2023 yil aprel oyida Ramazon hayitini nishonlash munosabati bilan necha kun dam olamiz

preview

2023 yilda Oʻzbekistonda Ramazon hayitining birinchi kuni 21 aprel, juma kuniga toʻgʻri keladi. Oʻzbekistonliklarni toʻrt kunlik uzluksiz dam olish kutmoqda. Bu Prezidentning «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi PF–270-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan nazarda tutilgan.

Batafsil – kadrovik.uz sharhida: 

 

Besh kunlik ish haftasi rejimida ishlaydigan хodimlar uchun dam olish kunlari:

  • 21 aprel (juma) – bayram kuni;
  • 22 aprel (shanba);
  • 23 aprel (yakshanba);
  • 24 aprel (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni (ilgari belgilanganidek ishlab berishsiz).

 

Olti kunlik ish haftasi rejimida ishlaydigan хodimlar uchun dam olish kunlari:

  • 21 aprel (juma) – bayram kuni;
  • 22 aprel (shanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;
  • 23 aprel (yakshanba);
  • 24 aprel (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni.

 

Barcha ish rejimlari uchun

2023 yil 20 aprel – kamida bir soatga qisqartirilgan bayram arafasidagi kun .

Tegishincha, barcha ish rejimlari uchun ish vaqti kalendari va aprel oyida, ikkinchi chorakda, yilning  birinchi yarmida va yil davomida ish vaqti normasi oʻzgaradi:

Aprel 2023

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Shanba

Yakshanba

 

 

 

 

 

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21*

22

23

24**

25

26

27

28

29

30

Besh kunlik ish haftasi uchun 2023 yil aprel oyida – 18 ish kuni, ish vaqti normasi – 143 soatni tashkil qiladi.

Olti kunlik ish haftasi uchun – 22 ish kuni, ish vaqti normasi:

  • haftada 40 soat ishlovchilar uchun – 145 soat;
  • haftada 36 soat ishlovchilar uchun – 131 soat.

 

25 apreldan boshlab (bayramlardan keyin) odatiy ish rejimiga oʻtamiz.

Ya’ni, 29 aprel (shanba):

  • besh kunlik ish haftasida – dam olish kuni;
  • olti kunlik ish haftasida – ish kuni.

 

Ta’tillarga qanday tuzatish kiritish kerak  

24 aprel – qoʻshimcha dam olish kuni, amaldagi Mehnat kodeksiga koʻra u ta’til kunlari hisob-kitobidan chiqarib tashlanadi.

Shuning uchun ushbu davrda ta’tilda boʻlgan хodimlarga ishga chiqish kuni buyruqda ilgari belgilangan sanadan boshlab bir kunga suriladi.

Ichki buyruq bilan buyruqlarga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek vaqtni hisobga olish jadvallariga oʻzgartirishlar kiritish kerak.

Eslatib oʻtamiz

2023 yil aprel oyida ta’til toʻlovi hisob-kitobiga quyidagilar kiritilmaydi:

  • yakshanba kalendar kunlari – 2, 9, 16, 23, 30 aprel;
  • ramazon hayiti bayrami – 21 aprel.

Valeriya LYaNDRES,

«Norma» eksperti


Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text189730_2023_yil_aprel_oyida_ramazon_hayitini_nishonlash_munosabati_bilan_necha_kun_dam_olamiz