May oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Mehnat ta’tilini boʻlishda qanday qilib ta’tilning bir qismini pulli kompensatsiya bilan almashtirish kerak
Ta’tilni boʻlishda haqiqatan ham uning bir qismini pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Ammo buni har doim ham amalga oshirib boʻlmaydi, negaki MK bu masalada ma’lum talablarni oʻrnatgan. Bu talablarning nimadan iboratligini maqolamizdan bilib olasiz.
Xodimga toʻliq dam olish va ishchanlik qobiliyatini tiklash uchun doimiy ravishda har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish tavsiya etiladi. Lekin u yoki bu sabablarga koʻra bu har doim ham amalga oshmaydi. Shuning uchun MK хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mehnat ta’tilini qismlarga boʻlish imkoniyatini taqdim etdi.
Ta’tilni boʻlishning zaruriy sharti shundaki, uning qismlaridan biri hech boʻlmaganda oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak
. Bu ta’tilning ajralmas qismi. U bir vaqtning oʻzida va majburiy ravishda ta’til taqdim qilinadigan ish yilida (bundan keyin joriy ish yili deb ataladi) foydalanilishi kerak.
Qolgan ta’til kunlaridan хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan quyidagilarda foydalanish mumkin:
joriy ish yili davomida;
keyingi ish yiliga oʻtkazish – MKning 230-moddasi qoidalariga muvofiq;
pulli kompensatsiya bilan almashtirish.
Ta’tilning bir qismini pulli kompensatsiya bilan almashtirishda MKning 234-moddasi qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.
Birinchidan, butun mehnat ta’tilini pul bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Xodimlarga ish davrida faqat har yilgi mehnat ta’tili uchun ta’tilning eng kam davomiyligidan oshiqcha qismiga pulli kompensatsiya toʻlanishi mumkin. Har yilgi mehnat
ta’tilining eng kam davomiyligi Mehnat kodeksining 217-moddasida belgilangan va 21 kalendar kundan iborat. Xodim ulardan aslida foydalanishi kerak, bundan ortiq boʻlgan barchasini pulga almashtirish mumkin.
Ikkinchidan, ta’tillarning quyidagi turlari faqat naturada foydalaniladi va ish davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
- voyaga yetmagan хodimlarga va I va II guruh nogironligi boʻlgan хodimlarga beriladigan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til
; - noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun qoʻshimcha ta’til
; - noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun qoʻshimcha ta’til
.
Ta’tilni qismlarga boʻlishning barcha oʻziga хos jihatlari toʻgʻrisida amaliy misollar va vaziyatlar bilan quyidagi tavsiyada tanishishingiz mumkin:
Lenara XIKMATOVA
yurist, «Norma» eksperti