Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Bizning kompaniyamiz brend kiyim-kechak doʻkonlari tarmogʻi sanaladi. Uch oy oldin men savdo xodimlarini oʻqitish boʻyicha menejer lavozimiga ishga qabul qilindim. Shu vaqt ichida men yangi ish boshlayotganlar uchun oʻquv kursini, shuningdek mijozlarga yoʻnaltirilgan xizmat koʻrsatish kursini ishlab chiqdim va xodimlarni oʻqita boshladim.
Doʻkonlarda ishlashni tashkil qilish va motivatsiya boʻyicha tinglovchilarimning koʻplab shikoyatlarini tinglashimga toʻgʻri keladi, lekin ushbu muammolarni doʻkonlar rahbariyati bilan muhokama qilishga qaratilgan barcha urinishlarga bitta javobni eshitaman: siz sotuvchilar oʻz ishlarini yaxshi bajarishi uchun javobgarsiz, vazifangiz shundan iborat, bizning esa vazifalarimiz boshqa.
Axir rahbarlar ishni tashkil qilish va odamlarni ragʻbatlantirish uchun javobgar emasmi? Bu ularning bevosita mas’uliyati sanalmaydimi?»
kadrovik.uz iltimosiga koʻra vaziyatni hal qilishda HR-maslahatchi Irina ShAKIROVA yordam berdi.
Kim nima uchun javob beradi
– Kompaniyadagi HR-xizmatining funksiyalariga qidirish va saralash, moslashtirish va oʻqitish, xodimlarni baholash, rivojlantirish, motivatsiya kiradi.
HR-mutaxassisning funksiyalari quyidagi maqolada batafsil tahlil qilingan:
Biroq HR-xizmati ushbu funksiyalarni bajarayotganligi uchun u xodimlarning ishi uchun shaxsan javobgar deb oʻylamaslik kerak. Barcha darajadagi rahbarlar xodimlarning ishi uchun javobgardir, chunki aynan ular maqsadlarni qoʻyadi, nazorat qiladi, baholaydi va boshqaruv qarorlarini qabul qiladi.
Yaponiya korporativ madaniyat tadqiqotchilari Nonako va Takeuchi oʻzlarining «Yapon kompaniyasida bilimlarni boshqarish» kitobida tashkiliy darajalar oʻrtasidagi bogʻliqlik aniq koʻrsatilgan sxemani taklif qilishdi:
Kompaniyaning yuqori rahbariyati strategiyani, mahsulot va xizmatlar portfelini, biznes maqsadlarini belgilaydi, resurslar bilan ta’minlaydi.
Oʻrta va chiziqli menejment biznes jarayonlarini tashkillashtirish uchun javob beradi, ushbu jarayonlarni va ularga jalb qilingan odamlarni boshqaradi. Ular top-menejmentning talablari va umidlarini bilishadi hamda ularni kompaniya xodimlariga yetkazishadi.
Kompaniya xodimlari biznes jarayonlarni oʻzlarining funksional vazifalariga muvofiq bajaradilar. Aynan jarayonlarda bevosita band boʻlgan xodimlar tor joylar, nosozliklar, e’tirozga olib keladigan tizim xatolarini sezishi mumkin. Ular oʻz muvaffaqiyatlari yoki muvaffaqiyatsizliklari bilan kompaniya ichidagi boshqaruv samaradorligini aks ettiradi.
Xodimlarni kundalik boshqarishda asosiy rol oʻrta va chiziqli menejment qoʻlida. Agar ular malakali xodimlar boʻlsa, ular hamisha sergak turishadi, jarayonlarni yoʻlga qoʻyadilar, xodimlar, mijozlar va tegishli tomonlarning fikr-mulohazalarini toʻplaydilar hamda shu asosda mahsulot va xizmatlar sifati ustida ishlaydilar, xodimlarni boshqarishni yaxshilaydilar. Ular menejment piramidasining oʻrtasida joylashgan – ham yuqori, ham quyi darajalar bilan muloqot qilib, menejment talablarini «pastga» tushuntirib berishadi va top-menejment e’tiboridan chetda qolgan barcha muammolar toʻgʻrisida «yuqoriga» hisobot berishadi.
Menejment piramidasida HR-xizmati qayerda qoldi? Tashkiliy iyerarxiya nuqtai nazaridan kompaniya miqyosidan kelib chiqib, HR- xizmati xodimlari eng yuqori qismida ham (juda yirik xalqaro kompaniyalarda HR- direktor – bu top-menejer hisoblanadi) va oʻrtada ham (koʻrib chiqilayotgan vaziyatda oʻqitish va rivojlanish boʻyicha menejer chiziqli menejerga tenglashtiriladi) joylashishadi.
Har qanday darajadagi HR-mutaxassisning vazifasi kompaniya menejerlarining biznes sherigi boʻlish va ular bilan birgalikda qoʻyilgan vazifalarni hal qilishdir.
Oʻqitish boʻyicha menejer kompaniya rahbariyati bilan birgalikda qanday harakat qilishi kerak
Doʻkonlar tarmogʻida sotuvchilarni oʻqitish natija berishi uchun birgina uni amalga oshirish kamlik qiladi.
Dastlab doʻkon menejeri oʻz xodimlarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashi hamda oʻquv menejeri bilan birgalikda bilim va tajriba darajasiga qarab guruhlar tuzishi, oʻquv maqsadlarini belgilashi kerak.
Keyinchalik doʻkon menejeri oʻquv dasturini tasdiqlashi kerak. Buning uchun esa u bilan tanishish va ehtimol, uni xodimlar bilan birga oʻtish kerak. Keyin oʻquv menejeri bilan birgalikda xodimlar yangi bilim va koʻnikmalarni qanday qoʻllayotganini bilish uchun kuzatish va baholash rejasini tuzing.
Doʻkon menejeri xodimlar uchun ish reglamenti uchun ham javobgardir. HR-mutaxassis ichki maslahatchi vazifasini bajaradi, hujjatlar namunalarini, ish usullarini taklif qilishi mumkin.
Shuningdek, HR-xizmati xodimlari bilan birgalikda barcha darajadagi menejerlar korporativ madaniyatni mustahkamlash ustida ishlashadi:
- shaxsiy namuna orqali, kompaniya mahsulotlari va xizmatlarining qiymatini yetkazish, tajriba almashish;
- xodimlarni muntazam baholash, motivatsiya tizimini ishlab chiqishadi va amalga oshirishadi.
Xodimlarni boshqarish boʻyicha yangi ixtisoslikni «Xodimlarni qidirish va saralash» masofaviy kursimizda olishingiz mumkin.
Dolzarb mavzularni tanlang va ularni oʻzingizga qulay vaqtda oʻrganing.