Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Korxona muayyan ishni bajarish yoki xizmat koʻrsatish uchun jismoniy shaxsni jalb etganda fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuziladi. Fuqarolik shartnomasi boʻyicha munosabatlar alohida xususiyatga ega: shartnoma taraflar – tashkilot va jismoniy shaxs oʻrtasidagi majburiyatlarni tartibga soladi. Fuqarolik-huquqiy shartnomalar amal qilish muddati tugagandan soʻng qancha vaqt saqlanishi kerakligi maqolada tushuntirib berildi.
Qanday hollarda jismoniy shaxs bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi
Talabgor bilan mehnat shartnomasi tuzilganda, u kompaniya xodimiga aylanadi. Xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Shuningdek xodimga tashkilotning lokal hujjatlari qoidalari tatbiq etiladi.
Fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha tashkilot va jismoniy shaxs oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi boʻyicha munosabatlardan farq qiladi. Fuqarolik-huquqiy shartnoma (FHSh) – bu fuqarolik huquqlari va majburiyatlari belgilanadigan, oʻzgartiriladigan yoki bekor qilinadigan hujjat
. Bundan tashqari, ijrochiga tashkilotning lokal hujjatlari qoidalari tatbiq etilmaydi.
Kadrovik.uz tavsiya qiladi
Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha jismoniy shaxs muayyan hajmdagi ishlarni bajaradi yoki xizmatlarni koʻrsatadi, buyurtmachi boʻlgan tashkilot esa natijani qabul qilib oladi va uning uchun haq toʻlaydi. Mehnat shartnomasidan farqli, FHSh faqat aniq ishni bajarish yoki xizmatni koʻrsatishni tartibga soladi. FHShning asosiy xususiyatlari:
- shartnomaning amal qilish muddati cheklangan va odatda ijrochi tomonidan xizmat toʻliq bajarilgunga yoki koʻrsatilgunga qadar amal qiladi;
- taraflar topshiriqni bajarish shartlari va davrini mustaqil belgilaydilar;
- bir martalik ishlarning bajarilganligi yoki xizmatlarning koʻrsatilganligi faktini bajarilgan ishlar dalolatnomasi tasdiqlaydi.
FHShda taraflar majburiyatlar roʻyxati va bajarilgan ish yoki koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlanadigan haq miqdorini kelishib oladilar. FHSh ikkala tarafning manfaatlarini himoya qiladi. Aniq qoidalar va shartlar hamkorlikning qonuniyligini mustahkamlashga yordam beradi.
Oʻqishni tavsiya qilamizni
Jismoniy shaxslar bilan tuzilgan FHSh xizmat koʻrsatilgandan yoki ish bajarilgandan keyin qancha muddat saqlanishi kerak
Jismoniy shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnomalarni ular bajarilgandan keyin ham saqlash muhim. Bu soliq yoki mehnat tekshiruvi chogʻida kerak boʻlishi mumkin. Davlat mehnat inspeksiyasi inspektori tashkilot mehnat munosabatlarini fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan almashtirmaganligiga ishonch hosil qilish uchun bunday shartnomalarni talab qilishga haqli.
Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni tashkilot qancha muddat saqlashi lozimligi qonunchilikda aniq belgilanmagan. Biroq, amaliyotda kompaniyalar «Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan boshqaruv hujjatlarining saqlash muddatlari va tashuvchi turi koʻrsatilgan namunaviy roʻyxati»dagi muddatlarga amal qiladi. Roʻyxat «Oʻzarxiv» agentligining 21.02.2020 yildagi 40-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan.
«Oʻzarxiv» roʻyxatida ham «fuqarolik-huquqiy shartnomani qancha saqlash kerak» degan toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatma yoʻq. Biroq namunaviy hujjatda bir martalik ishlar uchun xususiy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar, mehnat shartnomalari uchun saqlash muddati – 75 yil etib belgilangan («Oʻzarxiv» agentligining 21.02.2020 yildagi 40-son buyrugʻiga ilovaning 360-bandi). Shundan kelib chiqqan holda, FHSh 75 yil saqlanishi kerak deb taxmin qilish mumkin.
Ta’kidlash joizki, fuqarolik-huquqiy shartnoma bilan birga ishning bajarilganligi yoki xizmatning koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi barcha imzolangan dalolatnomalar ham saqlanishi lozim. Bajarilgan ishlarni qabul qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar 5 yil saqlanadi («Oʻzarxiv» agentligining 21.02.2020 yildagi 40-son buyrugʻiga ilovaning 337-bandi).
Kadrovik.uz tavsiya qiladi
- Qanday hollarda DMI tekshiruv oʻtkazadi va unga qanday tayyorlanish kerak
- Kadrlarga oid ish yuritish qanday tashkil qilinadi
- Ish beruvchining lokal hujjatlari qanday ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi
- Kompaniyada qanday lokal hujjatlar boʻlishi shart
- Asosiy kadrlar hujjatlarini saqlash uchun qanday taxminiy muddatlar belgilangan