Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Agar yil davomida qoʻshimcha ta’til kunlarining soni oʻzgarsa, ish staji uchun ularni qanday toʻgʻri hisob-kitob qilish, bunda qanday omillarni hisobga olish kerakligini ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:
– Bunday qoʻshimcha ta’tillarni taqdim etishni boshlashdan avval MKning 220-moddasi talablarini yaxshilab oʻrganib chiqing.
Hisob-kitoblarda xatolikka yoʻl qoʻymaslik uchun ish beruvchilarga har yili korxonaning ichki hujjati (buyruq) bilan joriy ish yili uchun har bir xodim uchun qoʻshimcha ta’til kunlari sonini belgilashni tavsiya qilamiz:
|
Qoʻshimcha ta’til kunlarining soni |
Bitta tashkilotda, tarmoqda ishlash davri * * Ish beruvchining taklifi bilan qabul qilinganda boshqa ish beruvchidagi staj ham hisobga olinadi |
|
2 |
5–10 yil |
|
4 |
10–15 yil |
|
6 |
15–20 yil |
|
8 |
20 yil va undan ortiq |
Nima uchun xodimda mehnat faoliyatining boshlanish sanasi ish yilining boshlanish sanasi bilan mos kelmasligi mumkin
Masalan, xodimda uzluksiz staj 2023 yil 1 iyuldan boshlab hisoblanadi, ta’til esa 1 iyuldan emas, balki 2023 yil 1 yanvardan 2023 yil 31 dekabrgacha boʻlgan ish yili uchun beriladi... Agar ish davri turli sabablarga koʻra toʻxtatilgan boʻlsa (bola parvarishlash ta’tili, muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish va oʻsha korxonaning oʻzida yangi mehnat shartnomasini tuzish munosabati bilan bitta tarmoqdagi tashkilotda koʻp yillik umumiy staj va b.), bu sodir boʻlishi mumkin.
MKning 220-moddasiga koʻra qoʻshimcha ta’tillar uzluksiz ish staji uchun emas, balki koʻp yillik ish staji uchun beriladi. Va bu holda ishdagi tanaffus ahamiyatga ega emas. Asosiysi – bitta tashkilotda, bitta tarmoqda koʻp yil ishlash.
Shuningdek, agar xodim ish beruvchining taklifi boʻyicha ishga olingan boʻlsa, koʻp yillik ish staji hisob-kitobiga boshqa ish beruvchidagi staj ham kiritiladi.
Mehnat kodeksining 220-moddasi talablari quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
- qonunchilikda ish staji uchun har yilgi uzoqroq qoʻshimcha mehnat ta’tillari berilishi nazarda tutilgan ayrim toifadagi xodimlarga
; - ish beruvchi boʻlgan mikrofirmalarning xodimlariga ushbu mikrofirmadagi ish staji uchun qoʻshimcha mehnat ta’tili berilishi mumkin. Bundan ta’tilning davomiyligi va uni berish tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilanadi
.
Qoʻshimcha kunlar soni u taqdim etilgan davrga (ish yiliga) va ushbu davrdagi ish stajiga bogʻliq.
1) Agar ish yili korxonada mehnat faoliyati boshlangan sanaga toʻgʻri kelsa.
Qoʻshimcha ta’tillarni berishda qiyinchiliklar yuzaga kelmasligi kerak, chunki ular qoʻshimcha ta’tillarning ham davomiyligi oʻzgarib turadigan ish yili uchun taqdim etiladi.
Masalan, xodimga 2023 yil 10 iyundan 2024 yil 31 maygacha boʻlgan ish yili uchun 2023 yil 10 iyundan mehnat ta’tili beriladi. Xodimning korxonadagi staji – 20 yil. Mehnat faoliyatining boshlanishi – 2013 yil 1 iyundan.
2023 yil 10 maydan boshlab ta’til berar ekansiz, ta’til beriladigan ish davrini hisobga olgan holda, xodimga 20 yillik ish uchun sakkiz kalendar kun miqdorida ta’tilga qoʻshimcha kunlar berilishi kerak.
2) Agar ish yili ish stajini sanash boshlangan joyga toʻgʻri kelmasa va qoʻshimcha ta’til kunlarining har xil soniga huquq beradigan ikki davr oraligʻini qamrab olsa.
Afsuski, yangi MKda xodim ish yilining boshidan emas, balki uning davomida koʻproq miqdorda qoʻshimcha ta’til olish huquqi paydo boʻladigan ish yillarida qoʻshimcha ta’til kunlarini hisoblash koʻzda tutilmagan va belgilanmagan.
Ish sharoitlarini yomonlashtirmaslik uchun tashkilotda ushbu tartibni korxonaning ichki hujjati yoki jamoa shartnomasi bilan belgilash oʻrinli boʻladi deb oʻylaymiz.
Xodimning foydasiga qoʻshimcha ta’til kunlari sonini aniqlash mumkin va ish stajining oʻzgarishi yilida kalendar sanadan qat’i nazar, qoʻshimcha kunlarni taqdim etish mumkin.
Shuningdek, hisoblash tartibini ikkita «yarim davrlar» bilan belgilash va staj oʻzgarganda ish davrida qoʻshimcha kunlarni taqdim etish uchun kunlarni jamlash mumkin.
Aytaylik, xodimning ish yili – bu 2023 yil 1 yanvardan 2023 yil 31 dekabrgacha boʻlgan davr. 2023 yil 20 iyunda korxonada ish staji 15 yilni tashkil qiladi. Bu xodimga qoʻshimcha olti kunlik ta’til olish huquqini beradi. 19 iyungacha – faqat qoʻshimcha toʻrt kunlik ta’til uchun.
Davrlarning alohida qismlarini hisoblaymiz (qoʻshimcha ta’til kunlari sonini koʻpaytirish huquqi sanasiga qadar va yangi ta’til miqdoriga boʻlgan huquq kuchga kiradigan sanadan boshlab):
1) 1 yanvardan 19 iyungacha bir yilda toʻrt kun hisobidan olti oy uchun qoʻshimcha kunlarni taqdim qilamiz. Xodim birinchi yarim yil uchun jami ikki kunlik qoʻshimcha ta’til olishga haqli;
2) 20 iyundan 31 dekabrgacha yillik olti kun hisobidan olti oy uchun qoʻshimcha kunlarni taqdim qilamiz. Tegishincha, yilning ikkinchi yarmi uchun xodim uch kunlik qoʻshimcha ta’til olish huquqiga ega.
Joriy ish yili uchun hammasi boʻlib 2023 yil 1 yanvardan 2023 yil 31 dekabrgacha xodimga koʻp yillik ish staji uchun haq toʻlanadigan qoʻshimcha besh kun berilishi kerak.
– Korxonada ish staji 15 yilni tashkil qilgan xodim 01.01.2023 – 31.12.2023 yillardagi ish yili uchun bu yilgi ta’tildan foydalangan (davr yangi MK ta’sirini qisman qamrab oladi). 30 apreldan keyin unga qoʻshimcha ta’til kunlarini alohida berish yoki ular uchun pulli kompensatsiya toʻlash mumkinmi?
– Qoʻshimcha kunlarni alohida, eng kam davomiylikdan ortiq ta’tilning bir qismi sifatida yoki xodimning iltimosiga koʻra ular uchun unga pulli kompensatsiya toʻlab berilishi mumkin deb hisoblaymiz.