Mart oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Prezidentning 18.03.2026 yildagi qarori bilan Roʻza hayitini nishonlash sanasi – 20 mart (juma) etib tasdiqlandi. Ertasiga, 21 mart kuni – Navroʻz bayrami. Bu yil ikkala bayram ketma-ket kelmoqda. Bayramlar mart oyidagi dam olish kunlari jadvali va ish vaqti balansida qanday aks etishini kadrovik.uz materialida koʻrib chiqamiz.
2026 yil mart oyida Roʻza hayiti va Navroʻz bayramidagi dam olish kunlari jadvali
2026 yilda Roʻza hayiti 20 mart – juma kuniga toʻgʻri keladi
. Ertasiga, 21 mart kuni Navroʻz nishonlanadi. 2026 yilda u shanba kuniga – 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun dam olish kuniga va 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun ish kuniga toʻgʻri keladi.
Mart oyida dam olishning umumiy davomiyligi:
- ketma-ket 4 kun – 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun;
- ketma-ket 3 kun – 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun.
|
Sana |
Ish haftasi turiga qarab maqomi |
|
|
5 kunlik |
6 kunlik |
|
|
20 mart |
Roʻza hayiti (Iyd al-Fitr)ning birinchi kuni – ishlanmaydigan bayram kuni |
|
|
21 mart |
Navroʻz bayrami – dam olish kuni |
|
|
22 mart |
Yakshanba – dam olish kuni |
|
|
23 mart |
21 mart, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni |
Ish kuni |
1 daqiqa – va ta’til hisob-kitobi tayyor! 
Bayramlar va dam olish kunlarining koʻchirilishini hisobga olgan holda ta’til davomiyligini tezkor hisoblash uchun ta’til davomiyligini hisoblash kalkulyatoridan foydalaning. Hozir kalkulyatorga kirish hamma uchun ochiq.
Kadrovik.uz tavsiya etadi
Bayramlarni hisobga olgan holda 2026 yil mart oyidagi ish vaqti balansi
Mart oyida 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlarda – 19 ish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlarda – 23 ish kuni. Roʻza hayiti va Navroʻz bayramini hisobga olgan holda, mart oyidagi ish vaqti balansi quyidagi jadvalda keltirilgan.
|
Ish haftasining turi |
Ish kunlari soni |
Ish vaqti balansi |
|
5 kunlik |
19 |
151 soat |
|
6 kunlik |
23 |
153 soat |
|
36 soatlik |
23 |
136 soat |
Oʻqishni tavsiya etamiz