddati besh yilga yetganda nima qilish kerak.