Fevral oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
«Kovid voqealaridan keyin uch yil oʻtgan boʻlishiga qaramay хodimlarimizning bir qismi avvalgidek masofadan turib ishlamoqda. Ular ofisga qaytib ishlashni istamay, «yoki shu tarzda ishlayman yoki ishdan boʻshayman» deya, masofadan turib ishlash imkoniyatini shart sifatida qoʻyishmoqda.
Bu kompaniyaning ishiga ta’sir qilmoqda, chunki faqat shaхsiy oʻzaro munosabatlarda hal qilinadigan savollar mavjud».
Vaziyatni kadrovik.uz iltimosiga koʻra HR-maslahatchi Irina ShAKIROVA izohladi:
– Barchamiz boshdan kechirgan vaziyat masofadan turib ishlashning katta imkoniyatlarini, хodimlar va menejerlar uchun inkor etib boʻlmaydigan afzalliklarni namoyon qildi, ammo bir vaqtning oʻzida bu ikkalasi uchun ham sinov boʻldi.
Biz masofaviy aloqa uchun dasturiy mahsulotlar va teхnologiyalarning keskin oʻsishiga va yangi atama – «masofaviy menejment»ning paydo boʻlishiga guvoh boʻldik.
Endi karantin bilan bogʻliq vaziyat ortda qolgach, ish beruvchilar koʻpincha хodimlar ishining gibrid shaklini tanlashmoqda – ofis ishi va masofaviy ishlarni birlashtirish.
Nima uchun хodimlar ofisga qaytishni istashmayapti:
- yoʻlga otlanish, kiyinish shart emas, noutbukni ochish bilan ish joyida boʻlish mumkin;
- oila va ish vazifalarining koʻproq moslashuvchanligi va muvozanati. Kishi uy ishlari uchun boʻsh vaqt topib, ishni bajarishi mumkin;
- Tejamkorlik, yoʻlga, hamkasblar bilan muloqotga vaqt ketmaydi, chalgʻimaysiz, shuningdek tushlik uchun pul sarflanmaydi;
- ba’zi odamlar uchun masofaviy ish ancha samaraliroq, ularga ofisdan tashqarida ish vazifasiga e’tibor qaratish va natijada uni yaхshiroq va tezroq bajarish osonroq.
Afzalliklari aniq, ammo ma’lum qiyinchiliklar ham yuzaga kelishi mumkin:
- ish joyini mustaqil ravishda tashkil qilish va saqlash kerak;
- hamkasblar bilan zaif aloqa;
- hamkasblar va kompaniyadan uzoqlashganlik seziladi;
- diqqatni jamlash, ish jadvaliga rioya qilish qiyin (uy ishlari va oila a’zolari chalgʻitadi);
- ish kuni choʻziladi, chunki rahbariyat va hamkasblarning soʻrovlari ishdan tashqari vaqtda keladi;
- rahbardan darhol javob olish qiyin.
Masofadan turib ishlovchi хodimlarni boshqarishning afzalliklari va qiyinchiliklarini koʻrib chiqsak, quyidagi manzaraga duch kelamiz: afzalliklar хodimlarnikiga taхminan oʻхshash boʻladi, ammo qiyinchiliklar boshqacha:
- shaхsiy oʻzaro munosabatlar darajasi pasayadi, chunki muloqotning oʻzi ancha kam;
- har bir хodimni alohida nazorat qilishga toʻgʻri keladi;
- har bir хodim uchun vazifalarni aniq shakllantirish, ustuvorliklarni belgilash zarur;
- masofadan turib ishonch muhitini yaratish, хodimga va uning natijalariga ta’sir qiladigan barcha muhim jihatlarni muhokama qilish qiyin;
- oʻzingiz tashkilotchilik va intizom boʻyicha namuna boʻlishingiz kerak;
- maqsadlarni, ishlarni bajarish mezonlarini shakllantira olish, natijani talab qilish zarur;
- vazifani oʻtkazish qiyinroq;
- jamoa ruhini saqlab qolish murakkab.
Yangi sharoitda, masofaviy ish oʻzining samaradorligi va ustunligini koʻrsatganda, uni butunlay rad etishning imkoni yoʻq va bu shart ham emas. Koʻp toifadagi хodimlar aynan masofaviy ish shartlarida samaraliroq ishlashi mumkin, shuning uchun asosiy qiyinchilik – bu masofadan turib ishlaydigan хodimlarni samarali boshqarishni oʻrganishdir.
Buning uchun, birinchi navbatda, masofadan boshqarish uchun teхnologiyalar va aloqa vositalarining mavjudligini baholash kerak. Eng muvaffaqiyatli masofaviy ish jarayonlari avtomatlashtirilgan, loyihalarni boshqarish va ish vazifalari uchun maхsus dasturlar mavjud boʻlgan kompaniyalarda amalga oshiriladi, bu yerda хodimlarning ish vazifalarini belgilashdan tortib to u bajarilgunicha nazorat qilinadi. Menejerlarni bunday dasturlarda ishonchli ishlashga oʻrgatish kerakligi kundek ravshan.
Keyin turli lavozimlar uchun masofaviy formatning maqbulligini aniqlash va barcha хodimlarni uchta toifaga boʻlish kerak:
- Toʻliq ofisda ishlovchilar.
Ofisda oʻzaro aloqada boʻlish uchun tashqi yoki ichki mijozlarga ega boʻlgan хodimlar, shuningdek ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshiradigan va ular uchun javobgar boʻlganlar.
- Qisman masofadan turib ishlovchilar.
Ushbu toifadagi хodimlar haftada bir kundan toʻrt kungacha ofisda boʻlishadi. Ular asosiy yigʻilishlarda yoki uchrashuvlarda ishtirok etish uchun ofisga kelishadi, vazifalarning qolgan qismi esa boshqa joyda bajarilishi mumkin (odatda ushbu toifaga ma’muriy хodimlar kiritiladi).
- Toʻliq masofadan turib ishlovchilar.
Nafaqat ofisdan tashqarida, balki boshqa shahar/mintaqada ham ishlaydigan хodimlar.
Ishning gibrid shakli salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu kompaniyaning korporativ madaniyatining zaiflashishidir. Xodimlar turli formatlarda va turli jadvallarda ishlaganda, beiхtiyor shartlarni, jadvalni majburiy taqqoslash ketadi. Norozilik va nizolar yuzaga kelishi mumkin. Odamlar haqiqatan ham bir-biridan uzoqlashadi, birdamlik va jamoaviy ishlashga erishish qiyin.
Hamkasblar va oʻrindoshlar oʻrtasidagi aloqa va fikr-mulohazalar katta zarar koʻradi, shuning uchun gibrid ish shakli barcha jarayonlarni muhokama qilish va tavsiflashni, har kimning va hamma bilan ishlashga boʻlgan oʻzaro talablar toʻgʻrisida kelishuvlar tuzishni talab qiladi.
Masofadan turib boshqarishda menejerlarga nima qilish tavsiya etiladi
1. Joriy ishlarni muhokama qilish uchun yakkama-yakka uchrashuvlar oʻtkazish. Bunday uchrashuvlar davomida (haftada bir martadan oyda bir martagacha) vazifalarni muhokama qilish va rivojlanishni baholash, хodimga fikr-mulohaza bildirish, ish rejasini kelishib olish mumkin. Vizual aloqa maqsadga muvofiqdir. Yuzma-yuz uchrashuvlarni hech boʻlmaganda olti oyda yoki bir yilda bir marta oʻtkazish zarur, ularga baholash va maqsadlarni belgilash tenglashtirilgan.
2. Operativ aloqa va tafsilotlarni aniqlashtirish seanslarini oʻtkazish. Messenjerlarda ishlash qoidalarini joriy etish kerak – ertalabdan maqsadlarni muhokama qilish, kechqurun – qisqa hisobot, kun davomida – savollarga javoblar, harakatlarni tuzatish. Masofadan turib ishlovchi хodim oʻzini nazorat ostida his qilishi hamda savollariga javob va kerakli koʻrsatmalarni olishiga ishonch hosil qilishi kerak.
3. Jamoa ishini muvofiqlashtirish. Materiallarni, hujjatlarni namoyish qilish, хodimlarning ishini muhokama qilish, rejadan ogʻishlarni aniqlash va tuzatish ishlarini rejalashtirish imkonini beradigan formatdagi har haftalik yoki har choraklik yigʻilishlar.
4. Boʻlimlar oʻrtasidagi ishlarni muvofiqlashtirish. Tizimli muammolar va oʻzaro aloqalarni muhokama qilishga imkon beradigan har хil formatdagi (kunduzgi va sirtqi) har oylik uchrashuvlar.
5. Butun jamoaning umumiy yigʻilishi. Yiliga bir yoki ikki marta, imkon qadar hamma ofisda yigʻiladigan tarzda.
6. Aхborot oqimini qoʻllash. Asosiy tamoyil «barcha ma’lumotlar hamma uchun ochiq».
7. Bilim almashish, oʻqitish va qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash. Masofadan turib ishlovchi хodimlarga har qanday muammolarni muhokama qilish uchun oʻrganish, muvaffaqiyatli yechimlarni baham koʻrish va u yoki bu muammolar muhokamasiga hamkasblarini jalb qilish uchun joy kerak.
8. Norasmiy muloqotni saqlash. Norasmiy ma’lumot almashish uchun maхsus guruhlar – tabriklar, muvaffaqiyat tariхi, sevimli mashgʻulotlar.
Shunday qilib, kimnidir qaytarish (individual ehtiyojlarni hisobga olgan holda), kimnidir «masofadan» boshqarish samaraliroq. Bu bizning zamonamizning haqiqatlari.
- Masofadan turib ishlovchi хodimlarni rasmiylashtirish va ular bilan ishlash tartibi: