Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
YaMMT direksiyasi elektron mehnat daftarchangiz ma’lumotlarini qanday tekshirish mumkinligini eslatadi:
my.mehnat.uz va my.gov.uz saytida nimalarni bilish mumkin?
Ikkala platformada ham OneID orqali tizimga kirasiz.
Jismoniy shaxsning my.mehnat.uz saytidagi kabinetida mehnat daftarchasidan koʻchirmadan tashqari ma’lumotnoma «ob’yektivka»ni yuklab olish mumkin.
My.gov.uz portalida ish joyi haqidagi ma’lumotni «Mening profilim – karyera» boʻlimida yuklab olish mumkin.
Shuningdek, «Hisoblangan ish haqi toʻgʻrisida ma’lumot» xizmati tanlangan davr uchun tegishli ma’lumotnomani olishga yordam beradi.
My.gov.uz saytining boshqa foydali xizmatlari qatorida quyidagilar bor:
- ShJBPDda jamgʻarmalar holati haqida ma’lumot olish;
- Nafaqa tayinlash uchun ariza berish;
- «Ijtimoiy himoyaning yagona reyestri»ga kiritish uchun ariza yuborish;
- Davlat pensiyasini tayinlash uchun ariza berish.
Agar siz ish izlayotgan boʻlsangiz, ishga joylashish uchun arizani vacancy.argos.uz va ish.mehnat.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin Ushbu saytlar my.mehnat.uz.saytining ma’lumotlari asosida fuqarolarning rezyumelarini shakllantiradi.
Saida JANIZAKOVA tayyorladi