Xususiy kompaniya qarindoshlarning birgalikda ishlashini taqiqlay oladimi

preview

Xususiy kompaniya ichki mehnat tartibi qoidalariga yaqin qarindoshlarning bitta tarkibiy boʻlinmada ishlashiga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida band kiritmoqchi.

Tashkilotda bunday qoidani oʻrnatish qonuniymi? «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA tushuntiradi.

 

Ekspertlarning hech bir tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Qarindoshlarning aynan bitta xususiy kompaniyada ishlashining taqiqlanishi noqonuniydir. Mehnat kodeksi yaqin qarindoshlarning faqat davlat tashkilotlarida birgalikda ishlashini taqiqlaydi.

 

Davlat tashkilotlarida

Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq, oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslarning aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻlishiga bogʻliq boʻlsa taqiqlanadi. Gap quyidagilar haqida bormoqda:

  • ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar,  er-xotin;
  • er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari.

Ushbu roʻyxat toʻliq va kengaytirilishi mumkin emas.

E’tibor bering

Hatto davlat tashkilotlari uchun ham taqiq nafaqat bitta korxonada ishlash, balki birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻlishiga bogʻliq boʻlgan hollarga ham tegishli.

Boʻysunish yoki nazorat ostida boʻlish tashkilotning shtat tuzilishi, boʻlimlar, boʻlinmalar toʻgʻrisidagi mahalliy hujjatlar va lavozim yoʻriqnomalari boʻyicha belgilanishi mumkin.

 

Misol uchun, davlat tashkilotida ota muhandis, oʻgʻil esa yuridik boʻlim boshligʻi boʻlib ishlaydi. Bunday holda Mehnat kodeksining 121-moddasi normalari buzilmagan, chunki qarindoshlar toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunmaydi va biri ikkinchisining nazorati ostida boʻlmaydi.

Mehnat kodeksining 121-moddasi qoidasidan istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin. Hozirgi kunda 11.03.1997 yildagi 133-son VMQga 3-son ilova tomonidan belgilangan roʻyxat amal qiladi. Davlat (davlat aksionerlik) korxonalarining qarindosh-urugʻlarning birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin boʻlgan xodimlari orasida quyidagilar bor:

  • aloqadan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari;
  • ilmiy muassasa xodimlari;
  • davolash-profilaktika muassasalarining shifokorlari;
  • barcha oʻquv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, oʻqituvchilar. Xodimlarning toʻliq roʻyxatini  3-son ilovadan qarang.

Ushbu masalani tartibga soluvchi yangi normativ-huquqiy hujjat hozircha mavjud emas.

 

Xususiy tashkilotlarda

Mehnat qonunchiligida «xususiylar»ga nisbatan qarindoshlarning birgalikdagi ishiga hech qanday cheklovlar – na tashkilotda, na uning tarkibiy boʻlinmasida – yoʻq. Tegishincha, xususiy kompaniyada xodimlarning qarindoshlarini ishga qabul qilishni taqiqlash mumkin emas.

Agar bunday shart ichki mehnat tartibi yoki boshqa ichki hujjatga baribir kiritilgan boʻlsachi? Agar siz ushbu taqiqni hatto tashkilotning mahalliy hujjatlarida rasmiylashtirsangiz ham, u qabul qilingan paytdan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Axir bu amaldagi qonunchilikka nisbatan xodimlarning ahvolini yomonlashtiradi. Shuning uchun bunday qoidani qoʻllash mumkin emas .  Aks holda ish beruvchining aybdor mansabdor shaxsiga mehnat qonunchiligini buzgani uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinishi mumkin. Ma’muriy jazo qoʻllanilgandan keyin bir yil ichida sodir etilgan takroriy huquqbuzarlik BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima toʻlashga sabab boʻladi .

 

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va hisobini yuritishning umumiy masalalari boʻyicha maslahatlar-kadrlar boʻyicha mutaxassislar uchun dolzarb masalalar kadrlar hisobi boʻyicha umumiy masalalar boʻyicha maslahatlar, ofis boshqaruvi boʻyicha umumiy masalalar boʻyicha maslahatlar, xodimlar hisobi boʻyicha umumiy masalalar boʻyicha maslahatlar, umumiy mehnat masalalari boʻyicha maslahatlar, oʻzbekistonda xodimlar hisobi boʻyicha umumiy masalalar boʻyicha maslahatlar Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va ish yuritish boʻyicha umumiy masalalar boʻyicha maslahatlar. Saytda kadrovik.uz Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va ish yuritishning umumiy masalalari boʻyicha maslahatlar taqdim yetildi. Bu yerda xodimlar muhim mehnat savollariga tegishli javoblarni, xodimlarni boshqarish va mehnat qonunchiligiga rioya qilish boʻyicha tavsiyalarni topadilar /oz/publish/doc/text192337_hususiy_kompaniya_qarindoshlarning_birgalikda_ishlashini_taqiqlay_oladimi