Xodim xizmat safarida kasal boʻlib qolsa

preview

«Viloyatga xizmat safari vaqtida  xodim kasal boʻlib qoldi. Unga kasallik varaqasini  kim berishi kerak? Bunday vaziyatda ish beruvchi qanday toʻlovlarni amalga oshirishi lozim?»

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

Mehnat kodeksi ish beruvchining qonunchilikda belgilangan tartibda xodimlarga oʻrtacha ish haqi miqdorida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlash majburiyatini nazarda tutadi .

Agar vaqtincha mehnatga layoqatsizlik xizmat safari davomida roʻy bersa, - mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik haqidagi ma’lumotnoma bemor boʻlib turgan joydagi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan beriladi. Shuning uchun xodim oʻzi haqiqatda boʻlib turgan joyi boʻyicha  DPMga tibbiy koʻmak va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilishi kerak.

Bemorning ahvoli yaxshilangach, davolanganligi toʻgʻrisida ambulator kartasidan koʻchirma berilgan holda doimiy yashash joyiga yuboriladi .

 

Ish beruvchi qanday toʻlovlarni amalga oshirishi kerak

Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi Nizomning 21-bandiga muvofiq:

1) xodimga umumiy asoslarda turar joy xonasi ijarasi boʻyicha xarajatlarni qoplab bering (u statsionar davolanishda boʻlgan hollar bundan mustasno);

2) unga sogʻligʻi holatiga koʻra zimmasiga yuklatilgan xizmat topshirigʻini bajarish imkoniyatiga ega boʻlmagan barcha davr mobaynida yoki oʻzining doimiy yashash joyiga qaytgunicha (lekin ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga) kundalik xarajatlarni toʻlab bering.

Shuningdek, xizmat safariga yuborilgan xodimning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uchun umumiy asoslarda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlanadi.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik kunlari xizmat safari muddatiga kiritilmaydi.

E’tibor bering

Bizda yangi foydali maqolalar haqida xabar beradigan TG-kanal bor!

Ularni oʻtkazib yubormaslik uchun obuna boʻlishni unutmang!

Valeriya LYaNDRES,

«Norma» eksperti


Oʻzbekistonda xizmat safarlari – xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish, Oʻzbekistonda xizmat safari turlari, xizmat safarini tashkil yetish boʻyicha batafsil ma’lumotlar xizmat safari, xizmat safari, xizmat safari haqida ma’lumot, oʻzbekistonda xizmat safari, oʻzbekistonda xizmat safari Oʻzbekistonda xizmat safarlari. Bu yerda siz Oʻzbekiston boʻylab xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Ish safarini qanday tashkil qilish kerak. Ish safari paytida ish uchun toʻlov haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text190583_hodim_hizmat_safarida_kasal_bulib_qolsa1