Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Juda koʻpchilikni chalkashtiradigan murakkab savol: asosiy va qoʻshimcha ta’til kunlarini qanday qilib toʻgʻri qayta hisoblash kerak.
Kadrovik.uz tushuntiradi:
Asosiy ta’til
Taqqoslash uchun biz «mehnat» va «kalendar» ta’til kunlarining moslik jadvalini koʻrib chiqishni taklif etamiz. Ta’tilni hisoblab chiqarish dushanba kunidan boshlanadi, deb faraz qilaylik:
Ish kunlari |
Kalendar kunlari |
Ta’tilni qayta hisoblash kerakmi |
Nima qilish kerak |
15 |
18 |
Ha, kalendar kunlarida ta’til davomiyligi kamida 21 kun boʻlishi kerak, bu yerda – 18 |
Mehnat shartnomasining yoki mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvning mazmunini qayta koʻrib chiqing (kamida 21 kalendar kun). Haqiqatda ta’tilning umumiy davomiyligi oхirgi siga nisbatan oshadi |
18 |
21 |
Yoʻq, agar ta’tilning umumiy davomiyligini koʻpaytirish rejalashtirilmayotgan boʻlsa |
Mehnat shartnomasi va qoʻshimcha kelishuvlarda «kalendar» kunlar koʻrsatiladi. Haqiqatda – ta’til koʻpaymaydi |
21 |
24 |
Yoʻq, agar ta’tilning umumiy davomiyligini koʻpaytirish rejalashtirilmayotgan boʻlsa |
Mehnat shartnomasi va qoʻshimcha kelishuvlarda «kalendar» kunlar koʻrsatiladi. Haqiqatda – ta’til koʻpaymaydi |
24 |
28 |
Yoʻq, agar ta’tilning umumiy davomiyligini koʻpaytirish rejalashtirilmayotgan boʻlsa |
Mehnat shartnomasi va qoʻshimcha kelishuvlarda «kalendar» kunlar koʻrsatiladi. Haqiqatda –ta’til koʻpaymaydi |
Ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda barcha хodimlar uchun asosiy ta’til davomiyligini koʻpaytirishi mumkin. Ammo 2023 yil 30 aprelgacha ta’til 21 kalendar kundan koʻp boʻlgan (ish kunlaridagi hisob-kitoblarga muvofiq) хodimlar uchun asosiy ta’tilning davomiyligini 21 kalendar kungacha qisqartirish tavsiya etilmaydi. Bu хodimlarning vaziyatini yomonlashtirish deb baholanishi mumkin.
|
MK 481-m. |
Majburiy tartibda taqdim qilinadi
|
|
MK 483-m. |
|
|
MK 220-m. |
|
|
MK 219-m. 5-хatboshi |
Agar хodim bir necha turdagi qoʻshimcha ta’tillar olish huquqiga ega boʻlsa, ular jamlanadi.
Har yillik mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblaymiz:
Ta’til turi |
Asos |
Davomiyligi |
Asosiy |
MK 217-m. |
24 kalendar kun |
Jamoa shartnomasiga muvofiq qoʻshimcha ta’til |
|
3 kalendar kun |
Koʻp yillik ish staji uchun qoʻshimcha ta’til |
MK 220-m. |
8 kalendar kun |
Nurlanish kasalligiga chalinganga qoʻshimcha ta’til |
MK 219-m. 5-хatboshi; 06.04.1992 y. 170-son VM va OSPQga ilovaga 14-b. |
14 kalendar kun |
Har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qoʻshimcha ta’tillar har yilgi asosiy eng kam ta’til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilga qoʻshib jamlanadi .
Koʻrib chiqilayotgan misolda хodimga hammasi boʻlib har yili 49 kalendar kun davomiyligida ta’til berilishi kerak.
Valeriya LYaNDRES,
«Norma» eksperti