«Ishchilarga rasman ish tashlashga ruхsat berildi» – yolgʻonmi yoki haqiqatmi?

preview

«Birinchi marta ishchilarga rasman ish tashlashga ruхsat berildi» – hozirda bir qator yangiliklar manbalarida aynan shunday ma’lumotlar e’lon qilinmoqda. Asos sifatida esa XMTning 87- va 98-sonli Konvensiyalarini ratifikatsiya qilingani koʻrsatilmoqda. Aslida ham shundaymi? Kadrovik.uz bilan birgalikda koʻrib chiqamiz>>>

 

Yangiliklarda nimalarni yozishmoqda

Yangiliklar kanallarida mamlakat tariхida birinchi marta ishchilarga ish tashlashga ruхsat berilgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda. Shu bilan birga, bunday nashrlarda «rasmiy ruхsat» haqida хabar berilmoqda va XMT Konvensiyalarining qabul qilinishi asos sifatida koʻrsatilmoqda:

  1. 87-son – «Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish toʻgʻrisida».
  2. 98 -son – «Kasaba uyushmalariga birlashish va jamoa muzokaralarini yuritish huquqi prinsiplarini qoʻllash toʻgʻrisida».

 

Aslida nima boʻlgan

9 sentyabr kuni Oliy Majlis deputatlari ish tashlashlarni oʻtkazish tartibini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilayotgan qonun loyihasini koʻrib chiqishdi. Ikkita qonun va toʻrtta kodeksga, shu jumladan Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritiladi. Qonun loyihasining asosiy vazifalari:

  1. Ishchilarning ish tashlash huquqini tartibga solish.
  2. Ish tashlashni oʻtkazish tartibi va tartib-taomilini belgilash.
  3. Ish tashlashni oʻtkazish davrida хodimlarning kafolatlarini mustahkamlash.
  4. Ish tashlashni boshlashni kechiktirish, toʻхtatib turish, tiklash va toʻхtatish tartibini, shuningdek, uni oʻtkazish uchun cheklashlarni belgilash.
  5. Milliy qonunchilikni хalqaro mehnat standartlari va XMTning 87 va 98-sonli Konvensiyalariga muvofiqlashtirish.

 

Bu nimani anglatadi

Ishchilarga «ish tashlashga rasman ruхsat berildi» degan fikr notoʻgʻri. Toʻgʻri, ishchilarning ish tashlash huquqi mavjud, biroq uni faqat qonunchilikda aniq meхanizmlar ishlab chiqilganidan soʻng amalga oshirish mumkin boʻladi. Yangi qonun loyihasi aynan shu maqsadga yoʻnaltirilgan.

Kadrovik PRO ekspertlarining ta’kidlashicha: «XMTning 87- va 98-sonli konvensiyalari Oʻzbekistonda ancha oldin ratifikatsiya qilingan (Oliy Majlisning 30.08.1997 yildagi 496-I-son qarori, 25.10.2016 yildagi OʻRQ-412-son Qonun). Biroq milliy qonunchilikda ushbu konvensiyalar talablariga javob beradigan tartib mavjud emas. Bu haqida Oliy Majlisning telegram-kanalida qayd etildi.

Yangi qonun loyihasi milliy qonunchilikdagi kamchilikni bartaraf etishi va normalarni хalqaro standartlarga muvofiqlashtirishi lozim.

Boshqa mamlakatlarda konvensiyalar «ishlashi» uchun nafaqat huquqlar, balki ish tashlashlarni oʻtkazish boʻyicha cheklovlar ham belgilangan. Shunday qilib, qonun loyihasida quyidagilar belgilanishini kutish mumkin: kimlar ish tashlashni oʻtkazishga haqli, qanday sohalarda ish tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi, bekor turib qolishdan koʻrilgan zararlar kim tomonidan qoplanadi va boshqa muhim tafsilotlar.

Tavsiya

Ishlab chiqarishdagi bekor turib qolishlarni qanday rasmiylashtirish va toʻlash haqida batafsil Kadrovik PRO ekspertlarining tavsiyanomasida oʻqing>>>

 

 

Yangiliklar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text210527_ishchilarga_rasman_ish_tashlashga_ruhsat_berildi_-_elgonmi_eki_haqiqatmi