Vaxta usulida kechki soatlardagi ish uchun qanday haq toʻlanadi

preview

«Bizda vaxta usulida ishlanadi. Kechki soatlarda – 22:00 gacha xodimlarning mehnatiga qanday haq toʻlanishi kerak? Bu borada biron-bir qoidalar bormi?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

 – Vaxta usulidagi ishlarda mehnat munosabatlarining oʻziga xos xususiyatlarini quyidagilar tartibga soladi:

  • Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli toʻgʻrisidagi Nizom, xususan, - Nizomning 4-bobi;
  • MK 465-m. va 472-m.;
  • MK 469-m., 181–190-m.m. Shuningdek, Vaxta usuli toʻgʻrisidagi nizomga ekspert tavsiyalari ham mavjud.

Ishlarni vaxta usulida tashkil qilishda bir oy, bir chorak yoki boshqa uzoq muddatli, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan davr uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinadi .

Hisobga olinadigan davr mobaynida xodim ishlab beradigan soatlarning normal yigʻindisi besh kunlik ish haftasi va 8 soatlik ish smenasi hamda bayram arafasidagi 7 soatlik ish smenasidan (40 soatlik ish haftasi uchun) kelib chiqqan holda belgilanadi .

Mehnat sharoiti oʻta zararli ishlarda ish vaqtining me’yori belgilangan qisqartirilgan ish vaqtidan kelib chiqib hisoblanadi.

Masalan, kasblar va lavozimlar boʻyicha mehnat sharoitlari oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish kunining eng koʻp davomiyligi 11.03.1997 y. 133-sonli VMQga 8-son ilova bilan tasdiqlangan.

 

«Kechki soatlar»

Mehnat qonunchiligi, shu jumladan yangi Mehnat kodeksida ish vaqti rejimining alohida turi – «kechqurun» nazarda tutilmagan, tegishincha, kechki vaqtdagi ish uchun maxsus haq toʻlash ham nazarda tutilmagan.

Faqat tungi vaqtdagi ish davomiyligi – 22:00 dan 06:00 gacha  va haq toʻlash tartibi belgilangan .

Tashkilotda mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun kechki vaqtdagi (ish davomiyligi va haq toʻlash tartibini qoʻshgan holda) ishlarga jalb qilish  tartibi alohida – mahalliy hujjatlar yoki jamoa shartnomasi bilan nazarda tutilishi mumkin.

Valeriya LYaNDRES,

«Norma» eksperti


Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text190257_vahta_usulida_kechki_soatlardagi_ish_uchun_qanday_haq_tulanadi1