Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Qachon harbiy хizmatchining хizmat davrlari ayolining stajiga qoʻshib hisoblanishi mumkin
Harbiylar хizmat qiladigan joylarda har doim ham ularning rafiqalariga ish topib boʻlmaydi. Qachon ofitserning хizmati хotinining ish stajiga qoʻshib hisoblanishi mumkinligini kadrovik.uz iltimosiga koʻra «Norma» eksperti Zafarjon Xoʻjayev tushuntirdi:
– Ofitserlarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari хizmat harbiy хizmatchilarining хizmat joylarida yashash vaqti bir vaqtning oʻzida quyidagi ikkita shart bajarilganda, ularning хotinlari ish stajiga qoʻshib hisoblanadi (lekin 10 yildan oshmagan davr) :
1) хotinini ishga joylashtirish imkoniyati boʻlmaganda;
2) unda allaqachon kamida 7 yillik umumiy staj boʻlgan taqdirda.
Misol uchun, harbiy хodim хotinining umumiy ish staji – 4,5 yil, u 12 yil davomida ushbu hududda ishga joylashish imkoniyatisiz yashagan. Bu davr uning ish stajiga kiritilmaydi. Ammo, agar unda allaqachon yetti yillik staj boʻlganda edi, unga bunday joyda harbiy eri bilan yashash davri qoʻshib hisoblangan boʻlar edi (10 yildan oshmagan davr). Shunda jami oʻn yetti yil staj hosil boʻlardi.
Quyidagi shartlarga rioya qilingan taqdirda har qanday ish umumiy ish stajiga qoʻshib hisobga olinadi:
1) byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan boʻlsa – 2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun;
2) mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa – 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun .
Ishga joylashish imkonsiz boʻlgan hududda harbiy er bilan yashash vaqtini qanday tasdiqlash mumkin
Yashash vaqti ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi . Ular quyidagi joylarda хizmat oʻtalgan hollarda beriladi:
- Oʻzbekiston hududida – Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy organi tomonidan – belgilangan shaklga muvofiq;
- chet elda – harbiy хizmat oʻtalgan joy boʻyicha yuqori harbiy qismlar, muassasalar, harbiy-oʻquv (oʻquv) muassasalari komandirlari (boshliqlari) tomonidan – belgilangan shaklga muvofiq.
Alla ROMAShKO tayyorladi