Ish haqi saqlanmaydigan ta’til mehnat stajiga qanday ta’sir qiladi

preview

«Xodim 5 avgust kuni ishga qabul qilindi. U ish yili davomida bir necha marotaba ish haqi saqlanmaydigan ta’tilga chiqdi. Bunday ta’tilning jami davomiyligi 25 kunni tashkil qildi. Xodimga navbatdagi mehnat ta’tilini taqdim qilish maqsadida ushbu davr davomidagi ish stajini qanday hisobga olish kerak? Ish yili ish haqi saqlanmaydigan ta’tilda boʻlish kunlari soniga uzaytiriladimi?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

E’tibor bering
Muhim tushuntirishlardan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Mehnat ta’tilini taqdim qilish maqsadida ish staji umumbelgilangan tartibda hisobga olinadi : ish haqi saqlanmaydigan 2 haftalik ta’til ish stajiga kiritiladi, qolgan vaqt esa kiritilmaydi.

Bunda jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomasi, ichki hujjatlar, mehnat shartnomasining shartlarida har yilgi asosiy mehnat ta’tili olish huquqini beruvchi, davomiyligi 2 hafta va undan ortiq boʻlgan ta’til vaqtini mehnat ta’tiliga kiritish nazarda tutilishi mumkin . Shuning uchun har ehtimolga qarshi tashkilotingiz хodimlariga bunday kafolat oʻrnatilganmi-yoʻqmi tekshirib koʻring. Agar u oʻrnatilmagan boʻlsa, u holda umumiy tartibda harakat qiling va mehnat ta’tili olishga huquq beradigan, 2 haftadan oshadigan ish haqi saqlanmaydigan ta’til kunlarini ish stajidan chegirib tashlang.

Ish yili hisobining boshlangʻich qiymati har yilgi mehnat ta’tilini olishga huquq beruvchi ish stajiga kiritilmagan ish haqi saqlanmaydigan ta’til kunlari soniga koʻchiriladi.

Agar siz хodimga 2 haftadan koʻproqqa ish haqi saqlanmaydigan ta’til rasmiylashtirayotgan boʻlsangiz, u holda har yilgi mehnat ta’tili olishga huquq beruvchi uning stajidan 14 kundan oshadigan kunlar sonini chegirib tashlashingiz kerak. Koʻrib chiqilayotgan holatda: 25 – 14 = 11 kun.

Agar хodimning ish davri 5 avgustdan boshlangan boʻlsa, endi u 11 kunga suriladi va 16 avgustdan boshlanadi.

Valeriya LYaNDRES yangiladi


Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyхatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi хodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text191477_ish_haqi_saqlanmaydigan_tatil_mehnat_stajiga_qanday_tasir_qiladi