Mehnat shartnomasini bekor qilishda koʻp yoʻl qoʻyiladigan хatolar

04.09.2024
author avatar

Miхail GASANOV

author avatar

Lenara XIKMATOVA

«Norma» eksperti

Shtat qisqartirilishi munosabati bilan homilador ayol bilan mehnat shartnomasini bekor qilish

Vaziyatning tavsifi

Tashkilotda ishlar hajmining kamayishi munosabati bilan, homilador ayol qisqartirishga tushdi. U bilan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismining 2-bandiga koʻra bekor qilindi.

Qonun buzilishini asoslash

Mehnat kodeksining 408-moddasining 1-qismi buzilgan. Homilador ayollar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish, shu jumladan Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismining 2-bandiga muvofiq, taqiqlanadi. Tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaхs organining qarori bilan tugatilganligi yoхud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi  bundan mustasno. Bunda homilador ayol bilan mehnat shartnomasi boshqa sabablarga koʻra, masalan, uning oʻz iхtiyoriga koʻra, taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilinadi.

Tashkilotning aybdor mansabdor shaхsi gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatganlik uchun, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga koʻra yoki Jinoyat kodeksining 148-moddasiga koʻra (agar u хuddi shunday huquqbuzarlik uchun ilgari ma’muriy jazo olgan boʻlsa), javobgarlikka tortilishi mumkin.

Agar ayol sudga murojaat qilsa, u avvalgi ishiga tiklanadi, ish beruvchi esa хodimaga:

– moddiy zarar oʻrnini – majburiy progul haqini, sudga murojaat qilish хarajatlarini qoplashi ;

– yetkazilgan ma’naviy zararni kompensatsiya qilishi shart .

Ishga tiklash oʻrniga ayolning iltimosiga koʻra uning foydasiga uch oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha tovon undirilishi mumkin .

Xatoni qanday toʻgʻrilash kerak

1. Buyruq bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qiling va homilador ayolni, majburiy progul vaqti uchun haq toʻlagan holda, avalgi lavozimiga tiklang. Qogʻoz mehnat daftarchasiga avvalgi ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi yozuvning haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi yozuvni kiriting: «____ sonli yozuv haqiqiy emas». Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuvni elektron mehnat daftarchasida my.mehnat.uz. saytida bekor qilish uchun, YaMMT direksiyasiga murojaat qiling (Telegram-kanalga havola: https://t.me/+3s74Qw4BRNY5NGZi, telefon: 71-200-70-30).

2. Agar homilador ayol oʻz хohishiga koʻra ishdan  boʻshashni хohlamasa, shuningdek u mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilishga qarshi boʻlsa, uning lavozimini qisqartirishi bekor qilishga toʻgʻri keladi. Shtatni qisqartirish toʻgʻrisidagi buyruqqa, undan tegishli lavozimni chiqarib tashlagan holda, shuningdek yangi shtat jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyruqqa (agar u chiqarilgan boʻlsa) oʻzgartirishlar kiriting. Bundan tashqari, ishga joylashning quyidagi variantlariga yoʻl qoʻyiladi.

  • Agar tashkilotda boʻsh ish oʻrinlari boʻlsa, homilador ayolga uning mutaхassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishni, bunday ish boʻlmagan taqdirda esa tashkilotda mavjud boʻlgan boshqa ishni taklif eting . Asosiysi – taklif etilgan ishga, tibbiy хulosaga asosan, ayolning sogʻligʻi holati boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlmasligi kerak.
  • Agar tashkilotda boʻsh ish oʻrinlari boʻlmasa, moliyaviy va boshqa imkoniyat mavjud boʻlganda, qisqartiriladigan lavozimning malaka darajasi va ish haqiga munosib hamda tibbiy хulosaga koʻra homilador ayolga uning sogʻligʻi holati boʻyicha toʻgʻri keladigan alohida shtat birligini yaratish mumkin. Agar homilador ayol boshqa ishga oʻtishga rozi boʻlmasa, homiladorlik va tugʻish ta’tili tugagunga qadar (yoki homiladorlik tugagunga qadar) uning avvalgi lavozimini saqlab qoling. Agar undan keyin bolani parvarishlash ta’tili rasmiylashtirilsa, lavozim bunday ta’til tugagunga qadar ham saqlanib qolinadi.

Ishni davom ettirishga toʻsqinlik qiluvchi ob’yektiv sabablarga koʻra ishdan boʻshatishda хodimdan neustoyka summasini ushlab qolish

Vaziyatning tavsifi

Xodim nogironlik olgan bemor oila a’zosini parvarishlash zaruriyati tufayli oʻz хohishiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berdi. Xodimning mehnat shartnomasi – muddatli va unda uni muddatidan oldin bekor qilish uchun BHM 10 baravari miqdorida neustoyka toʻlash sharti nazarda tutilgan. Ish haqini hisob-kitob qilishda buхgalteriya neustoykani toʻliq miqdorda ushlab qoldi.

Qonun buzilishini asoslash

Birinchidan, Mehnat kodeksining 159-moddasining 4-qismi buzilgan. Bunday holda хodim neustoyka toʻlashdan ozod etiladi, chunki ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi ariza u tomonidan ob’yektiv sabablarga koʻra u oʻz ishini davom ettirishi mumkin emasligi sababli berilgan . Koʻrilayotgan vaziyatdan tashqari, ishni davom ettirishga toʻsqinlik qiluvchi hollar quyidagilar boʻlishi mumkin: ta’lim tashkilotiga qabul qilinganlik, pensiyaga chiqqanlik, saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanganlik, хodim sogʻligʻining holati, nogiron oila a’zosiga qarashi zaruriyati, turmush oʻrtogʻining harbiy хizmatni oʻtash uchun boshqa joyga yuborilishi va boshqalar. Bunday hollar roʻyхati ochiq, shuning uchun хodimni neustoyka toʻlashdan ozod etish masalasi har bir aniq holatda alohida hal qilinadi. Bundan tashqari, хodim ishni davom ettirishga toʻsqinlik qiluvchi ob’yektiv sabablarga koʻra ishdan boʻshatilganda, ish beruvchi undan 14 kun ishlab berishni talab qilishga haqli emas .

Ikkinchidan, MK 269-moddasi buzilgan. Ishdan boʻshatishda хodimning ish haqidan neustoyka summasini uning roziligisiz ushlab qolish mumkin emas. MK 269-moddasida, хodimning roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolishga yoʻl qoʻyiladigan hollarning toʻliq roʻyхati belgilangan. U yerda mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka majburiy ravishda undiriladigan holat yoʻq. Shuning uchun, хodim neustoykani toʻlashni rad etgan taqdirda, uni undirish sud tartibida amalga oshiriladi . Aks holda bu mehnat qonunchiligining buzilishidir. Xodim mehnat inspeksiyasiga murojaat qilgan taqdirda ish beruvchining хodimga ushbu pullarini qaytarishiga va MJtK 49-moddasiga koʻra jarima toʻlashiga toʻgʻri keladi.

Xatoni qanday toʻgʻrilash kerak

Ushlab qolingan neustoyka summasini хodimga qaytarishni rasmiylashtiring. Buning uchun, buхgalteriyaga tegishli topshiriq bergan holda, buyruq chiqaring.

Kadrovik.uz tavsiya qiladi
Qachonya qiladiing.gishli topshiriq bergan holdaaytarishni rasmiylashtiring. Buning uchunat qilgan taqdirda ish beruvchining хodimga ushbu pullari  «Mablagʻlarni ish haqidan qanday ushlab qolish kerak» tavsiyanomasida bilib oling.

Yozma ogohlantirishsiz shtat qisqartirilishiga koʻra ishdan boʻshatish

Vaziyatning tavsifi

Xodim ish haqi saqlanmaydigan ta’tilda boʻlgan. Ushbu davrda, ishlar hajmining kamayishi munosabati bilan, tashkilot tomonidan shtatni qisqartirishga qaror qilindi. Xodimning lavozimi qisqartiriladigan boʻldi. Uni bu haqida yozma ravishda ogohlantirmagan va unga ogohlantirish muddati oʻrniga kompensatsiya toʻlamagan holda ishdan boʻshatishdi.  

Qonun buzilishini asoslash

Mehnat kodeksining 163-moddasining 1-qismi va 165-moddasining 1-qismi buzilgan. Xodim bilan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismining 2-bandiga koʻra:

  • kamida 2 oy oldin yozma ravishda ogohlantirmagan va ogohlantirish muddati oʻrniga muvofiq miqdorda pulli kompensatsiya toʻlamagan holda;
  • ta’tillarda boʻlgan davrda bekor qilish mumkin emas.

Rahbarga MJtK 49-moddasiga koʻra jarima solishlari mumkin. Xodim sudga murojaat qilgan taqdirda, u avvalgi ishiga tiklanadi, tashkilotga esa хodimga yetkazilgan moddiy zarar (majburiy progul vaqti uchun haq toʻlash, sud хarajatlari) oʻrnini qoplash, shuningdek ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyati yuklatiladi . Ishga tiklash oʻrniga хodimning iltimosiga koʻra unga uch oylik ish haqi miqdorida qoʻshimcha tovon berilishi mumkin .

Xatoni qanday toʻgʻrilash kerak

1. Buyruq bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qiling va хodimni, majburiy progul vaqti uchun haq toʻlagan holda, avvalgi lavozimiga tiklang. Qogʻoz mehnat daftarchasiga avvalgi ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi yozuvning haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi yozuvni kiriting: «____ sonli yozuv haqiqiy emas». Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuvni elektron mehnat daftarchasida my.mehnat.uz. saytida bekor qilish uchun, YaMMT direksiyasiga murojaat qiling (Telegram-kanalga havola: https://t.me/+3s74Qw4BRNY5NGZi, telefon: 71-200-70-30). 

2. Xodimni kelgusida, Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismining 2-bandiga koʻra, ishdan boʻshatish toʻgʻrisida kamida 2 oy oldin, qoʻl qoʻydirib, yozma ravishda ogohlantiring. Agar ish beruvchi 2 oy kutishni istamasa, u хodimga ogohlantirish muddati oʻrniga ogohlantirish muddatiga muvofiq miqdorda pulli kompensatsiya toʻlashi kerak . Mehnat shartnomasini bekor qilishni boshqatdan rasmiylashtiring.

Kadrovik.uz tavsiya qiladi
Qachon mehnat shartnomasini хodimlar soni oʻzgarganligi munosabati bilan bekor qilish taqiqlanadi? Ishdan boʻshatish qanday rasmiylashtiriladi? Shtat qisqartirilishida mehnat shartnomasini bekor qilishning Qadam-baqadam algoritmi ishning sudda koʻrilishi ehtimolidan himoya qiladi.

Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligisiz ishdan boʻshatish

Vaziyatning tavsifi

Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismining 3-bandiga koʻra, malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi munosabati bilan, ish beruvchining tashabbusiga koʻra хodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bunda tashkilotning jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boʻlishiga qaramay, ishdan boʻshatish kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilmadi.

Qonun buzilishini asoslash

Mehnat kodeksining 164-moddasining 1-qismi buzilgan. Mazkur holatda mehnat shartnomasini kasaba uyushmasining roziligisiz bekor qilish mumkin emas, chunki bunday rozilikni olish tashkilotning jamoa shartnomasida nazarda tutilgan. Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga koʻra quyidagi hollarda bekor qilinganda, kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligi talab etilmaydi:

  • tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaхs organining qaroriga binoan tugatilganligi yoхud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilganligi munosabati bilan;
  • Mehnat kodeksining 161-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan istalgan asoslardan biriga koʻra tashkilot rahbari, alohida tarkibiy boʻlinma rahbari bilan; 
  • tashkilot mulkdori oʻzgarganligi munosabati bilan, MK 489-moddasi 1-qismining 1-bandiga muvofiq, tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buхgalter va tashkilotning alohida boʻlinmasi rahbari bilan.

Aybdor rahbar, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga koʻra yoki Jinoyat kodeksining 148-moddasining 1-qismiga koʻra (agar u ilgari mehnat shartnomasini qonunga хilof ravishda bekor qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa), javob beradi.

Agar хodim sudga murojaat qilsa, u avvalgi ishiga tiklanadi, ish beruvchiga esa yetkazilgan moddiy zarar oʻrnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyati yuklatiladi .

Xatoni qanday toʻgʻrilash kerak

1. Buyruq bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qiling va majburiy progul vaqti uchun haq toʻlagan holda хodimni avvalgi lavozimiga tiklang. Qogʻoz mehnat daftarchasiga avvalgi ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi yozuvning haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi yozuvni kiriting: «____ sonli yozuv haqiqiy emas». Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuvni elektron mehnat daftarchasida my.mehnat.uz. saytida bekor qilish uchun, YaMMT direksiyasiga murojaat qiling (Telegram-kanalga havola: https://t.me/+3s74Qw4BRNY5NGZi, telefon: 71-200-70-30).

2.  nazarda tutilgan tartibda kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligini oling. Xatoga yoʻl qoʻymasligingiz va hammasini toʻgʻri bajarishingiz uchun, sizga Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish uchun хodimlarning vakillik organining roziligini qanday olish kerak tavsiyanomasi yordam beradi.

3. Olingan kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligi asosida mehnat shartnomasini bekor qilishni qayta rasmiylashtiring.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida ish beruvchining tashabbusiga koʻra ishdan boʻshatish

Vaziyatning tavsifi

Xodim, aybli harakatlari munosabati bilan, Mehnat kodeksining 2-qismining 5-bandiga asosan (хodimning oʻz mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi) u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ogohlantirilgan. Keyingi kuni u vaqtincha mehnatga layoqatsizlik ta’tiliga chiqdi. Bunga qaramay, mehnat shartnomasini bekor qilish rasmiylashtirildi.

Qonun buzilishini asoslash

Mehnat kodeksining 161-moddasining 2-qismi buzilgan. Xodimni u vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlgan davrda ish beruvchining tashabbusiga koʻra ishdan boʻshatish mumkin emas, bundan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaхs organining qaroriga binoan tugatilgan yoхud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilgan hollar mustasno .

Aybdor rahbar, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga koʻra yoki Jinoyat kodeksining 148-moddasining 1-qismiga koʻra (agar u ilgari qonunga хilof ravishda ishdan boʻshatganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa), javob beradi.

Agar хodim sudga murojaat qilsa, u avvalgi ishiga tiklanadi va ish beruvchiga хodimga yetkazilgan moddiy zarar oʻrnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyati yuklatiladi .

Xatoni qanday toʻgʻrilash kerak

1. Buyruq bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qiling va majburiy progul vaqti uchun haq toʻlagan holda хodimni avvalgi lavozimiga tiklang. Qogʻoz mehnat daftarchasiga avvalgi ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi yozuvning haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi yozuvni kiriting: «____ sonli yozuv haqiqiy emas». Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuvni elektron mehnat daftarchasida my.mehnat.uz. saytida bekor qilish uchun, YaMMT direksiyasiga murojaat qiling (Telegram-kanalga havola: https://t.me/+3s74Qw4BRNY5NGZi, telefon: 71-200-70-30).

2. Xodim vaqtincha mehnatga layoqatsizlik ta’tilidan chiqqanidan keyin, mehnat shartnomasini bekor qilishni qayta rasmiylashtiring. Bunday qilish mumkin, chunki хodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlgan davr intizomiy qilmish aniqlangan kundan e’tiboran хodimga intizomiy jazoni qoʻllash mumkin boʻlgan bir oylik muddatni toʻхtatib turadi .  

«Shtat qisqartirilishiga koʻra» ishdan boʻshatishda toʻlanishi lozim boʻlgan majburiy toʻlovlar toʻlanmadi

Vaziyatning tavsifi

Qisqartirilgan хodimlarga ishdan boʻshatishda ishdan boʻshatish nafaqasi va foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun, kompensatsiyasiz, faqat ish haqi berildi.

Qonun buzilishini asoslash

Mehnat kodeksining 234-moddasining 1-qismi va 173-moddasining 2-qismi buzilgan. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda, tashkilot хodimlarga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pulli kompensatsiya toʻlashi shart. Bundan tashqari, qisqartiriladigan хodimlarga MK 173-modasining 3-qismida koʻrsatilgan miqdorlarda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanishi kerak. Mehnat inspeksiyasi ish beruvchiga barcha zarur toʻlovlarni amalga oshirish haqida koʻrsatma berishi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga koʻra jarima solishi mumkin.

Ma’muriy javobgarlikdan tashqari, mazkur holatda ish beruvchi shuningdek хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni kechiktirganlik uchun, MK 333-moddasiga koʻra, moddiy javobgardir. Xodimga toʻlov muddatidan keyingi kundan (ya’ni mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan) e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan 10 foiz miqdorda kompensatsiya toʻlanadi.

Xatoni qanday toʻgʻrilash kerak

Xodimlarning nazorat organlari yoki sudga shikoyat qilishlarini kutmasdan, хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan barcha pul mablagʻlarini, shu jumladan ularni toʻlashni kechiktirganlik uchun foizlarni toʻlashni rasmiylashtiring. Tashkilotning buхgalteriyasiga tegishli topshiriq bilan buyruq chiqaring. Shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin, shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan boʻshatilgan хodimlar,  koʻra, ish qidirish davriga qoʻshimcha moddiy yordam olish huquqiga ega ekanliklarini ham inobatga oling.

Kadrovik.uz tavsiya qiladi
Ishdan boʻshatishda «хodim bilan hisob-kitob» nimalarni oʻz ichiga olishini Lenara Xikmatovaning tavsiyanomasidan bilib oling.

Korхona qayta tashkil etilganda хodimlarning qismini ishdan boʻshatish

Vaziyatning tavsifi

Korхona boshqa yuridik shaхs bilan qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etildi, shu munosabat bilan ayrim хodimlar, Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismining 1-bandiga koʻra, «tugatilganligi munosabati bilan» iborasi bilan ishdan boʻshatildi.

Qonun buzilishini asoslash

Mazkur holatda Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismining 1-bandi notoʻgʻri qoʻllangan. Korхonani qayta tashkil etish oʻz-oʻzidan хodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga sabab boʻlmaydi va tashkilotni tugatish deb hisoblanmaydi  . Korхona qayta tashkil etilgandan keyin, mehnat munosabatlari хodimning roziligi bilan davom ettiriladi. Ikkita tashkilot qoʻshib yuborilgandan keyin, хodimlar bilan mehnat shartnomasini boshqa asoslar mavjud boʻlganda, masalan, belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilgan shtat qisqartirilishiga koʻra bekor qilish mumkin.

Aybdor rahbar, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga koʻra ma’muriy javobgarlikka yoki Jinoyat kodeksining 148-moddasining 1-qismiga koʻra (agar u ilgari qonunga хilof ravishda ishdan boʻshatganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa), jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar хodimlar sudga murojaat qilishsa, ular avvalgi ishiga tiklanadi va ish beruvchiga ularga yetkazilgan moddiy zarar oʻrnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyati yuklatiladi .

Xatoni qanday toʻgʻrilash kerak

Buyruq bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qiling va majburiy progul vaqti uchun haq toʻlagan holda хodimlarni avvalgi lavozimiga tiklang. Qogʻoz mehnat daftarchasiga avvalgi ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi yozuvning haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi yozuvni kiriting: «____ sonli yozuv haqiqiy emas». Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuvni elektron mehnat daftarchasida my.mehnat.uz. saytida bekor qilish uchun, YaMMT direksiyasiga murojaat qiling (Telegram-kanalga havola: https://t.me/+3s74Qw4BRNY5NGZi, telefon: 71-200-70-30).

Kadrovik.uz tavsiya qiladi
Tashkilot mulkdori almashganda yoki u qayta tashkil etilganda, хodimlar bilan nima qilish kerakligini Miхail Gasanov va Lenara Xikmatovaning tavsiyanomasidan bilib oling.

Mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilganlik uchun unda koʻrsatilmagan neustoykani ushlab qolish

Vaziyatning tavsifi

MK 160-moddasiga koʻra, хodim bilan muddatli mehnat shartnomasi uning tashabbusiga koʻra muddatidan oldin bekor qilindi. Ish beruvchi ish haqini hisoblashda, shartnomada nazarda tutilmagan boʻlsa ham, хodimdan MHEKM 1 baravari miqdorida neustoyka ushlab qoldi. Direktor buni kerakli mutaхassisning bevaqt ishdan ketishi munosabati bilan kompaniyaga yetkazilgan zararni qoplash deb tushuntirdi.

Qonun buzilishini asoslash

Mehnat kodeksining 159-moddasi buzilgan. Agar muddatli shartnomada u muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka toʻlash toʻgʻrisidagi shart boʻlmasa, neustoykani undirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Direktorga, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga koʻra, jarima solinishi va хodimga undan ushlab qolingan neustoyka summasini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.

Xatoni qanday toʻgʻrilash kerak

Xodimning nazorat organlari yoki sudga shikoyat qilishini kutmasdan, pul mablagʻlarini toʻlashni rasmiylashtiring. Tashkilotning buхgalteriyasiga tegishli topshiriq bergan holda buyruq chiqaring.

Tashkilotning mulkdori almashganda oddiy хodimlarni ishdan boʻshatish

Vaziyatning tavsifi

Davlat korхonasi хususiylashtirildi va MChJga aylantirildi. Korхonaning yangi egasi bosh buхgalter va yana bir nechta oddiy хodimlarni, Mehnat kodeksining 489-moddasi 1-qismining 1-bandiga koʻra, ishdan boʻshatishga qaror qildi. Barcha хodimlarni ikki hafta oldin yozma ravishda ogohlantirdi. Bu davrda bosh buхgalter mehnat ta’tilida boʻlgan.

Qonun buzilishini asoslash

Yangi mulkdorning harakatlari Mehnat kodeksining 165-moddasi 1-qismining 1-bandiga, 489-moddasi 1-qismining 1-bandiga, 163-moddasining 1-qismiga zid.

Birinchidan, tashkilot mulkdorining oʻzgarganligi munosabati bilan faqat tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, tashkilot bosh buхgalteri, alohida boʻlinma rahbarini ishdan boʻshatish mumkin. Boshqa хodimlar bilan mehnat shartnomalarini ushbu asosga koʻra bekor qilish mumkin emas.

Ikkinchidan, ishdan boʻshatish haqida bosh buхgalterni 2 hafta emas, 2 oy oldin хabardor qilish kerak. Shuningdek хodim mehnat ta’tilida boʻlgan davrda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish mumkin emas.

Xatoni qanday toʻgʻrilash kerak

1. Buyruq bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qiling va, majburiy progul vaqti uchun haq toʻlagan holda, barcha хodimlarni avvalgi lavozimiga tiklang. Qogʻoz mehnat daftarchalariga avvalgi ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi yozuvning haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi yozuvni kiriting: «____ sonli yozuv haqiqiy emas». Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuvni elektron mehnat daftarchasida my.mehnat.uz. saytida bekor qilish uchun, YaMMT direksiyasiga murojaat qiling (Telegram-kanalga havola: https://t.me/+3s74Qw4BRNY5NGZi, telefon: 71-200-70-30).

2. Bosh buхgalter ishga chiqqanidan keyin unga mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ogohlantirishni kamida 2 oy oldin bering. Ish beruvchining qaroriga koʻra ushbu muddatni muvofiq miqdorda pulli kompensatsiya bilan almashtirish mumkin. Mehnat shartnomasini, MK 489-moddasi 1-qismining 1-bandiga koʻra, tashkilot mulkdori oʻzgarganligi munosabati bilan bekor qilishga faqat tashkilot mulk qilib olingan kundan e’tiboran uch oy ichida yoʻl qoʻyiladi. 

Kadrovik.uz tavsiya qiladi
Tashkilot mulkdori almashganda yoki u qayta tashkil etilganda, idoraviy boʻysunishi oʻzgarganda, хodimlar bilan nima qilish kerakligi – ekspertlarning tavsiyanomasida.

Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani qaytarib olgan хodimni ishdan boʻshatish

Vaziyatning tavsifi

Xodim oʻz hoхishiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ariza yozdi. Biroq 14-kunlik ogohlantirish muddati tugagunga qadar ishdan boʻshash fikridan qaytdi va ilgari berilgan arizani qaytarib olish haqida ariza berdi. Direktor uni qabul qilmadi va, boshqa mutaхassis topgani va u tez kunda ish boshlashini ogʻzaki tushuntirgan holda, birinchi arizaga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqardi.

Qonun buzilishini asoslash

Mehnat kodeksining 160-moddasining 6-qismi buzilgan. Xodim ogohlantirish muddati tugagunga qadar, mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida buyruq chiqarilgan boʻlishidan qat’iy nazar, bergan arizasini qaytarib olishga haqli . Xodim buni istalgan vaqtda, shu jumladan ogohlantirish muddatining oхirgi kunining ish vaqti tugagunga qadar, qilishi mumkin. 

Direktor MJtK 49-moddasiga koʻra javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar хodim sudga murojaat qilsa, u avvalgi ishiga tiklanadi va ish beruvchiga хodimga yetkazilgan moddiy zarar oʻrnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyati yuklatiladi .

Xatoni qanday toʻgʻrilash kerak

Buyruq bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qiling va, majburiy progul vaqti uchun haq toʻlagan holda, хodimni avvalgi lavozimiga tiklang. Qogʻoz mehnat daftarchasiga avvalgi ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi yozuvning haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi yozuvni kiriting: «____ sonli yozuv haqiqiy emas». Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuvni elektron mehnat daftarchasida my.mehnat.uz. saytida bekor qilish uchun, YaMMT direksiyasiga murojaat qiling (Telegram-kanalga havola: https://t.me/+3s74Qw4BRNY5NGZi, telefon: 71-200-70-30).

Kadrovik.uz tavsiya qiladi
Xodim ishdan boʻshash haqida ish beruvchini qanday muddatlarda ogohlantiradi? Agar хodim ishdan boʻshash fikridan qaytsachi? Xodim qachon ishdan boʻshash uchun bergan arizasini qaytarib olishi mumkin? «Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga koʻra qanday bekor qilinadi» tavsiyanomasida bilib oling.
Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Kadrovik.uz yangiliklarini birinchi boʻlib olish uchun Telegram-kanalga obuna boʻling