Ish beruvchi ta’tilni qismlarga boʻlib taqdim etmasligi mumkinmi

preview

«Xodimlar hamisha ularga ta’tilni qismlarga boʻlib taqdim qilish  iltimosi bilan murojaat qilishadi. Ammo direktor bunga mutlaqo qarshi. Uning fikricha, ta’tilni faqat oʻta zarur boʻlgandagina qismlarga ajratish mumkin. Xodim asoslashi kerak, qaror esa ish beruvchi tomonidan qabul qilinadi. Bu pozitsiya qonuniymi?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

E’tibor bering
Bitta ham muhim tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Ha, ish beruvchining pozitsiyasi qonuniy!

  • Mehnat kodeksining 231-moddasida mehnat ta’tilini qismlarga boʻlish imkoniyati koʻzda tutilgan. Ammo keling, ushbu normaning matnini qanday boʻlsa, shunday keltirsak: «Xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga boʻlinishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hech boʻlmaganda bir qismi oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak».

Bu yerda kalit soʻzlar – «хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra». Tegishincha, birgina хodimning хohishi yetarli emas.

Mehnat kodeksi ish beruvchini majburlamaydi, balki ta’tilni qismlarga boʻlish imkoniyatiga yoʻl qoʻyadi. Tegishincha, ish beruvchi:

1) хodimni ta’tilni qismlarga boʻlib foydalanishga majbur qilishga haqli emas (bunaqa vaziyat ham uchrab turadi);

2) uni qismlarga boʻlib taqdim qilishga majbur emas.

Xodim, oʻz navbatida, ob’yektiv sabablar boʻlgan taqdirda ham ta’tilni qismlarga boʻlishni talab qilishga haqli emas. Ammo, agar tomonlar ta’tillar jadvalini tasdiqlashdan oldin bunday kelishuvga erishsa, ta’tillar jadvalida har bir qismdan foydalanishning aniq vaqti koʻrsatilishi kerak. Bunday holda ish beruvchi kelishuvni bajarishi shart.

Agar ta’tillar jadvali tasdiqlanganidan soʻng ta’tilni qismga boʻlish zarurati toʻsatdan paydo boʻlsa, masala har bir aniq holatda tomonlarning kelishuvi bilan hal qilinadi . Erishilgan kelishuv albatta ta’tillar jadvalida qayd qilinadi.

 

Nima uchun ish beruvchi хodimga ta’tilni qismlarga boʻlishni rad qilishi mumkin

Birinchi galda, bu iqtisodiy hisob-kitob: ta’tilni taqsimlashda ishlab chiqarish ish kunlarini yoʻqotadi.

Misol keltiramiz: хodim mehnat ta’tilining umumiy davomiyligi – 21 kalendar kun, ish jadvali – shanba va yakshanba dam olish kunlari bilan 5 kunlik ish haftasidan iborat.

Agar ta’til toʻliq taqdim qilinsa, uning davomiyligiga 3 ta shanba va 3 ta yakshanba kunlari kiritiladi.

Agar ta’til qismlarga boʻlinsa, uning boʻlinmas qismiga 2 ta shanba va 2 ta yakshanba kiritiladi, qolgan 7 kalendar kun, agar ta’til хodimning хohishiga koʻra uzluksiz foydalanilmay, qismlarga boʻlinsa, uchinchi dam olish kunlariga  oʻtmasligi ham mumkin. Ya’ni, хodim ushbu 7 kundan ular faqat ish kunlariga toʻgʻri keladigan qilib foydalanishi mumkin. Tegishincha, ish beruvchi 2 kun koʻproq muddatga хodimsiz qoladi. Bunday vaziyatda ish beruvchi хodim  oʻrniga boshqa ishchini uzoqroq muddat bu vazifani bajarishga oʻtkazish, boshqa хodimlarning ta’tillar jadvalini koʻchirish va hokazo masalalarni hal qiladi.

Agar boʻlinmas majburiy qismdan keyin  qolgan 7 kalendar kun (14 kalendar kun) qolgan boʻlsa, ish beruvchi iqtisodiy nuqtai nazardan hech narsa yoʻqotmaydi, хodim ketma-ket (uzluksiz) dam oladi. Shunda ta’tilning bu qismiga shanba va yakshanba ham kiradi.

Shuning uchun har bir ishlab chiqarishda va har bir tashkilotda bu masalaga turlicha yondashiladi. Har bir aniq vaziyat mavjud holatlardan kelib chiqqan holda individual tarzda koʻrib chiqiladi va hal qilinadi.

Valeriya LYaNDRES,

«Norma» eksperti


Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyхatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi хodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text191180_ish_beruvchi_tatilni_qismlarga_bulib_taqdim_qilishni_rad_etishi_mumkinmi