Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Xodimdan intizomiy jazo olib tashlandi, u esa yana tartibni buzdi…
Xodim intizomiy huquqbuzarlik sodir etgani uchun hayfsan oldi. 3 oydan keyin хodim hisobda turuvchi boʻlim boshligʻining iltimosiga koʻra undan intizomiy jazo olib tashlandi. Ammo shundan keyin хodim mehnat intizomini yana buzdi.
Ish beruvchi mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi uchun uni ishdan boʻshatishga haqlimi?
– Yoʻq, haqli emas.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qoʻllanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak . Agar ushbu davrda хodim yana intizomiy huquqbuzarlik sodir etsa, uni Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismining 4-bandi boʻyicha mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi uchun ishdan boʻshatish mumkin.
Ammo хodimning intizomiy jazosini muddatidan oldin bekor qilishga ham yoʻl qoʻyiladi. Ish beruvchi buni oʻz tashabbusiga koʻra, хodimning mehnat jamoasi yoki bevosita rahbarining iltimosnomasiga koʻra qilishi mumkin .
Intizomiy jazo muddati tugaganidan keyin u avtomatik ravishda soʻndiriladi. Uni muddatidan oldin olib tashlash toʻgʻrisida esa buyruq chiqarilishi kerak.
Agar hayfsan tegishli buyruq chiqargan holda boʻlim boshligʻining iltimosiga koʻra rasman bekor qilingan boʻlsa, хodim intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Tegishincha, ish beruvchi endi uni mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi uchun ishdan boʻshata olmaydi.
Ish beruvchi хodim uchun iltimos qilgan boʻlim boshligʻini intizomiy javobgarlikka tortishga haqlimi? Shuningdek, ish beruvchi boʻlim boshligʻini intizomiy javobgarlikka tortishga haqli emas. Aхir uning oʻzi mehnat intizomini buzmagan. Bundan tashqari Mehnat kodeksida bevosita rahbarning хodimdan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash toʻgʻrisida iltimos qilish huquqi nazarda tutilgan .
Valeriya LYaNDRES yangiladi