Ish jadvalining vaqtincha oʻzgarishi qanday rasmiylashtiriladi

preview

«Xodim smenali ishda ishlaydi – kunduzgi, tungi, «uxlash», dam olish kuni. Boshqa xodimning ta’tilga ketishi tufayli ish jadvalini vaqtincha oʻzgartirish, ya’ni xodimni kunduzgi smenaga oʻtkazish zarurati yuzaga keldi. Xodim bunga qarshi emas. Buni qaysi hujjat bilan rasmiylashtirgan yaxshi?».

Savolga «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:

E’tibor bering
Muhim tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Agar ishga jalb qilinayotgan xodim rozi boʻlsa, siz uni «ta’tildagi xodim»ning majburiyatlarini vaqtincha bajarishga jalb qilishingiz  mumkin. Bunda 3 ta majburiy shart bajarilishi kerak:

1. Xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi .

2. Smenalar orasidagi har kungi dam olishning eng kam davomiyligi (bitta smena oxiridan to keyingi smena boshlanishiga qadar) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti bilan birga kamida oʻn ikki soatni tashkil etishi kerak .

3. Ish beruvchi xodimning ishdan tashqari ish vaqtining davomiyligini («ishdan tashqari ish» esa bunday vaziyatda albatta paydo boʻladi) aniq hisobga olishni ta’minlashi va MK 262-moddasida belgilangan tartibda qoʻshimcha ish soatlarini toʻlashi shart. Ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida toʻrt soatdan (mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda – bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz yigirma soatdan oshmasligi kerak .

Agar ushbu shartlarning barchasini bajarish mumkin boʻlsa, xodimning yozma roziligi bilan uning ish jadvalini vaqtincha oʻzgartirish toʻgʻrisida buyruq chiqaring.

 

Layfxak: siz bitta «muddatli» xodim bilan barcha «ta’tildagi xodimlaringizni» almashtirishingiz mumkin

Ta’til paytida xodimlarni almashtirishning yana bir varianti bor. Siz ularning oʻrniga  xodimlarni muddatli mehnat shartnomalari boʻyicha ishga qabul qilishingiz mumkin . Agar xodimlarning ta’tillari malakali rejalashtirilsa (birin-ketin), «vaqtinchalik» xodimni nisbatan uzoq muddatga ishga qabul qilishingiz mumkin – kamida 3-4 ta ketma-ketlikdagi ta’tillar.

 

 

Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyxatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi xodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text191290_ish_jadvalining_vaqtincha_uzgarishi_qanday_rasmiylashtiriladi