Mustaqillik kuni: 2023 yil sentyabr oyida qanday dam olamiz va ishlaymiz

preview

Sentyabr oyining boshida yaqinlashib kelayotgan bayram – Mustaqillik kuni munosabati bilan barcha ish rejimidagi tashkilotlarda хodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻqish uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

1 sentyabr (juma) – bayram kuni .

2 syentyabr (shanba)

besh kunlik ish haftasi boʻlgan tashkilotlarda kalendar dam olish kuni;

olti kunlik ish haftasi boʻlgan tashkilotlarda qoʻshimcha dam olish kuni .

2023 yil sentyabr oyida ish vaqti davomiyligi:

  • besh kunlik ish haftasida – 20 ish kuni, 160 ish soati;
  • olti kunlik ish haftasida – 24 ish kuni, 159 ish soati
Eslatma uchun

31 avgust kuni har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha хodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi, negaki bu bayram arafasidagi kun .

 

Bunday qisqartirish imkoni boʻlmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik хodimga qoʻshimcha dam olish vaqti berish yoki хodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar boʻyicha haq toʻlash orqali kompensatsiya qilinadi .

 

Sentyabr bayramlari  хodimning mehnat ta’tili davriga toʻgʻri kelganda

Har yilgi mehnat ta’tili davriga toʻgʻri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi . Yangi MKning 208-moddasi qaysi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlari sanalishini belgilaydi.

Tegishincha, mehnat ta’tili davomiyligi hisob-kitobiga faqat 1 sentyabr kiritilmaydi. Ammo 2 va 3 sentyabr kunlari har qanday ish rejimida ta’til davomiyligiga kiritiladi, chunki ular Mehnat kodeksining 208-moddasida belgilangan bayram kunlari sanalmaydi.

Eslatma uchun

2023 yil 30 sentyabr olti kunlik ish haftasi uchun 2023 yil 1 oktyabrda nishonlanadigan Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasidagi kun sifatida qisqartirilgan ish kuni sanaladi – kamida 1 soatga .

 

Valeriya LYaNDRES tayyorladi

 

 


Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text192675_mustaqillik_kuni_2023_yil_sentyabr_oyida_qanday_dam_olamiz_va_ishlaymiz