Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Xodimlarning moslashish bosqichida ishdan ketishining asosiy sabablaridan biri – ishga yangi xodim uchun yangi korporativ muhitda aniq «yoʻl-yoʻriq»ning yoʻqligi. Ajablanarlisi shundaki, koʻplab kompaniyalarda izlash va saralash jarayoni yaxshi yoʻlga qoʻyilgan, malakali kadrlar hisobi mavjud, ammo shu bilan birga sinov muddatiga qabul qilinganidan keyin yangi xodim yangi ish joyda qiyinchiliklarga toʻqnash keladi. Rahbar band, hamkasblar esa yordam berishga va gʻamxoʻrlik qilishga har doim ham vaqt topolmaydi yoki bunga xohishi yoʻq, natijada xavotir, noaniqlik hissi yigʻila boradi…
Yangi ish boshlagan xodimlar uchun Qoʻllanmani qanday ishlab chiqish kerakligini HR-maslahatchi Irina ShAKIROVA tushuntiradi:
– Yangi ish boshlagan xodimlar uchun Qoʻllanma – bu yangi xodim kompaniyangizdagi birinchi qadamlarini uning koʻmagida mustaqil ravishda qoʻyadigan hujjat. Bunday ichki hujjatni bir marta ishlab chiqqandan soʻng HR-mutaxassis, boʻlim va boʻlinma rahbarlari har bir yangi xodimga xuddi shu narsani takrorlash zaruratidan xalos boʻlishadi hamda yangi xodimni darhol oʻz ish jarayonlariga jalb qilishlari mumkin boʻladi.
Bunday Qoʻllanmaning taxminiy tuzilishi va mazmunini koʻrib chiqamiz.
1. Kompaniya direktorining tabrik soʻzi. Saralash jarayonida direktor bilan hamma xodim ham tanishtirilmaydi. Masalan, liniya xodimlari kompaniyadagi butun faoliyati davomida u bilan hech qachon shaxsan uchrashmasligi mumkin. Bunday tabrik soʻzni oʻqish, birinchi rahbarning yuzini koʻrish yangi ish boshlayotgan xodim uchun foydali va muhimdir.
2. Kompaniya haqida ma’lumot. Ushbu boʻlimda odatda quyidagilar tavsiflanadi:
- kompaniyaning tarixi (qachon tashkil topgan, rivojlanish bosqichlari);
- missiya (kompaniyaning maqsadi – kompaniya nimani, kim uchun va qanday qiladi, uning jamiyatga qoʻshgan hissasi qanday);
- kompaniyaning strategik maqsadlari (kompaniyaning 1-2 yil davomida erishishi kerak boʻlgan aniq faoliyat natijalari);
- korporativ qadriyatlar (tashkilot uchun zarur boʻlgan xulq-atvor tamoyillari);
- kompaniya kim uchun ishlaydi (maqsadli mijozlar guruhi);
- kompaniyaning asosiy hamkorlari (yetkazib beruvchilari);
- asosiy mahsulotlar va xizmatlar;
- sertifikatlash, vakolatlar, kompaniyaning mukofotlari.
«Xodimlarni izlash va saralash» kursi.
Dolzarb mavzularni tanlang va ularni oʻzingizga qulay vaqtda oʻrganing.
Kursning videoma’ruzalaridan biriga bepul kirish – «Motivatorlar va qadriyatlar».
Kurs haqida koʻproq bilmoqchiman! (Ryec: yozib olingan kurs)
Turli kompaniyalar va qadriyatlarning vazifasiga misollar keltiramiz (qolgan bandlarni tasvirlash qiyin emas).
Kompaniya vazifalariga misollar
Sugʻurtaga boʻlgan ishonchni mustahkamlash hamda ishonchli sugʻurta va yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish orqali mijozlarimizning xotirjamligini ta’minlash.
Sayyohlik kompaniyasining vazifasi: «Biz unutilmas sayohatlar, qiziqarli ishbilarmonlik uchrashuvlari va qulay oilaviy ta’tilni tashkil qilish uchun bir qator sayyohlik xizmatlarini taklif qilamiz».
Xavfsizlik agentligining vazifasi: «Shaxsiy va axborot xavfsizligini ta’minlash; ob’yektlarni malakali himoya qilish».
Bankning vazifasi «Yuqori sifatli va texnologik bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish orqali mijozlar ehtiyojini maksimal darajada qondirish».
Kompaniyalarning korporativ qadriyatlariga misollar
- Mulkiy huquqlarni himoya qilish;
- Qonunga hurmat;
- Halollik va vijdonlilik;
- Oʻzaro manfaatli hamkorlik;
- Ishonchlilik va obroʻ;
- Shaxsiy oʻsish va professional rivojlanish;
- Sugʻurta madaniyatini shakllantirish.
Sayohat kompaniyasi:
- Halollik va vijdonlilik;
- Oʻzaro manfaatli hamkorlik;
- Doʻstlik;
- Mijozlar bilan baxtiyor munosabatlar.
Bank:
- Maxfiylik;
- Halollik va vijdonlilik;
- Oʻzaro manfaatli hamkorlik;
- Doʻstlik;
- Mijozlar bilan baxtiyor munosabatlar.
3. Tashkiliy tuzilma
Ushbu boʻlimdan yangi xodimga kompaniya ichkaridan qanday tuzilgani, uning qancha boʻlim va boʻlinmalari borligi, kim nima bilan shugʻullanishi, nima uchun javobgarligi, ular bir-biri bilan qanday oʻzaro munosabatda boʻlishi, boʻysunish va qaror qabul qilish tizimi nima ekanligi tushunarli boʻlishi kerak. Agar ushbu boʻlimda xodimlarning fotosuratlari va aloqa raqamlari, mas’uliyat sohasining qisqacha tavsifi keltirilgan boʻlsa, ayni muddao.
4. Birinchi qadamlar
Ushbu boʻlimda ishga rasmiylashtirish tartibi, sinov muddatidan oʻtish tartibi, yangi xodim oʻtishi kerak boʻlgan barcha qoidalar va tartib-taomillar tasvirlangan.
Masalan:
- ishga qabul qilishni rasmiylashtirish (hujjatlar roʻyxati, kadrlar boʻlimi xodimining aloqa raqamlari, unga murojaat qilish tartibi);
- ish haqi kartasini rasmiylashtirish (ish haqi toʻlash tartibining tavsifi);
- moslashish tartibi (umumiy tartibda tasvirlanadi, yangi xodimga esa individual moslashuv rejasi taqdim qilinadi);
- sinov muddatini oʻtish tartibi (sinov muddati shartlari);
- hujjatlar va arizalar shablonlari;
- korporativ elektron pochta bilan ishlash qoidalari (login, parolni qanday olish, individual manzilni rasmiylashtirish qoidalari va h.k.);
- kanselyariya buyumlari, tashrif qogʻozlari, beyjikni buyurtma qilish qoidalari (ariza shakli);
- xizmat guvohnomasini rasmiylashtirish qoidalari;
- ish vaqtini hisobga olish qoidalari.
5. Korporativ qoidalar (asosiy ichki tartib qoidalarning qisqa versiyasi):
- Ichki aloqa qoidalari;
- Xodimlarning ish jadvali, ishda yoʻqligi toʻgʻrisida xabar berish qoidalari;
- Kompaniya xodimlarining tashqi koʻrinishi (ruxsat etiladi/ taqiqlangan);
- Ma’lumot bilan ishlash qoidalari;
- Mijozlar va hamkorlar bilan ishlash qoidalari (telefon orqali va shaxsan);
- Subordinatsiya qoidalari (rahbarlarga murojaat);
- Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan siyosati;
- Korporativ bayramlar, imtiyozlar, kompensatsiyalar, bonuslar;
- Kasallik varaqasi;
- Ta’til taqdim qilish tartibi;
- Ish haqi saqlanmaydigan ta’til;
- Homiladorlik, tugʻish va bola parvarishlash ta’tillari;
- Xizmat safari;
- Boshqa foydali ma’lumot.
Yangi ish boshlaganlar uchun Qoʻllanmani rangli buklet koʻrinishida elektron yoki bosma shaklda, rasmlar bilan, tushunarli vizualizatsiya, koʻrgazmali sxemalar yoki rasmlar bilan bezatgan ma’qul. Umuman olganda, u doʻstona va uni oʻrganishga chorlaydigan boʻlishi kerak. Aytgancha, ushbu Qoʻllanmani oʻrganish ham yangi xodimlar uchun birinchi topshiriq boʻladi. Buning uchun muddatni belgilash, shundan soʻng tushunchani tekshirish, savollarga javob berish, yangi xodimning hujjatlarini rasmiylashtirish, ish joyini tartibga solish qismida harakatlariga tuzatish kiritish mumkin boʻladi.
Agar Qoʻllanma bilan birgalikda yangi xodim uchun korporativ ish yuritish toʻplamini (sumka, daftar, qalam, kompaniya nishoni, futbolka, krujka va boshqalarni) taqdim qila olsangiz, nur ustiga nur.
Qoʻllanma tuzilmasidan koʻrinib turibdiki, uni ishlab chiqishda kadrlar boʻlimi xodimi ham, HR-mutaxassislar ham, boʻlinma rahbarlari ham ishtirok etishlari kerak. Qoʻllanmani kompaniya direktori tasdiqlaydi.
Agar kompaniyada rangli bukletni ishlab chiqish va chop etishga mablagʻ boʻlmasa, shunchaki Qoʻllanmani Wordda terib, chop etish mumkin. Asosiysi, uning boʻlishi va yangi xodimlar «ishni nimadan boshlayman» holatida boʻlmasligi. Yangi xodim qayerda ekanligi haqida qanchalik batafsil ma’lumotga ega boʻlsa, u sinov muddatidan keyin kompaniyada qolishi hamda oʻz ishida sodiq va muvaffaqiyatli boʻlishi ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi.